22:04 / 12.09.2017
8 244

Munajjimlar bashorati: 13 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 13 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

13 sentyabrda bajarilmay qolib ketgan yumushlardan voz kechib, yangi vazifalarni zimmangizga olishingiz kerak bo‘ladi. Ishxonangizda qisqartirishlar yoki xodimlarni saralash harakatlari sodir etilishi mumkin. Sergak turing. Shaxsiy hayotda zinhor «svetofor»ning qizil chirog‘idan o‘tmang, azaliy qoidalarga amal qiling. Kechqurun ovqatlanish qoidalariga rioya qiling. Sportzalda sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish ham ziyon qilmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Tadbirkorlar bugun qalbiga quloq tutgan holdagina muhim hujjatlarni imzolashga kirishishlari mumkin. Bir joyda uzoq muddat o‘tirib qolishdan saqlaning. Oilaviy hayotingizda juftingizni bo‘lar-bo‘lmasga rashk qilaverishni bas qilmasangiz, katta janjal kelib chiqishi mumkin. Kechqurun yoshi ulug‘ qavmlar holidan xabar oling. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qiling. Basharti do‘stlaringiz ziyofatga taklif etishsa, bormang, salomatligingizga ziyon yetishi mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

13 sentyabr kuni astoydil bo‘lsangiz, aql bilan ish tutsangiz, har qanday vaziyatni ham hukmingizga bo‘ysundira olasiz. Faqat shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang, o‘zingizga qattiq ishongan holda g‘alaba sari intiling. Bugun moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishga urinishlar, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish qidirish amallari xayrli kechadi. Kechqurun uyingizga olisdan mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun katta ishlarga qo‘l urib ovora bo‘lmang, mayda-chuyda yumushlarni ado etish bilan cheklaning. Uydagi muammolar ham sizni holdan toydirishi mumkin. Oila qurmaganlarning aksariyati bugun romantik uchrashuvga chiqishlari kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni oshiring. Kechqurun o‘tgan yaqinlaringiz haqiga duo qilish yodingizdan ko‘tarilmasin. G‘iybat ustalari bilan ro‘baro‘ bo‘lishdan ehtiyot bo‘ling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

13 sentyabr kuni atrofdagilarning diqqat markazida bo‘lishingiz kutilmoqda. Maqtovlar, olqishlardan mast bo‘lasiz. Qanchalar yoqimli-a bunday lahzalar?!. Shaxsiy hayotingiz ham bugun xotirjamlikda o‘tadi. Faqat ro‘zg‘orda mayda-chuyda kemtiklar, ishlar qalashib yotganidan xabar topasiz-u, kechga qadar ularni bartaraf etish bilan band bo‘lasiz. Moliyaviy ahvolingiz kunning ikkinchi yarmida yaxshilanishi tayin. Faqat xarajatlarga haddan tashqari erk bermang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Bugun asosan ro‘zg‘ordagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo bu yumushlarni yolg‘iz o‘zingiz uddalay olmaysiz. Yaqinlaringizdan kimnidir yordamga chaqirishingizga to‘g‘ri keladi. Bugun qarzlarni uzish juda xayrli kechadi. Eski muammo va tashvishlar ham qaytish ehtimoli bor. Biroq siz ularni ham joyida hal etib tashlay olasiz. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida salomatligini nazoratda ushlasinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

13 sentyabr kuni kayfiyatingizda tushkunlik alomatlari sezila boshlaydi. Hoynahoy, bu tunda ko‘rgan alaq-jalaq tushlaringiz tufayli bo‘lsa kerak. Aksiga olgandek moliyaviy muammolar ham hadeganda hal bo‘lib qo‘lingizga pul tusha qolmaydi. Juda bo‘lmasa, sevimli xobbingiz bilan mashg‘ul bo‘ling, chalg‘iysiz. Kunning ikkinchi yarmida yaxshiroq ishga o‘tish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi, qo‘ldan chiqarmang. Salomatlikni asrang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Yulduzlar bugungi kuningiz juda yorqin, omadga to‘la va yoqimli kechishini bashorat qilishgan. Ishlarni shu qadar tez va sifatli uddalaysizki, kunning ikkinchi yarmida mukofotini olishga muyassar bo‘lasiz. Oila qurganlar muhabbatda omadsizlikka yuz tutishlari, tanlaganining rad javobini olishi mumkin. Balki bu yaxshilikkadir-a?.. Kun bo‘yi kissavurlardan ehtiyot bo‘ling. Sog‘lig‘ingizni ko‘z qorachig‘idek asrang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

13 sentyabr kuni o‘zingizni keragidan ortiq qiynab o‘tirmang, taqdirning in’omi bilan cheklaning va shukr qiling. Kunning ikkinchi qismida yoqimsiz xabar eshitishingiz ehtimoli bor. Asabni asrang, u hali sizga ko‘p kerak bo‘ladi. Kechqurun olis safarga otlanishingiz kutiladi. Muhim hujjatlarni qayta-qayta ko‘zdan o‘tkazib olishga erinmang. Kechqurunga borib sog‘lig‘ingiz yomonlashishi mumkin. Ammo bu qo‘rqinchli emas. Serqatnov yo‘llarda harakatlanishda sergaklikni qo‘ldan bermang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Qanday vaziyatga tushmang, kayfiyatingiz qay holatda bo‘lmasin, optimist bo‘lib qoling. Kun ancha og‘ir kechsa-da, serunum bo‘ladi. Kun mobaynida sog‘lig‘ingiz bir necha marotaba yomonlashishi mumkin. Buni xalqona usullar bilan yaxshilasa bo‘ladi. Ishda rahbarlar bilan aslo bahslashmang. Kechki payt hamkasblardan biri bilan kafelardan biriga borishingiz va kechki ovqatni o‘sha yerda tanovul qilishingiz ehtimoli bor. Kechqurun toza havoda sayr qiling, spirtli ichimliklar iste’mol qilmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

13 sentyabr kuni ish masalasida ko‘pgina takliflar kelib tushadi. Siz ular orasidan eng yaxshisini tanlab olishingiz mumkin. Umuman, kuningiz uy yumushlarini bajarish bilan o‘tishi ham ehtimoldan xoli emas. Lekin organizmni jismoniy zo‘riqishga duchor etmasligingiz tavsiya etiladi. Sizga bugun faqat aqliy mehnat daromad beradi. Undan ruhiy lazzat ham olasiz. Kechqurun salomatligingiz pand berishi mumkin. Darrov vrach chaqirtiring.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun atrofdagilarning hurmat-izzatiga sazovor bo‘lasiz. Pul ham, obro‘ ham faqat siz tarafda bo‘ladi inshoolloh. Rahbarlar bajargan ishlaringizdan to‘liq qoniqish hosil qilib sizni mukofotga tavsiya etadi. Shubhasiz, mukofot mo‘maygina bo‘ladi. Ijodkor bo‘lsangiz, bugun kun davomida sizni ommaviy tadbirga taklif etishlari kutiladi. Ana shu yerda yanada ko‘proq muxlislar orttirasiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 13 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?