Yosh o‘tgan sari qiziquvchan bo‘lib boramiz. Biroq ijodiy salohiyani uyg‘otish uchun ko‘p narsa kerak emas. Shunchaki nima uchun osmon moviy rangda ekani haqida o‘ylab ko‘ring.
Oxirgi marta qachon erda yotib, osmonga boqib, nima uchun uning moviy rangda ekani haqida o‘ylagansiz? Hoynahoy, bunga ancha vaqt bo‘lgan. Umuman olganda katta yoshli odam nima uchun bu haqida o‘ylashi kerak? Hech bo‘lmaganda yana bir bor o‘zingizni boladek his qilib ko‘rishingiz, bu jarayonda esa foydali ko‘nikmalar hosil qilishingiz uchun. "Layfxaker" hamkasblaringiz bilan shunday qilishni mashq qilib ko‘rishni maslahat beradi.
1. Kutilmagan savollar bering
Yoshimiz katta bo‘lgach, murakkab savollar bermay qo‘yamiz - shaxsiy va professional hayotimizda shoshilinch ishlar haddan tashqari ko‘payib ketadi. Hozir qanday qilib bunday savol ustida bosh qotirish mumkin?
Bolalar nimalar haqida so‘rashi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring, masalan: "Nima uchun hiqichoq tutadi?", Mashina nima uchun yuradi?" va h.k. Eslab ko‘ring, ehtimol yaqin orada farzandingiz shunday savol berganu, siz javob topa olmay qolgansiz. Hatto ishingiz bilan bog‘liq savollar ham berishingiz mumkin, asosiysi, original savol bo‘lsin.
2. Javob uchun bir soat vaqt ajrating
Javob izlash jarayonida albatta qandaydir yangi narsalarni bilib olasiz va xotirangizni yangilab olasiz. Ehtimol, eski xobbingizga bo‘lgan qiziqishingiz tiklanar.
Bir necha manbalardagi ma’lumotlarni tekshirishingizga va tezda ishonchli ma’lumotni topishingizga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘nikmalar tanqidiy fikrlash uchun zarur. Bundan tashqari, birgalikdagi qidiruv jarayonlarida hamkasblaringizdan qandaydir foydali narsalar o‘rganarsiz.
3. O‘zaro xabarlashib ishlang
Aksariyatimiz binoning faqat o‘zimizga tegishli qismida bir o‘zimiz ishlashga o‘rganib qolganmiz. Majburiyatlarimiz bir xil bo‘lgan paytda esa boshqalar bilan raqobatlasha boshlaymiz, ba’zan buni o‘zimiz ham anglamay qolamiz. Bunday bo‘lmasligi uchun esa, qidiruv jarayonida barcha uchun bir kompyuterdan foydalaning.
4. Bahslashing, lekin o‘zgalar fikrini hurmat qiling
Xilma-xil fikrlar va bahslar bosh qotirishga majbur qiladi, voqeaga qarama-qarshi tomonning nuqtai nazaridan nazar tashlash imkonini beradi. Biroq ko‘pchilik odob yuzasidan yo noqulay vaziyatga tushmaslik uchun indamay qo‘yadi.
Bu mashqlar davomida muhokamalarni rag‘batlantiring. Toki har bir inson qanday bo‘lishidan qat’i nazar o‘z fikrini xotirjam bayon etishi mumkinligini bilsin.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas