QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kuch va imkoniyatlaringizni har bir bajariladigan yumushga baravar ajrating. Shunda ularni behuda sarflamagan bo‘lib chiqasiz. Sizdagi faollik bugun yetarli darajada. Shunday ekan, har qanday ishni muddatidan oldin ado etishga erisha olasiz. Muhabbatda illyuziya o‘rniga reallikni tanlang. Shunda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Salomatligingizni asrang. Immunitetni ko‘tarish uchun 8 sentyabr juda qulay kechadi. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing. Moliyaviy muammolar sizni bugun bezovta qilmasligi kutilmoqda.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
8 sentyabr kuni qay ishga qo‘l urmang, yangicha usulda ado etishga harakat qiling. Har bir muammoni hal etish uchun yangi usullardan foydalanib ko‘ring. Atrofdagilar bilan muloqot qilmaganingiz ma’qul. Kim bilandir orangizda janjal kelib chiqish ehtimoli bor. Bugun zararli odatlardan voz kechish muvaffaqiyatli yakun topadi. Quyuq ziyofat, ulfatchiliklardan yuz buring, shunda moddiy jihatdan ahvolingiz sezilarli tarzda yaxshilana boshlaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Shaxsiy hayotda o‘ta injiq va tajanglik sizga foyda keltirmaydi. Juftingizning sizni sevishiga ko‘p ham shubhalanavermang, boriga shukr qiling. Undan ko‘ra romantik bir insonga aylaning-da, unga ajoyib sovg‘alar taqdim eting. Bugun xususiy mulk oldi-sotdisi va katta loyihalarga pul tikish omadli yakun topadi. Kunning ikkinchi yarmida sizdan qarzi borlar qarzini qaytarishi mumkin. Demak, moliyaviy masala avtomat tarzda ijobiy hal bo‘ladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
8 sentyabr kuni shaxsiy hayotingiz haqida ko‘proq o‘ylashingiz, fikrlashingiz talab etiladi. Juftingizni birovlarga rashk qilaverish odatingizni tashlang, bu yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Ish joyingizda yangi xodim paydo bo‘ladi. U bilan darhol do‘stlashib oling, afsuslanmaysiz. O‘zingiz yaxshi tushunmaydigan ishlarga qo‘l urmang. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan sizda yetarlicha malaka yo‘q. Bu ishni o‘z ustalari amalga oshirgani ma’qul. Shunday emasmi? Kechqurun qo‘lingizga kimdir bir dasta pul tutqazishi kutiladi. Ammo yirik xaridlarga zeb bermang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz faollikda kechadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlarga qo‘ng‘iroq qilishlar, kelishuvlar, shartlashuvlardan ortmay kunni kech qilasiz. Shaxsiy muammolaringizni bugun hech kimga oshkor qilmang. Birinchidan, muammolaringizni boshqalar his etib ko‘ra bilmaydi, qolaversa, kimlardir bo‘lar-bo‘lmas maslahatlar berib boshingizni qotirishi mumkin. Kechqurun qo‘lingizga pul tushishi tayin bo‘lib turibdi. Qarzlaringizni uzib yengil tortishingiz turgan gap.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Ertalabdan olis safarga otlanishingizga ehtiyoj sezasiz. Lekin bormang, bugun jarohat olishingiz xavfi yuqori. Kun mobaynida bir inson bilan tanishishingiz kutiladi. U bir umrlik haqiqiy do‘stga aylanishi ham ehtimoldan olis emas. Oilali bo‘lsangiz, uyda tajanglik kabi zararli odatlarni bir chetga surib qo‘ying. Juftingiz bilan janjallar yuzaga kelishida shu odatingiz muhim rol o‘ynamoqda. Kunning ikkinchi yarmida olisdagi do‘stingiz qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Agar yoshi ulug‘, kasalmand qarindoshlar bo‘lsa, ular holidan ham xabar olib qo‘ysangiz, savobning tagida qolasiz.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kunning birinchi yarmida kechagi qoyilmaqom qilib uddalagan ishlaringiz uchun rahbarlar sizni mukofotlashi kutiladi. Kunduzi badavlat va boobro‘ bir inson bilan tanishasiz. U sizga qo‘shimcha daromad keltiradigan ish taklif etishi mumkin. Rozi bo‘ling, uddalaysiz. Bundan tashqari, kun bo‘yi sizga pul bilan bog‘liq ishmi, boshqa narsami, ishqilib, qulay imkoniyatlar yuz ko‘rsatadi. Darrov giribonidan oling. Ular sizning moliyaviy ahvolingizni yaxshilash uchun xizmat qilishi turgan gap. Sog‘lig‘ingiz kechga borib biroz yomonlashishi mumkin. Bu atmosferadagi magnit bo‘ronlari tufayli bo‘lsa kerak.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
8 sentyabrda yolg‘iz qolish, dam olishga sira vaqtingiz bo‘lmaydi. Ishlar, tashvishlar, muammolar shu qadar ko‘payadiki, oxiri yo‘qdek. Asosiysi, orada birovlarning muammolarini hal etishga tushib ketmang, o‘zingiz hech narsasiz qolib ketishingiz hech gap emas. Qo‘lga kiritayotgan yutuqlaringiz haqida yaqin do‘stingizga ham aytib maqtanmang, omad o‘sha zahoti sizdan yuz o‘girishi mumkin. Kechqurun o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz ehtimoli bor. Darrov chorasini ko‘ring.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Hamkasblar bilan orangizda bahs-munozaralar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu munozaralar ish va pul bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bugun har qanday masalada qancha kam fikringiz to‘g‘riligini isbotlashga urinsangiz, shuncha yaxshi. Undan ko‘ra rahbarlarga qanchalar mehnatkashligingizni yana bir karra namoyish etish payida bo‘ling. Ijobiy natija xuddi shuning o‘zida bo‘ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling, shaharda yashasangiz, juftingiz bilan kechki ovqatni biror kafeda qilsangiz ham ziyon bo‘lmaydi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
8 sentyabr kuni shaxsiy hayotingizda qisqa muddatli tanaffuslar yuzaga keladi. Bu sizning foydangizga. Bahonada juftingiz bilan orangizdagi ba’zi kelishmovchiliklar barham topsa ajab emas. Tijorat bilan shug‘ullanadiganlar uchun bugungi kun juda serdaromad kelishi kutiladi. Yo‘l-yo‘lakay ish yuzasidan kimlar bilandir janjallashib qolishingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Asablarni asrang. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shug‘ullaning.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun o‘zingizni har taraflama foydali ishlar, mashg‘ulotlardan tiymang. Aksincha, agar bu ish yoki mashg‘ulotning yakuni foydali ekanini sezsangiz, astoydil kirishing. Qarindoshlar bilan janjallashib qolishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Janjal paydo bo‘lmasligi uchun ularga nisbatan munosabatlarni yaxshilashingiz kerak. Olis safarga chiqish uchun 8 sentyabr juda xayrli kechadi. Biroq oilasizlar bugun romantik tanishuvlardan nari bo‘lganlari ma’qul. Kechqurun shamollash belgilari paydo bo‘lishi, vujudingizda lohaslik alomatlarini his etishingiz mumkin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Baxtga qarshi 8 sentyabr ertalab kayfiyatingiz yomon holatda uyg‘onasiz. Bunga tunda ko‘rgan yomon tushlar sabab bo‘lishi ham mumkin. Xayolan atrofdagilarning hammasi bilan munosabatlarni uzib, uzoq-uzoqlarga ketib qolgingiz kelaveradi. Afsuski, bu usul bilan yaxshi kayfiyatga erishib qolmaysiz. Yaxshisi, o‘zgalarga boqing, ular erishayotgan muvaffaqiyatlarga havas nazari bilan qarang. Sevimli xobbingizning yoqasidan oling. Juda bo‘lmasa, tog‘ yon bag‘irlariga ketib dam oling.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi