23:20 / 24.08.2017
7 701

Tadqiqot: kirishimli kishilar odamovilardan ko‘ra uzoqroq yashaydi

Tadqiqot: kirishimli kishilar odamovilardan ko‘ra uzoqroq yashaydi
Yolg‘izlik ortiqcha vazndan ko‘ra ko‘proq odamlarning bevaqt hayotdan ko‘z yumishlariga sabab bo‘ladi, deya ogohlantirmoqda amerikalik olimlar. Sof.uz​ nashri xabar berishicha, yangi tadqiqotlar tanholik inson salomatligi uchun eng katta xavf bo‘lishi mumkinligidan darak bergan.

Brigam Yang universiteti olimlari qariyb 4 million kishida yolg‘izlik va tashqi dunyodan ajralib yashashining salomatlikka ta’siriga doir 218 ta tadqiqotni o‘rganib chiqishgan. Ma’lum bo‘lishicha, odamovi va atrofdagilari bilan kam aloqaga kirishadigan odamlarda erta o‘lim ko‘rsatkichi jamiyat a’zolari bilan ko‘p aloqa qiladigan kishilarga qaraganda 50 foizga ko‘proq ekan.

Taqqoslash uchun, semizlikka mubtalo bo‘lgan insonlarda 70 yoshdan oldin vafot etish xavfi 30 foizni tashkil qilgan. Universiteting psixologiya bo‘yicha professori, doktor Julianna Holt-Lunstadning aytishicha, kishilar nafaqaga chiqqunga qadar nafaqat moliyaviy tomondan, balki ijtimoiy jihatdan ham tayyorgarlik ko‘rishlari kerak.

Boisi, aksariyat odamlarda hamkasblar eng ko‘p muloqotga kirishiladigan shaxslar hisoblanadi. Jamiyatdagilar bilan faol aloqaga kirishish inson salomatligi uchun eng muhim va zaruriy vositalardan biri, deb hisoblaydi olim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tashqi dunyodan ajratilgan holda parvarish qilingan chaqaloqlar rivojlanmay qolishadi va ko‘pincha hayotdan erta ko‘z yumishadi.

“Ijtimoiy izolyasiya va yolg‘izlikda saqlash (qamoq) bejizga jazo turi sifatida qo‘llanilmas ekan”, – deb xulosa qiladi amerikalik olim.

Britaniyadagi York universiteti o‘tkazgan tadqiqot esa odamovi va tanholikka moyil kishilarda yurak xuruji va miyaga qon quyilishi xavfi kirishimli kishilarga nisbatan 30 foizga ortiq bo‘lishini aniqlagan. Har ikkala xastalik eng ko‘p o‘limga sabab bo‘luvchi vositalar hisoblanadi.

Ammo olimlar hozircha buning sababini aniqlashga muvaffaq bo‘la olishmayapti. O‘tgan yili Harvard universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, jamiyat a’zolari bilan aloqaga kam kirishish infarkt va insultning asosiy sababi bo‘lgan qonni quyultiruvchi protein miqdorini orttiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tadqiqot: kirishimli kishilar odamovilardan ko‘ra uzoqroq yashaydi