22:10 / 21.09.2017
8 423

Munajjimlar bashorati: 22 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 22 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun dam olishga umuman vaqtingiz bo‘lmaydi. Qolib ketgan ishlarni oxiriga yetkazib qo‘ymasangiz, tirikchiligingizning mazasi qochishi mumkin. Oila qurmaganlar yoki yolg‘izlar muhabbatda xilma-xillikni qo‘msab qolishlari mumkin. Bu yaxshilikka olib bormaydi. Agar siz muhabbat deb atalmish muqaddas tuyg‘uning ustidan kulsangiz, bu oradan ko‘p o‘tmay o‘zingizga dastak bo‘lib qaytishi hech gap emas. Bugun siz moliyaviy yo‘qotishlardan tortib jarohat olishgacha yetadigan ko‘ngilsizliklarga tayyor turing. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Qanday reja tuzganligingizdan qat’i nazar atrofdagilardan sir tuting. Ayniqsa, ishingiz bilan bog‘liq sirlarni o‘zingizdan bo‘lak hech kim bilmasligi kerak. Yo‘qsa, erishayotgan muvaffaqiyatlaringiz, peshona ter evaziga topayotgan pulingizdan baraka qochadi. Serqatnov yo‘llarda ham ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Olis safarga chiqishni mo‘ljallab yurgan bo‘lsangiz, boshqa kunga qoldiring. Kechqurun ro‘zg‘ordagi jiddiy muammolarni bartaraf etishingizga to‘g‘ri keladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

22 sentyabr kuni to‘laqonli dam olishga haqlisiz. Chunki ishxonadagi ishlarni qoyillatgansiz, mehnat ta’tiliga rahbarlar rasman izn bergan. Demak, eng yaqin insonlarni yoningizga olib tabiat qo‘yniga yo‘l olsangiz bo‘ladi. Nikohdan o‘tish va turmush qurish, dabdabali to‘ylar bugun muvaffaqiyatli va xayrli kechadi. Agar oila qurishga ulgurmagan bo‘lsangiz, harakatingizni qilavering. Bugun umr rishtalarini bir-biriga bog‘laganlar kelgusida albatta baxtli, saodatli bo‘larkan.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Taqdirga tan berish har bir xudo bandasining farzi. Biz hamisha xudoyim bergan rizqqa va u ato etgan taqdirga shukronalik bilan munosabat bildirishimiz lozim. Siz ham bundan mosuvo emassiz. 22 sentyabr kuni turli xastaliklardan davolanish, badanni sovuq dush yordamida chiniqtirish va sportning eng faol turlari bilan shug‘ullanish omadli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi kutilmoqda. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

22 sentyabrda arslon burjida tavallud topganlarning xuddi sportchilardagi kabi ikkinchi nafas yo‘li ochilgandek bo‘ladi. Siz charchash, toliqish neligini bilmay to kechga qadar ter to‘kasiz. Tantanali tadbirlarni boshqa kunga qoldiring, bugun ular sizga ko‘ngilsizlik hadya etishi mumkin. Tijorat sohasida ishlaydiganlarning kuni tug‘adi. Daromadingiz bugun ikki hissadan oshadigan bo‘lib turibdi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Sevimli insoningiz bilan sizning orangizda o‘ta yoqimli suhbatlar ayni 22 sentyabr kunning birinchi yarmida sodir bo‘ladi. Ikkovlon kinomi, teatrmi, yoki tog‘gami borib birgalikda istirohat qilsangiz yarashadi. Moliyaviy ahvolingiz ham buni ko‘taradi. Bugun shaxsiy transporti borlar ta’mir bilan band bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar sog‘liqni tez-tez nazoratdan o‘tkazib turishlari talab etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

22 sentyabr kuni atrofdagilar bilan muloqotda juda ehtiyot bo‘ling. O‘zingizga yoqmaydiganlar bilan muloqot qilmaganingiz ma’qul. Sizdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishni ixtiyor etishlari hech gapmas. Agar do‘stlar, hamkasblar va tanish-bilishlar qarshisida daf’atan oratorga aylansangiz, barchani hayratga solgan bo‘lardingiz va shuning bahonasida obro‘yingizga obro‘ qo‘shilardi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Xarajatlar masalasida juda sergak bo‘lishingiz tavsiya qilinadi. Iloji boricha daromadga nisbatan xarajatlar kam bo‘lishini ta’minlang. Aks holda kechqurunga yetmay kimlardandir qarz so‘rashingizga to‘g‘ri keladi. Ovqatlanish me’yorlariga amal qiling. Bu me’yorlarga amal qilmaslik salomatligingizga putur yetkazishi mumkin. Sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish ham ziyon qilmaydi. Kechqurun juftingiz yoki bo‘lg‘usi yoringiz sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yishi kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

22 sentyabrda oilasizlar muhabbat masalasida orzulab kun o‘tkazishlari mumkin. Ammo hozirgi zamonda xayolparastlik bilan hech narsaga erishib bo‘lmasligini unutmang. Hayotga real nazar bilan boqqan holda harakatlar sodir eting. Kunning ikkinchi yarmida o‘z harakatlaringizni, bajargan ishlaringizni tahlil qiling, kelasi oy uchun oila byudjetini xomaki tarzda bo‘lsa-da tuzib qo‘ysangiz ham zarar ko‘rmaysiz. Salomatligingiz haqida ko‘proq qayg‘uring.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Atrofdagilarni so‘zsiz kuzating, kimning qanaqaligini yanada chuqurroq tahlil etishga harakat qiling. Shunda haqiqiy do‘st va dushmanni yanada yaqqolroq ko‘ra boshlaysiz. Kun davomida neki ish qilmang, faqat qalb amriga bo‘ysuning. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib yaxshilanmasa, qarz ko‘tarishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun xizmat safariga jo‘nab ketishingiz ham ehtimoldan xoli emas.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

22 sentyabr kuni turli o‘lcham va xarakterdagi mushkul vaziyatlarga tushib qolishingiz mumkin. Ammo bu vaziyatlardan chiqishda faqat o‘zingiz o‘zingizga yordam bera olasiz. Do‘stlar ko‘magiga ishonmang. Har bir gapingizni o‘ylab gapiring. Salomatligingiz pand bera boshlasa, sira ikkilanmay vrach qabuliga choping. Moliyaviy ahvolingiz bugun sizga pand bermasligi kutiladi. Serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Kissavurlar, firibgarlar changaliga tushishdan saqlaning.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Bugun baliq burji vakillariga ikkilanish degan odatga yaqin borish taqiqlanadi. Ikkilandingizmi, tamom, ishlaringiz orqaga ketaveradi. Har bir ishga qat’iylik bilan yondashing, foydasini ko‘rasiz. Bugun ota-ona, farzandlar va yaqin qarindoshlar bilan kechadigan har bir suhbat albatta xayrli kechadi. Kechqurun sizga kimdir tijoratda sherikchilikni taklif etishi mumkin. Agar u odamga ishonsangiz, taklif yomon emas.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 22 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..