
1. Bitta reklama xabarida 1 tovar yoki xizmat reklama qilinishi kerak
Tasavvur qiling, siz kishi bilan muloqot qilyapsizu, unga bir vaqtning o‘zida 3 xil mavzuda gapiryapsiz: dam olish, ish va avtomobillar haqida. Ularning har birida sekundiga 10 tadan so‘z aytyapsiz. Suhbatdoshingiz nima demoqchi ekanligingizni tushunadimi. Bizningcha – yo‘q! U barcha so‘zlarni ham unutib yuborishi ehtimoldan holi emas.
JAMI: Bitta reklama maketi – bitta tovar yoki xizmat
2. Reklama xabarida tortuvchi sarlavha bo‘lishi kerak
Sarlavha – mijoz e’tiborini qaratadigan birinchi vosita hisoblanadi. U mijozni qiziqtirishi kerak. Boshqa matnlardan ajralib turishi lozim.
3. Chiroyli tasvir qo‘shing
Kishi birinchi navbatda tasvir, obrazlarga e’tibor qaratadi shundan sho‘ng matn uning diqqatini tortadi. Shu sabab, reklamada rasm bo‘lishi kerak.
Rasm siz taqdim etayotgan Tovar va xizmatingiz bilan bog‘liq bo‘lishi, mijozdagi biror muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shundagina u sizga murojaat qiladi.
4. Mahsulotingizning foydali tomonlariga e‘tibor qarating
Mijozni kir yuvish mashinasining qanday tuzilgani emas, uning sifati, energiya tejay olishi kabilar qiziqdir. U boshqa do‘konni tanlamasligiga intiling.
Xaridor doim savdodan oladigan foydasini hisoblaydi.
5. Reklama to‘g‘ri harakatga chorlashi kerak
Siz mijozga barcha zaruriy vizual majmuani taqdim etganingizni bilishingiz kerak, u sahifangizda siz ko‘zlagandek harakatlanishi kerak.
6. Reklamada tushunarsiz so‘zlar bo‘lmasligi kerak
Unda mijoz uchun tushunarli bo‘lgan oddiy atamalardan foydalanish kerak. Tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlarni qo‘llash yaxshi samara bermaydi.
Tushunarsiz atamalarga misollar:
Tijorat integratsiyasini, savdoning rivojlanishi, oshishi deb berish mumkin
Qanday qilib to‘g‘ri differensiallashni raqiblardan ajralib turish deng
Oddiy tushunish va qabul qilish reklamaning ta’sir kuchini orttiradi.
7. Buni qanday oson sotib olish mumkin?
Mijoz sizning ma’lumotlaringizni telefon yoki manzilingizni oson topishi kerak. Ya’ni ortiqcha boshqotirmalarsiz sizni topib, bog‘lanishi lozim. Bu uchun telefon raqamlar yirik ko‘rinishda bo‘lishi ma’qul. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar