1. Har kuni ertalab och qoringa 1 stakan iliq suv iching.
2. 20-30 daqiqa o’tgach, yengil nonushta qilasiz (meva hamda suli bo’tqasi).
3. Har safar taomlanishdan 30 daqiqa avval 1 stakan suv ichib oling (ko’p hollarda organizm och qolgandek tuyulgan vaqt sizdan ovqat emas, suyuqlik bilan ta’minlashingizni “so’rayotgan” bo’ladi).
4. Tez-tez, ammo kam-kamdan ovqatlaning. Sтoldan turganda oshqozonda yengil ochlik hissi saqlanib qolsin.
5. Taomlanish vaqti oralig’i 2-3 soatni tashkil etishi kerak.
6. Tanovul vaqtida suyuqlik ichmang. Suyuqlikni taomdan 1 soat o’tib ichishingiz mumkin. Aks holda yegan taomingiz foydasi ham, uning tarkibidagi temir moddalari ham suyuqlik bilan yuvilib ketaveradi.
7. Soat 18:00 dan keyin ovqatlanmaslik haqidagi fikr xato! Shunchaki uyquga yotishdan 2-3 soat avval ovqatlanmasangiz bas!
8. Taomnomangizga meva, bo’tqa hamda sabzavotlarni qo’shing. Har kuni 1-2 ta olma yeyish organizmingizni zaharli modda va toksinlardan tozalaydi.
9. Sport mashqlari, trenirovkadan 2 soat avval ovqatlanish kerak.
10. Trenirovkadan 1 soat o’tib yengil tanovul qilib olaverasiz.
11. Parranda go’shti, baliq, tuxum salomatlik va go’zallik uchun zaruriy mahsulotlardir.
12. Loviya, no’xat, dukkakli o’simliklar, yong’oqlardan ko’proq iste’mol qiling.
13. Tana uchun kerakli yog’larni sut mahsulotlari, kungaboqar, zig’ir, kunjut, soya, zaytun yog’i ko’rinishida tanovul qilishga odatlaning. Ular ish layoqatini va g’ayratni oshiradi.
14. Uglevodlarni kartoshka, yormalar, kakao, ayrim turdagi makaronlar, asal, holva ko’rinishida yeyishingiz mumkin.
15. Birinchi va ikkinchi taomlarni birdanida ketma-ket yemang.
16. Qaynatilgan, dimlangan va bug’da pishirilgan taomlar yeng, qovurilgan ovqatlardan voz keching.
17. Sutkasiga 1,5-2 litr toza suv ichish organizm uchun havoday zarur.
18. Choy va qahvadan voz kechganingiz ma’qul.
19. Qanchalik qiyin bo’lmasin, shirinliklar iste’molini qisqartirish lozim.
20. Qomatingiz uchun eng zararli mahsulotlar ro’yhatini eslab qoling: Kolbasa, mayonez, ketchup, har qanday turdagi qayla, gazli ichimliklar, chips, qotgan non (suxarik), fast-fud, spirtli ichimliklar, buterbrodlar, konfet va shokoladlar (achchiq shokoladdan tashqari), muzqaymoq.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi