Avvalo, raqam bilan sonning farqini bilib olsak...
Raqamlar — bu 0 dan 9 gacha bo‘lgan shartli belgilar bo‘lib, ular ishtirokida hosil bo‘ladigan sanoq va hisob o‘lchovlarining ifodasi — sonlar deyiladi.
Masalan, kimdir 7, yana kimdir 9 raqamini yoqtiradi, kimgadir 21 soni omadli. 13 soni esa...
Raqamlar va sonlar inson hayotida qanchalik ahamiyatga ega ekanligini har kim har xil tushunadi. Aslida ular hatto inson ruhiyatiga ham juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Negadir juda ko‘p shoir va yozuvchilar o‘z asarlarida ma’lum bir son hamda raqamlarni, aniqrog‘i uy yoki ko‘cha, palata raqamlarini alohida ta’kidlab yozishgan. Ular ham o‘z hayotiy kuzatuvlari orqali raqamlarning yashirin sirini yaxshi his etishgan bo‘lsa ajabmas.
Hozirda ham odamlar telefon yoki mashinalari nomerlarining alohida ajralib turishini istashadi. To‘g‘rimi? Ayrimlar esa hatto ularni ortiqcha pul to‘lab tanlab olishi ham real haqiqat!
Nega shunday? Raqamlar, sonlar inson ruhiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Hozirda ko‘pchilik insonlar aynan ular yoqtiradigan yoki, aksincha, yoqtirmaydigan son-raqamlar — ularning taqdiriga allaqanday ta’sir ko‘rsatishini ich-ichidan sezishadi...
Biri omad, boshqasi baxtsizlik keltiradi, uchinchisi ko‘z tegishiga sabab bo‘lishim mumkin, to‘rtinchi biri yo‘l ko‘rsatadi, deb taxmin qilinadi.
Balki sonlarning boshqa “sifatlari” ham bordir, ammo inson ularni o‘z nuqtai nazaridan, qarashlaridan kelib chiqib baholashga ko‘nikkan.
Ularga “yaxshi” yoki “yomon” deb hukm chiqaradi. Biz ham sonlar to‘g‘risida shu nuqtai nazardan ayrim mulohazalarni ilgari suramiz...
Raqamlar ham tumor bo‘la oladimi?
Bu sonlarning eng muhim “talab”laridan biri. Axir tumorlar azaldan insonga omad, baxt, sog‘lik, farovonlik olib keluvchi, orzu niyatlarini amalga oshiruvchi vosita sanalagan. Biz tumorlarga yaxshi narsa sifatida qarashga ko‘nikkanmiz.
Aslida tumor birorta buyum emas, son ham bo‘lishi mumkinekan. O‘zingizning baxtli raqamingizni bilishingiz — hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tishga, kerakli paytlarda to‘g‘ri yo‘l tanlashga yordam berarkan.
Ishonmaysizmi?
Bu ayniqsa, biror masalani hal etishda ikkilanib qolganda, biror qadam qo‘yish uchun ichki ishonch va tashqi ma’lumot yetishmaganda juda asqotadi.
To‘g‘ri, bunday “irim-sirim”larni inkor qiluvchilar ko‘pchilik. Harqalay shunchaki qiziqish bildiradigan ham kam emas...
Xo‘sh, tumor sonni “topish” uchun nima qilish lozim?
Masalan, bir kishi 28 noyabr, 1980 yilda, uning onasi 1957 yil 9 yanvarda, otasi esa 1954 yil 27 dekabrda tug‘ilgan.
Endi shu tartib bo‘yicha: avvalo tug‘ilgan kun (28), nechanchi oyligi (11), tug‘ilgan yil (1980) yoziladi.
Ya’ni: (28 noyabr) 2+8 + (11 oy) 1+1+ (tug‘ilgan yil 1980) 1+9+8+0. Endi uning davomidan onasi va otasining tug‘ilgan kun, oy, yili ham qo‘shib yozib chiqiladi: + 9+1+1+9+5+7+2+7+1+2+1+9+5+4 = 93.
Hosil bo‘lgan sonni, ya’ni 93 ni 3 ga (ya’ni, uchlik: farzand, ota va ona) bo‘lamiz. 93 : 3 = 31.
Ko‘pincha bo‘lish natijasida butun son hosil bo‘ladi, agar, kasr son hosil bo‘lsa, uni butunga aylantirish kerak.
Buning uchun qoida bo‘yicha, agar kasr sonda verguldan so‘ng 5 dan kichik raqam turgan bo‘lsa, u hisobga olinmaydi. Agar 5 va undan katta raqam turgan bo‘lsa, verguldan oldingi songa 1 qo‘shamiz.
Masalan, deylik, 13,5 bo‘lsa, uni 14 deb qabul qilamiz, 13, 4 bo‘lsa — 13 deb olinadi.
Endi bu inson o‘zining baxtli raqamini, shartli ravishda, albatta — 31 ekanligini biladi.
Mana shu qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, oylarning 31-kunlarida, 31 yoshida uning uchun quvonchli voqealar, xabarlar bo‘lishi kerak, deb hisoblanadi.
Agar u 31-avtobus yoki marshrutga o‘tirsa, o‘sha kuni ishi yurishadi, deb taxmin qilish mumkin.
Agar u shu raqamli uy yoki xonadonda yashasa, yanada omadi keladi. Mabodo biror qiz (yoki yigit) unga ichida 31 soni uchraydigan telefon raqamini bersa, ularni jiddiy va baxtli munosabatlar kutishi ehtimoldan xoli emas.
Siz ham shunday yo‘l tutsangiz, tez orada omadli raqamingizga duch kelganda ishingiz yurishganini payqaysiz...
Agar xotirangiz chatoqroq bo‘lsa, “tumor son”ning ta’siri bor-yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun kundalik tutib, sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni kuzatib boring.
“Tumor son” sizga omad keltiribgina qolmay har xil ko‘ngilsizliklardan asrash uchun numerologlar antiqa bashoratini e’lon qilishadi — “omad raqami”ning tasvirini (ifodasini) yonda olib yurish kerak...
Masalan, mobil telefoningiz g‘ilofi orasiga, qo‘l soatingiz bog‘ichining ichki tomoniga shu raqamni yozib qo‘yish mumkin. Hatto ro‘molchaga ip bilan “tikib yozish”, uni biror taqinchoq shaklida yasattirish, jilla qursa oddiy qog‘ozga yozib ko‘krak cho‘ntagiga solib qo‘ysa ham bo‘ladi.
Nima bo‘lganda ham o‘z ixtiyoringizga qarab ish tuting... Biroq shuni unutmang, ixlosda gap ko‘p!
Yuqoridagilar shunchaki numerologlarning tavsiyalari. Muhimi, inson, eng avvalo, o‘ziga, so‘ng dunyoda mavjud barcha yaxshi narsalarga ishonishi kerak! Ishonganda ham qalban ishonishi lozim!
Aziz o‘quvchilar, “Bu qiziq” turkumining keyingi ma’lumotida, numerologlar fikriga tayangan holda, albatta, “dushman” va “xabarchi” sonlar xususida so‘z yuritamiz...
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi