29 863
Faqat 18+! Oiladagi erkak va ayol munosabatlari haqida ayrim hayotiy tahlillar...
Aziz o‘quvchi, avvalroq bizni isnodga qoldirayotgan ayrim illatlarning tub ildizi qayerda ekanligini tahlil etishga uringan edik.
Masalaning tub mohiyati borib-borib oila, oilaviy munosabatlar, erkak-ayol munosabatlari, jinsiy tarbiya, jinsiy madaniyat va milliy odob maktabiga borib taqalishi haqida mulohaza yuritdik.
Demak, muammoning yechimida birinchi raqamli e’tibordagi masala — bu OILADAGI TARBIYa masalasi.
Tarbiya — bu faqat taqiqlov orqali mumkin bo‘lgan narsalarni “farqlash” emas! Tarbiya — tushunarli izoh, hayotiy isbot, ilmiy-madaniy asos, tajribaga tayangan bilim-tafakkur talab etadi.
Aniqrog‘i, birgina “ahloqsizlikni cheklash” orqali odob-ahloqdan dars berishga haqli emasmiz. Shu o‘rinda ustoz Tohir Malik tomonidan adabiyotga ham, odob ilmiga ham kiritilgan o‘lmas atamani eslamaslikning iloji yo‘q. Mazkur atama — “ma’naviy huquq” deb ataladi...
Demakki, o‘z ma’naviy qiyofasi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘la olgan kishining ahloq xususida, keng ma’noda, “dars berishi” samarali vosita. Bu “darslar” yig‘indisi katta “MAKTAB” bo‘lmog‘i lozim va bunday qadriyat yurtimizda mavjud.
Olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘z samarasini berib bormoqda. Diniy ta’limotning yuksalishi ham jamiyatda mavjud illatlarga qarshi kurashmoqda. Biroq baribir tashqi xavf ta’siriga qarshi turadigan “kuchli immunitet” hosil bo‘lishi uchun ancha ter to‘kish lozim.
Kamina birovga aql o‘rgatadigan “yoshda” ham, “boshda” ham emasman. Biroq mavzuni boshladim, demak, o‘z fikri ojizimcha, uning ayrim jihatlari bilan o‘rtoqlashmasam bo‘lmas... Mulohazalar zamirida, e’tibor bering, dunyo psixologlarining ayrim ta’kidlari joy olgan.
Chuqurroq o‘ylab qarasak, Yaratganning ikki toifa bandalarida nafaqat jins farqligi, balki ularning tabiati, xohish-istaklari, ehtiyojlari, ruhiy va jismoniy mutanosiblik darajasi bilan ham birmuncha farqlanadilar.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, oilada oila boshlig‘i — erkakning o‘rni boshqa, oila bekasi — ayolning o‘rni boshqa, qaysidir ma’noda vazifa-majburiyatlari ham taqsimlangan.
Kim nima istaydi..?
Shunday bo‘lishiga qaramay, erkak va ayol haqida gap ketganda, aniqrog‘i ularning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida mulohaza yuritilganda “Ayol nima istaydi?” yoki “Erkakka nima kerak?” kabi jo‘n savollar paydo bo‘ladi.
Avvalo, bu tabiiy hol. Erkak va ayol shunday hilqatlarki, hanuzgacha to‘liq o‘rganilmagan, kashf qilinmagan qirralari bisyor...
Qisqasi, bugungi mulohazalar jinsdoshlarimga, ya’ni erkaklarga atalgan bo‘lib, kuchli jins vakillarining tilsim eshiklarini ochishga (tan olishga) harakat qilamiz.
Bu bilan “qizim senga aytaman, kelinim sen eshit” qabilida hurmatli ayollarimizga ham aytadigan ayrim fikrlarimiz yo‘q emas.
Ma’lum bo‘lishicha, erkaklarning istagi uning kayfiyati (ruhiy holati), salomatligi (jismoniy holati) va ijtimoiy (ma’naviy hamda iqtisodiy) holatiga bog‘liq ekan.
Kuchli jins vakillari bo‘lishiga qaramay erkaklar tezda ruhan sinuvchi, tushkunlikka moyil, birgina jahl otiga minib yillar davomida qurgan qo‘rg‘onini bitta gap bilan buzib yuboruvchi “qobiliyatga” ega bo‘ladilar.
Ularning ruhiy olami doimiy e’tibor, mehr-muhabbat, dono maslahatu qilgan ishlariga rag‘bat sifatida maqtov eshitishga muhtoj!
Biroq shunday erkaklar ham bo‘larkanki, ular ayollarning e’tibori-yu mehribonligiga muhtojlik sezmasdan (jinsiy ehtiyojdan tashqari) umrbod yashay olarkan, hatto yolg‘iz yashash ham ular uchun fojia hisoblanmas ekan. Bunday, xalq tili bilan aytganda, “tarki dunyo” qilgan ayrim kishilarni uchratish qiyin emas.
Ammo ular juda kamchilik. Ko‘pchilik erkaklar ayollarning mehr-muhabbatidan quvvat olib yashaydilar. Aniqroq qilib aytganda, erkak va ayol bir-biriga ham jismoniy, ham ma’naviy bog‘liq qilib yaratilgan.
Ikki jins vakilini bir-birini jismoniy qoniqtirmasligi — ularning sog‘liliga, ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mabodo bir-birining ma’naviy dunyosini to‘ldirish, takomillashtirishdek vazifa ado etilmasa, ikkisining uyushmasiga putur yetishi turgan gap. Sevishib-sinashib (yoki bir-birini yaxshi bilmasdan) turmush qurgan yoshlarning oilaviy hayotda “qoqilishlariga” asosiy sabablardan biri shu — bir-birining ma’naviy dunyosini to‘ldira olmaslik.
Oddiyroq qilib aytsak, jinsiy hayot ehtiyoji (va undan to‘laqonli qoniqish hosil qilish) ularni ma’nan yaqinlashtirib, ma’nan yaqinlik — ularni jisman birlashtiradi, natija — o‘zaro tuzilgan uyushmani (oilani) mustahkamlaydi!
Erkaklarga ayollarning...
Psixologlarning fikricha, birinchi navbatda erkaklar ayollarning yuziga qarab baho beradi. Deyarli barcha kuchli jins vakillari ayollarning siymosini — uning yuz tuzilishiga qarab “yaratadi”. Xuddi o‘sha “chehra” erkaklarning ayollardan “yuz o‘girishi”ga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Gap navbati qad-qomatga kelganda biroz ehtiyotroq bo‘lgan ma’qul, negaki turli erkaklarga turli qad-qomatli ayollar yoqadi. Birovga orriq, ayrimlarga to‘laroq, kimgadir uzun, kimga kaltaroq deganday...
Yevporalik psixologlarning fikricha, erkaklar ayollar qomatining mutanosiblik darajasiga e’tibor berisharkan. Biroq shunga qaramay 50% erkaklar uchun qomatning qanaqaligi muhim emas. Muhimi, ko‘z ochib ko‘rgan ayolining ma’naviy dunyosi! Turmush o‘rtog‘i va oilasiga bo‘lgan munosabati!
Ayollarning sochi, soch turmagi, ma’noli boqishlari, terisining rangi, ko‘kraklari, buksalari va qadam tashlashi va hokazo “xususiyatlari” ularga nisabatan “tobelik” taassurotlarini uyg‘otar ekan.
Biroq aynan shu taassurot birgina “mayda belgi” bilan chippakka chiqishi mumkin. Masalan, uzun tig‘sifat tirnoqlarga yaltiroq, beo‘xshov bo‘yoq surtilgan bo‘lsa, maftunkor chehra va yoqimli tabassumni qiyshiq, parvarish qilinmagan va “qora dog‘” yemirgan tishlar “buzib” qo‘ysa, ko‘rinishidan go‘zal, xushbichim ayol kutilmaganda og‘zini lang ochib xoxolab kulib yuborsa, yoki qadriyat, tarbiya haqida va’z o‘qigan ayol spirtli ichimliklar ichib, sigareta cheksa va hokazo...
Tana qomati va yoshga munosib ravishda kiyim-kechak tanlashda ham gap ko‘p. Erkaklar haddan ziyod ochiq-sochiq kiyingan, tanasining ayrim a’zolarini ko‘rinib-bilinib turadigan ayollarni xush ko‘rmaydilar...
Bundaylarni xush ko‘ruvchi erkaklarga ayollarning mehr-muhabbati emas, jismoniy ehtiyojini qondirish muhimroq. Maqsadga “yetilgach”, ko‘ziga eng chiroyli bo‘lib ko‘ringan ayol ham dunyodagi eng xunuk ayolga “aylanishi” hech gap emas.
Bunday holatlar ko‘pincha zino ustiga qurilgan munosabatlarga xos va bu kishilarni zalolatga yetaklaydi!
Xiyonat va zino aralashgan oiladan fayz-baraka qochadi!
Bunday oilada voyaga yetgan farzandlar keyin xuddi ota-onasi yiqilgan “ko‘lmaklar” oldidan o‘tadi. Yo ularni aylanib o‘tadi yoki yuqorida sha’ma qilingan kimsalar kabi “shalabbo” bo‘lishadi...
Xo‘sh, illatlarga barham beruvchi — tarbiya bo‘lsa, tarbiya uchun — oilaviy muhit yaxshi bo‘lishi talab etilsa, oila mustaqkamligi uchun nima kerak, dersiz...
Javob bor... BAXT KERAK! OILAVIY BAXT!..
Keling, bu haqda turkumning kelgusi maqolalarida o‘rtoqlashamiz...
Bizni kuzatishda davom eting!
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi