1. Hayolingizga kelgan har bir g‘oyani yon daftarga qayd etib boring.
2. Bugungi ishni bugun amalga oshirish imkoniyatingiz bo‘la turib, aslo ertangi kunga tashlab qo‘ymang.
3. Har bir maqsadingizni bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirib boring. Faraz qilaylik, bugundan sport bilan jiddiy shug‘ullanmoqchisiz. Birdagina 20 ta mashqni bajarib, holdan toymang-da, bugun 5 ta, ertaga 10 ta, indinga 15 ta mashqni bajaring. Ham o‘zingiz ko‘nikib borasiz, ham tanangiz qiynalmaydi.
4. Yangi bilim, ko‘nikma va mashqni o‘zlashtirganingizdan keyin o‘zingizni mana shu sohaning asl mutaxassisidek tutishni boshlang. O‘zingizni qanday tutishingizga qarab ongingiz ham shunga moslashib boradi.
5. Kuningizni bir necha qismga (tong, tushlik, kechki payt, tun kabi) bo‘lib oling va ularning har biridan unumli foydalaning. Shu tariqa vaqtingizni rejalashtirishga o‘rganasiz.
6. Hayotdan imkon qadar lazzatlanish va vaqtning har bir soniyasini o‘z foydangiz uchun o‘tkazishga harakat qiling.
7. Dono, bilimdon va ko‘pni ko‘rgan insonlar bilan ko‘proq suhbatda bo‘ling. Ularning har bir gapidan biror narsa o‘rganishga intiling.
8. O‘zingizda uch narsa – to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy harakat hamda hissiyotlar nazoratini shakllantiring. Ushbu tushunchalar ruhiy va jismoniy salomatligingizni ta’minlaydi.
9. Erishgan har bir yutug‘ingiz, o‘rgangan narsangiz va kelgusidagi rejalaringizni muntazam ravishda qayd etib borish uchun alohida kundalik tuting.
10. Hayotingizda odatiy va kundalik vazifalar tushunchasi mavjud bo‘lsin. Misol uchun har kun 10 daqiqa ko‘zlar gimnasitikasini bajarish, internet uchun 1 soat vaqt ajratish, badiiy mutolaa uchun 1 soat, uyni tartibga keltirish uchun 30 daqiqa va hokazo. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi