9 473
Munajjimlar bashorati: 25 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun bugun hatto o‘zingizdan ham kechishingizga to‘g‘ri keladi. Har bir zimmangizga qo‘yilgan mas’uliyatni chuqur his etgan holda harakatlar sodir etsangiz, moliyaviy ahvolingiz ham kechga qadar yaxshilanadi. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar, tadbirkorlar pulni yanada ko‘paytirish uchun albatta o‘zidan-da tajribaliroq insonlar maslahatini olishlari kerak bo‘ladi. Kechqurun serqatnov yo‘llarni kesib o‘tayotganda, sergak bo‘ling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
25 sentyabr kuni oilada yetakchilikdan vaqtincha bo‘lsin voz kechib turing. Aks holda yaqinlaringiz bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Undan ko‘ra eng muhim ishlaringizni hal etish harakatida bo‘ling. Kunning ikkinchi yarmida sizni eski qadrdonlardan biri mehmonga chaqirishi kutiladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda faqat qalbingiz amriga bo‘ysuning. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
25 sentyabr kuni muhim ishlaringiz ko‘paygandan ko‘payishi mumkin. Turli tadbirlar, majlislar sizni obdon charchatishi kutiladi. Oilasiz bo‘lsangiz, kechqurun romantik uchrashuvga ham bora olmaydigan darajada charchaysiz. Yangi tanishuvlar va yozishmalardan buguncha voz keching. Farzandlaringiz bo‘lsa, kechqurun ular uchun alohida vaqt ajrating. Sog‘liqni asrang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun ko‘zlab qo‘ygan niyatlarga yetish yo‘lida aslo to‘xtamang, sekinlashmang. Faqat oldinga intiling. Emotsiyaga emas, tafakkurga suyaning. Kechqurunga kelib barcha ishlarni uddalab, mukofotini olishingiz ehtimoldan xoli emas. Sog‘lig‘ingizni nazoratda ushlang. Bo‘lar-bo‘lmas gap-so‘zlarni deb asabiylashmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
25 sentyabrda professional kasbingiz emas, balki uy yumushlari bilan o‘ralashib qolishingiz kutiladi. Agar bugunga qarindoshlar bilan ko‘rishib gaplashishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, rejani ortga surmang. Kunning ikkinchi yarmida barcha boshlagan ishlaringiz baroridan keladi va mukofotini olasiz. Kechqurun tashqi ko‘rinishingizga e’tibor berib qo‘ying, ovqatlanish me’yorlarini qayta ko‘rib chiqing va ertaroq uxlashga yoting.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Har bir bosadigan qadamingiz o‘lchog‘li bo‘lishi lozim. Shaxsiy hayotingizda juftingiz bilan dahanaki janjallar yuzaga kelishi mumkin. Bugun davolanish, jarrohlik amaliyotlarini boshdan o‘tkazish, sanatoriyga dam olish uchun yotish muvaffaqiyatli kechadi. Moliyaviy masala bilan bugun jiddiyroq shug‘ullanmasangiz, pulsiz qolib ketishingiz hech gap emas. Eng yaxshi yo‘l shuki, qo‘shimcha daromad keltiradigan ish toping.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
25 sentyabr kuni ish joyingizda har qanaqangi og‘ir ishni ham qoyillatib bajarib tashlaysiz. Albatta, rahbariyat bu ishlaringizni mukofotsiz qo‘ymaydi. Kechqurunga yaqinoq mukofotni qabul qilib olasiz inshoolloh. Adabiyot, san’at bilan band do‘stlarimiz ham muvaffaqiyatlardan mosuvo qolishmaydi. Kechqurun do‘stlaringiz davrasida dam olishingiz kutiladi. Ammo zararli odatlarga yon berib qo‘ymang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ishda hatto mayda xatoliklarga ham yo‘l qo‘ymasligingiz talab etiladi. Aks holda mukofot, yuqori lavozimlarga ega chiqa olmaysiz. Kun davomida moliyaviy yutuqlarga ham erishasiz va bugun ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan miqdordagi pul qo‘lingizga kelib tushishi ehtimoldan xoli emas. Biroq tejamkorlik asosiy masala ekanini unutmang. Yangi tanishuvlarga yo‘l bermang, o‘zingiz uchun shubhali tuyulgan kimsalar bilan muloqotga kirishmang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
25 sentyabr kuni shunday bir g‘alati vaziyatga tushib qolasizki, ba’zi do‘stlaringizning aslida qanday odam ekanini ilg‘ab, ko‘zlaringiz moshdek ochiladi. Ammo moliyaviy ahvolingiz a’lo darajada kechadi. O‘tgan kungi bajargan ishlaringiz uchun ham bugun mukofot olasiz. Muhabbatda sirliroq bo‘ling. Juftingizga nisbatan muloyimroq munosabat yuriting. Hasadgo‘ylardan ehtiyot bo‘ling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugun hech qanaqangi muhim rejalar tuzmasligingizni maslahat berishmoqda. Bankomatdan plastik kartochkadagi pullarni naqdga aylantirayotganda ehtiyot bo‘ling, xatoga yo‘l qo‘yishingiz ehtimoli bor. Ruhiy holatingizga ziyon yetmasin desangiz, janjalli vaziyatlardan qoching. Shamollashdan azoblanayotgan bo‘lsangiz, xalqona yo‘llar bilan davolaning. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
25 sentyabr kuni sizni ko‘plab ishlar kutib turibdi. Ularning aksariyati tashkilotchilik talab qiladi. Rahbarlaringiz sizning zimmangizga o‘ta mas’uliyati katta ishni yuklashadi. Demak, e’tiborli va sergak bo‘lishingiz kerak. Agar shu ishni uddalay olsangiz, uzoq muddat rahbarlarning hurmat-e’tiborida bo‘lasiz. Kechqurun olisda yashaydigan do‘stingizdan pochta orqali kutilmagan sovg‘a olishingiz mumkin. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar ishxonadagi bajariladigan ishlarga yolg‘iz qo‘l urmasligingiz lozimligini uqtirishmoqda. Garchi tajribangiz yetarli bo‘lsa-da, katta ishlarni yolg‘iz ado qila olmaysiz. Oilasizlar muhabbatda faqat muvaffaqiyatga erishishadi. ZAGS ga borib qo‘ya qolsangiz ham ziyon qilmasdi. Salomatligingiz kun davomida bir necha marotaba pand bera boshlashi kuzatiladi. Erinmasdan vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ying. O‘zingizni ehtiyot qiling.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi