QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ishda ham, shaxsiy hayotda ham me’yorni biling, faqat qalbingizga quloq tuting. Bu siz uchun muvaffaqiyatlar garovidir. Atrofdagilar bilan muloqotlarda sira ikkilanmasdan, o‘zingizni qiziqtiradigan mavzularda savol berishingiz mumkin. Chunki siz odamga bir qarashdayoq uning aslida qanday odamligini darrov ilg‘ay bilasiz. Kechqurun faqat uyda o‘tiring, oilangizdagilar bilan birga vaqt o‘tkazing. Odatdagidek, salomatligingizga jiddiy munosabatda bo‘ling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
10 sentyabr kuni hadeganda erkinlik sari talpinaverishingiz sizga faqat ziyon yetkazishi mumkin. Shundog‘am oilada, ishda, ko‘chada o‘zingizni yetakchi his etasiz. Shuning o‘zi erkinlik emasmi? Oila qurmaganlar bugun yangi tanishuvlarni boshdan kechirishadi. Bu inson sizning bir umrlik taqdirdoshingizga aylanishi sizga bog‘liq. Tadbirkorlar bugun faqat muvaffaqiyatlar lazzatini totishadi. Kechqurun yolg‘iz qolib yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni xomcho‘t qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
10 sentyabrda tadbirkor, ishbilarmon, mehnatsevarlarning oshig‘i olchi bo‘ladi. Hamkasblar, oiladagilar bilan janjallashish bugun juda xavfli kechishi mumkin. Agar shaxsiy hayotda muammolar yig‘ilib qolgan bo‘lsa, kechga qadar tinchlik, ahillikda bartaraf etishingiz mumkin. Buning uchun albatta janjal ko‘tarish shart emas. Kechqurun olisda yashaydigan qarindonlaringiz mehmon bo‘lib kelishlari mumkin. Uyda mehmonlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish talab etiladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Agar yaqin orada uydagilarning qaysidir biri bilan janjallashib qolgan bo‘lsangiz, bugun yarashish uchun imkoniyatlar eshigi ochiladi. Shubhasiz, janjal pul tufayli kelib chiqqan bo‘lsa kerak. Shunday bo‘lsa, qo‘shimcha daromadli ish topishingiz zarur bo‘ladi. Ijodkorlar ham bugun nafaqat yangi asarlar bilan yanada mashhurlashadi, balki mo‘maygina daromad ham olishlari ehtimoldan xoli emas. Moliyaviy masalada yaqin do‘stlaringizdan biri albatta ko‘maklashib yuboradi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
10 sentyabr kuni orzuingizdagi daromadga, mavqega, hurmat-e’tiborga ega bo‘lish uchun faollikka amal qilishingiz lozim. Shunda kutilgan natijalarni albatta qo‘lga kiritasiz. Xususiy mulk, uy-joy masalasidagi yuzaga kelgan muammolarni do‘stlar yoki qondoshlar bilan birgalikda hal eting. Bu muammolar yolg‘izlikda ijobiy hal bo‘lmaydi. Muhabbatda tuyg‘ularga emas, aql-tafakkurga suyangan holda ish tuting. Kechqurun ishdan yoki o‘qishdan qaytayotganda, serqatnov yo‘llarni juda sergaklik bilan kesib o‘ting. Jarohat olishingiz xavfi bor.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Tadbirkorlarga bugun xudo qo‘shqo‘llab beradi. Xorijmi, mahalliymi, farqi yo‘q, hamkorlar topishda muvaffaqiyatlar sizniki. Yaqinda tijorat yo tadbirkorlikni boshlagan bo‘lsangiz, bunday muvaffaqiyatlar bilan faxrlanishingiz kerak. Ish uchun ofis, yashash uchun uy-joy sotib olishda 10 sentyabr omadli kechadi. Kechqurun sizga olis qishloqlarning biridan yoqimli xabar yetkazishlari kutiladi. Darvoqe, ayni kunda atmosferada o‘ta kuchli magnit bo‘ronlari hukm surmoqda. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar ehtiyot bo‘lishlari tavsiya etiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
10 sentyabrda bemalol, sira ikkilanmasdan dam olishingiz, ko‘ngil yozishingiz va do‘stlar bilan uzoq suhbatlar qurishingiz mumkin. Negaki, bugun dam olish kuni. Boshqalarga bilmaymiz-u, biroq siz uchun shunday. Moliyaviy jihatdan bugun muammo yo‘q. Oilada ham sukunat hukmron. Oila qurmagan bo‘lsangiz, romantik lahzalar shundoq qarshingizdan chiqadi. Juda bo‘lmasa, tog‘ yon bag‘irlarida dam olib qaytish ham ortiqchalik qilmaydi. Ba’zilar keng miqyosdagi ommaviy tadbirlardan birida qatnashishni taklif qiladi. Rozi bo‘ling. Ishoning, tadbir kayfiyatingizni a’lo darajada bo‘lishi uchun asosiy manbaga aylanadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Do‘stlaringiz sizni tabiat qo‘ynida dam olib qaytish uchun taklif etishlari mumkin. O‘ylanmang, ikkilanmang, bu salomatlik uchun ham juda foydali. Kimlardir sevgan insoni bilan munosabatlarga yo‘l qo‘ygan-u, ayni kunda depressiya holatiga yaqin turgan bo‘lishi mumkin. Boshni baland ko‘taring, dunyoda barchamiz mehmonmiz. Mehmondorchilikni shodlikda, xotirjamlikda kechirishga haqlisiz. Qaysi mashg‘ulot sizni chalg‘ishga undasa, o‘sha bilan band bo‘ling. O‘zingizni ehtiyot qiling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
10 sentyabr kuni ishlaringizda sezilarli darajada unum bo‘ladi. Ammo moliyaviy masalada muammolar ko‘ndalang chiqishi tayin. Hoynahoy, yaqin o‘tmishda bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan xatolaringiz sabab bo‘lsa kerak. Bugun huquqshunoslar bilan amalga oshiriladigan ishlar xayrli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida shaxsiy ishlar bilan qo‘shni shaharga borib kelishingiz kutiladi. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Shubhali tuyulgan taomlarni iste’mol qilmang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Kunning birinchi yarmida yorqin tanishuvlarni boshdan o‘tkazasiz. Bu kelgusida mustahkam do‘stlikka aylanishi aniq. Mabodo qarama-qarshi jins vakili yo vakilasi bilan tanishsangiz, do‘stlik muhabbatga aylanishi ham hech gap emas. Kechqurun yolg‘iz qolishingiz, yolg‘izlikda dam olishingiz kerak. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Iloji bo‘lsa, shaxsiy avtomobilingizda ko‘chaga chiqmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Dam olish kuni bo‘lgani sabablimi, 10 sentyabrda uydagi yig‘ilib qolgan ishlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi. O‘sal yotgan, yoshi ulug‘ qarindoshlar holidan xabar olish ham bugun yoqimli kechadi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, kechqurun sizni romantik uchrashuv va totli suhbatlar kutadi. G‘iybatchilar ortingizdan mag‘zava ag‘darayotganidan xabar topishingiz mumkin. E’tiborsiz bo‘ling. Aslida g‘iybatchi xalqi qayg‘urishga, asabiylashishga arzimaydi. Ularni sukut yordamida yengish lozim.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar birinchi navbatda illyuziyadan voz kechishingizni maslahat berishmoqda. Realistga aylaning, shunda omad siz tomonda bo‘ladi. Qo‘shnimi, tanishlarmi, farqi yo‘q, sizni tanqid ostiga ola boshlashsa, mayin jilmayish bilangina javob qaytaring. Tijoratchilar bugun dam olish kuni kutilganidan ham ortiqroq daromad olishga haqlidirlar.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi