8 351
Bolangiz komil inson bo‘lib voyaga yetishi uchun siz amal qilishingiz kerak bo‘lgan 5 qoida!
1. Hech qachon bolangizga baqirmang va uni urmang. Birinchidan, bunda paydo bo‘ladigan qo‘rquv, ko‘plab ruhshunoslarning fikricha, bolani o‘rab turgan dunyoga nisbatan shafqatsiz munosabat shakllanishiga, hamma narsaga kuch bilan erishish mumkinligi xakida tasavvur paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, bolaning ko‘z o‘ngida ota-onaning obro‘si ham butkul tushib ketadi. Ammo bolaning injiqliklariga erk berish ham kerak emas, chunki bu uning o‘zi istagan narsaga har doim, aynan shu usul bilan erishishga o‘rganib qolishiga omil bo‘ladi.
2. Hamma onalar o‘z bolalarining baxtiyor bo‘lishlarini istab, ularni erkalashadi. Ammo ota-onalarning bu muomalasi bolakayga yaxshi ta’sir etishi dargumon. Chunki bolakayni go‘dakligidan o‘yinchoqlar va shirinliklar bilan ko‘mib tashlash, kelgusida xudbinlik va kibrga moyillik uyg‘otishi mumkin, doimiy nazorat esa uni mustaqil harakat va o‘ziga ishonchdan mahrum qiladi.
3. Bolaga ishoning! Bolaga ishonishingizni u bilsin va his qilsin. Masalan, agar farzandingiz urishqoq bo‘layotganini sezsangiz va ko‘chaga chiqishidan oldin unga har safar «Bugun ham mushtlashib ko‘r-chi!», «Bugun ham ustingdan shikoyat qilib kelishsa bormi!», deb takrorlayversangiz, bu unda xatti-harakat stereotipini shakllantiradi. Siz uni, go‘yoki shu janjallarga o‘zingiz bilmagan holda undagan bo‘lasiz. Bunday vaziyatlarda yaxshisi «O‘zingni tinchroq va vazminroq tutgin», degan ma’qul. Muhimi, bola ham sizga ishonsin: bergan so‘zingizning ustidan chiqing. Biroq agar va’dani bajarishning uddasidan chiqolmasangiz, unda buning sababini tushuntirib, farzandingizdan kechirim so‘rang. Bu qarakatingiz bilan boladagi to‘g‘riso‘zlik va mas’uliyatni tarbiyalagan bo‘lasiz! Aldoqchi odamlar ishonchni yo‘qotishlarini, ularni hech kim hurmat qilmasligini tushuntiring.
4. Ota-onalar uchun og‘ir bo‘lmagan, biroq bolaning hayotini kutilmagan quvonchga to‘ldiruvchi rag‘batlar o‘ylab topish mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bola ota-onasining ishidan ilhomlanadi va oilangizda boshqalarga tabassum hamda yaxshi kayfiyat ulashadigan yana bir kichik sehrgar paydo bo‘ladi.
5. Shuni yoddan chiqarmangki, bola har doim ota-onasining xatti-harakatlaridan nusxa oladi. Shunday qilingki, undagi ushbu harakat yaratuvchanlikka olib kelsin. O‘z qalb qasrini bunyod etishga, o‘zining go‘zal vujudini tiklashga zamin yaratsin! Va biz aynan shu bilan dunyoni, butun borlikni go‘zallashtiramiz!
Manba: «Sug‘diyona» gazetasi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi