8 162
Munajjimlar bashorati: 4 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun siz ertalab ishga boriboq mavqeingizni oshirish payida bo‘lishingiz lozim. Agar bugundan harakatingizni qilmasangiz, keyin bu yumushni uddalay olmasligingiz mumkin. Kerak bo‘lsa, badavlat va boobro‘ tanishlarni ishga soling. Moliyaviy masalada sira xavotirga tushmang. Bugun yo ko‘chadan katta pul topib olishingiz, yo lotereya o‘ynab jekpot yutib olishingiz ehtimoli bor. Xullas, pulsiz qolmaysiz. Salomatligingizni ham ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
4 sentyabrda zimmangizga yuklangan barcha vazifalarni keragidan ham a’loroq bajarishingiz rahbarlarni juda mamnun etishi va natijada siz mukofot puli olishingiz mumkin. Shaxsiy hayotda ham omadingiz chopadi. Ayniqsa, oilasiz bo‘lsangiz, bugun tasodifan o‘zingiz yoqtiradigan inson uchrashuvga taklif etadi. Romantika xuddi shu uchrashuv bahonasida boshlanadi. Yaqin do‘stlaringiz kun davomida sizdan maslahatlar so‘rashi kutiladi. Asabni asrang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Agar kimdir siz bilan muloqot qilishni yoki fikr almashishni xohlamayotgan bo‘lsa, majburlamang. Bu sizga xafagarchilikdan boshqasini baxsh etmaydi. Ichki olamingizga qarshi borib bo‘lsa-da, atrofdagilar fikrini ma’qullash, yon berishga intiling. Ish joyingizda hamkasblar bilan ham munosabatlarga putur yetishi mumkin. Agar yon berishga odatlanmasangiz, yaqin kelajakda yolg‘izlanib qolishingiz tayin. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
4 sentyabr kuni yorug‘ dunyoga, atrofdagilarga, sodir bo‘layotgan hodisalarga real nazar bilan boqing. Taqdir ustingizdan kulayotgandek tuyilsa-da, asabiylashmang, ranjimang. Kun davomida sizga qo‘shimcha daromad keltiradigan ish taklif etishlari mumkin. Darrov rozi bo‘ling. Kechqurun moliyaviy ahvolingiz yaxshilanganiga shaxsan guvoh bo‘lasiz. Salomatligingiz yomonlasha boshlasa, vrachga choping.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Agar badavlat va obro‘li tanishlarga o‘z vaqtida murojaat etib, yordam so‘rasangiz, professional kasbingizda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarga erishasiz. To‘g‘ri, siz yolg‘iz ishlab shu natijalarga o‘z kuchingiz bilan erishmoqni istaysiz. Afsuski, yolg‘izlikda harakatlar sodir etish bugun sizga naf bermaydi. Moliyaviy masalada ham omadingiz chopmaydigan bo‘lib turibdi. Lekin birovdan qarz so‘ramang. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
4 sentyabr kuni atrofdagilar bilan kelishib ishlashingiz tavsiya qilinadi. Qarindosh-urug‘lar bilan ham ahil bo‘ling, bo‘lar-bo‘lmasga janjal chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, serqatnov yo‘llarda juda ehtiyot bo‘ling. Falokatlardan xudoning o‘zi asrasin. Piyoda yursangiz ham bu yo‘llarni kesib o‘tishda sergak bo‘ling. Salomatligingiz bugun pand bermaydi. Baribir ovqatlanish me’yorlari va rejimga amal qilishingiz shart.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Oila qurmagan bo‘lsangiz, o‘zingiz sevib qolgan insonga aslida qanday odam ekaningizni aytish payti yetdi. Agar shu mavzuga ham yolg‘on aralashtirsangiz, eslab qoling, bir umr yolg‘iz qolib ketishingiz turgan gap. Kasbini o‘zgartish harakatiga tushganlar bugun muvaffaqiyatga erishishadi. Sog‘lig‘ingizga alohida e’tibor qarating. Tez-tez qon bosimingizni o‘lchatib turing, organizmni jismoniy zo‘riqishga majbur qilmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
4 sentyabrda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan iste’dodingizni bi-ir namoyish eting, obro‘yingizga obro‘ qo‘shiladi. Eng yaqin do‘stlaringizdan biri sizni aldab ketishi kutiladi. Bu masalaga maxsus vaqt ajratmasangiz bo‘lmaydi. Qolaversa, bundan keyin duch kelgan bilan do‘stlashib, duch kelganga ishonib ketavermaydigan bo‘lasiz. Oilasizlar muhabbat bobida albatta muvaffaqiyat qozonishadi. Bu muhabbat taqdiringizni ham tubdan o‘zgartirib yuborishi hech gap emas.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
4 sentyabr kuni sha’ningizga qora dog‘ tekkizmasdan yashashga, ishlashga, so‘zlashga harakat qiling. Ishxonada ilg‘orligingizni barcha biladi. Ammo tanaffus degan tushuncha bor. Tanaffuslarga ham ahyon-ahyonda yo‘l berib turmasangiz, dushman ko‘payadi, ortingizdan g‘iybatingizni qiladiganlar paydo bo‘ladi, hasadchilarning paytavasiga qurt tushadi. Ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiling. Spirtli ichimliklarga yaqin bormang. Aks holda kechqurun o‘zingizni juda yomon his eta boshlashingiz turgan gap.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ertalabdan sabrli bo‘lishga harakat qiling. Sababi, ish joyingizda mayda ko‘ngilsizliklarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz kutiladi. Bu ham yetmagandek, sevganingiz sizni xiyonatda ayblay boshlashiga nima deysiz. Ana shunday lahzalarda sabr sizga juda kerak bo‘ladi. Har bir gapingizni o‘ylab, mulohaza qilib keyin tilingizga ko‘chiring. Yulduzlar kunning ikkinchi yarmida oshqozoningiz bezovta qilib o‘tishi mumkinligini bashorat qilishgan. Asablarni asray bilsangiz, to‘g‘ri ovqatlansangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
4 sentyabrda o‘zingizga bo‘lgan ishonch yuz foizdan ham ko‘proqni tashkil etishi shart. Yo‘qsa, arzimagan muammolarga duch kelib ham bo‘shashishdan, shubha-gumonlarga yon berishdan nariga o‘ta olmaysiz. O‘zingizga bo‘lgan ishonchni ruhingizga bo‘ysundira bilsangiz, tog‘ni ursangiz, tolqon bo‘lmasa, hisobmas. Juftingiz bilan muloqotlarda hazil-mutoyibaga keng yo‘l bering. Ishda esa faollik talab etiladi. Birovlarning g‘iybatini qilib o‘tiradiganlarga qo‘shilmang. Bu odat sizga sira to‘g‘ri kelmaydi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kimdir tijorat bilan bog‘liq ish taklif etsa, aslo rad etmang. Bu moliyaviy jihatdan to‘kin-sochin bo‘lishingizda juda asqotishi mumkin. Kechqurun bolalikdagi do‘stlaringizdan biri siz uchun kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yganiga guvoh bo‘lasiz. Xuddi o‘sha do‘stingiz sizni restoranga taklif etishi ham mumkin. Ayollar kun davomida tashqi ko‘rinishlariga e’tibor qaratib qo‘yishsa ham ziyon qilmaydi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar