QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun nafaqat faol va kuchli, balki qat’iyatli ham bo‘lishingiz lozim. Shunda qay ishga qo‘l ursangiz, g‘alaba bilan yakunlashingizga kafolat bo‘ladi. Do‘stlarni, hamkasblarni tanqid qilishdan tiyiling. Qancha ular bilan muloyim munosabatda bo‘lsangiz, shuncha tez va ko‘proq omadga erishasiz. Salomatlikni saqlash ham birinchi rejaga kiritilsa, oshig‘ingiz olchi deyavering. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Immunitetni ko‘tarish uchun mevalar iste’mol qilishdan to‘xtamang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
9 oktyabr kuni oilangizdagi yoshi ulug‘ qondoshingiz bilan jiddiy mavzuda suhbatlashishingiz kutiladi. U sizni tanqid qilishi mumkin. Gap qaytarmang, qondoshingizning tanqidlaridan to‘g‘ri xulosa yasashga harakat qiling. Ishni o‘zgartirish, yangi uyga ko‘chib o‘tish, uyni ta’mirlash bugun muvaffaqiyatli kechadi. Moliyaviy ahvolingizdan ham shikoyat qilmasligingiz tayin. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
9 oktyabr kuni hech kimga va’da bermang. Chunki va’dangizning ustidan aytilgan muddatda chiqa olmasligingiz mumkin. Notanish odamlar bilan muloqotda ehtiyot bo‘ling. Sizning fikrlaringizni noto‘g‘ri tushunishlari, oqibatda janjal kelib chiqishi mumkin. Moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘lishida badavlat tanishlaringizdan biri yordam ko‘rsatishi kutilmoqda. Kechqurun ovqatlanish qoidalariga amal qiling, ovqatlanish ratsioningizni yana bir karra ko‘rib chiqsangiz, ziyon bo‘lmasdi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun hayotning ko‘p jabhalarida omadingiz keladi. Umuman bugungi kun bir umr yodingizda qolsa ham ajab emas. Oila qurmaganlar uchun bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ini uchratish va yaqindan tanishish uchun qulay imkoniyatlar tug‘ilishi mumkin. Agar puxta reja tuzsangiz, xarid masalasi ham muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurunga borib o‘zingizni lohas his eta boshlashingiz mumkin. Ammo siz buni ham tez fursatda bartaraf etasiz inshoolloh.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
9 oktyabr kuni uyquga to‘yishingiz shart. Shunda ishxonangizda bajaradigan yumushlar baroridan keladi. Juftingiz bilan munosabatlar masalasida qalbingizga quloq tuting. Ijodkorlar bugun mo‘maygina gonorar olish imkoniga ega bo‘lishadi. Kechqurun uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Serqatnov yo‘llarda nihoyatda sergak bo‘ling, jarohat olishingiz xavfi bor.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun xizmat safari bilan olisga jo‘nab ketishingiz kutiladi. Buni hatto o‘zingiz ham payqamay qolasiz. Rahbarlar daf’atan jo‘natib yuborishadi. Pul masalasida tavakkalchiliklargina sizga yordam bera oladi. Bugun ayollar uchun go‘zallik saloniga borib kelish, boshqalar uchun esa surunkali xastaliklar profilaktikasi, jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirish muvaffaqiyatli kechadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
9 oktyabr kuni yig‘ilib qolgan bir talay muammolarni hal etishga kirishmasangiz bo‘lmaydi. Kuchingizni bo‘lar-bo‘lmasga sarflamang. O‘zingiz sevgan odam bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga harakat qiling. Shuni yodda tutingki, haqqoniy tuyg‘u ko‘chada yotmaydi. Sevgilingizning, juftingizning sizga bo‘lgan sof tuyg‘ularini qadrlang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun sizga bir dunyo ilhom va va shu bilan birga shuncha ko‘ngilsizlik ham va’da qilishgan. Ko‘ngilsizliklarni chetlab o‘tishning iloji bo‘lsa, bu imkoniyatdan unumli foydalanib qolishingiz talab etiladi. Kun davomida farzandlaringiz biroz xastalanishidan qayg‘uga botishingiz kutiladi. Agar o‘z vaqtida harakat qilsangiz, bu xastaliklarni yenga olasiz. Do‘stlar yordami ham bu masalada ortiqchalik qilmaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
9 oktyabr kuni hayotingizda ko‘p narsalarni o‘zgartirish harakatida bo‘lasiz. Ayniqsa, ishxonangizda islohotlar jiddiy kechadi. Ammo esingizda bo‘lsin, bunday islohotlar oldindan puxta o‘ylangan va rejalashtirilgan bo‘lishi lozim. Aksi bo‘lsa, muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishingiz turgan gap. Do‘stlaringizdan biri kechqurun sizga yoqimsiz xabar yetkazishi mumkin. Shu xabar sabab bo‘lib kayfiyatingiz tushib ketish ehtimoli bor.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun aldanib qolishdan ehtiyot bo‘ling. Shubhali tuyulsa, o‘sha ishni amalga oshirmang. Ko‘chadami, ishdami, uydami, firibgarlarni o‘zingizga yaqinlashtirmang. Aldanishingizga o‘shalargina sababchi bo‘lishlari tayin. Oilasizlarga kunning ikkinchi yarmida romantika hamrohlik qilishi kutilmoqda. Salomatligingizga jiddiy e’tibor qarating. Serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
9 oktyabr kuni ishingiz biznesga aloqador bo‘lsa, birinchi navbbatda raqobatchilar bilan orangizdagi yovlik tuyg‘usini bir chetga suring. Qanday ish bajarishingizdan qat’i nazar shubha-gumonlarni qalbingizga yaqin keltirmang. Muhim hujjatlarga imzo chekishda ehtiyot bo‘ling. Kechki payt anchadan beri miyangizda pishitib yurgan yirik loyihani hayotga tadbiq etish uchun imkon tug‘iladi. Sog‘lig‘ingizni saqlang, kun davomida qon bosimini o‘lchatib turishni unutmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun kuningiz ancha og‘ir kechishi kutilmoqda. Shaxsiy hayotingizda ham muammolar yetarlicha yig‘ilib qolgan. Asab buzilishiga ular ham hissa qo‘shmay qolmasa kerak. Ammo iloj topib depressiya holatini nari sursangiz, faqat foyda qilasiz. Juftingizga ham yotig‘i bilan tushuntirgan holda munosabatlarga oydinlik kiritib oling. Kechqurun ba’zilar salomatligidan shikoyat qila boshlashi mumkin. Bu ob-havoning o‘zgaruvchanligidan bo‘lsa ham ajab emas.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
Rubl nega qadrsizlanib ketmoqda?