09:26 / 30.10.2017
6 957

“Napaleon”ning tarixini bilasizmi?

“Напалеон”нинг тарихини биласизми?
Ko’pchilikning sevimli shirinligi bo’lmish “Napaleon” torti Frantsiya va Italiyada Milfey, Buyuk Britaniyada “Vanil bo’lagi” nomlari bilan mashhur. Uning paydo bo’lish tarixi haqida esa aholi orasida ko’plab afsona va hikoyalar yuradi.

Aytishlaricha, o’z saroyida o’tirgan Napaleon Bonapart yonidagi freylinalardan birini imlab chaqiradi-da qulog’iga bir nima deb shivirlashdi. Aynan shu paytda xonada paydo bo’lgan Jozefina esa bu holatni ko’rib Napaleondan izoh berishini talab qiladi. Uddaburon Napaleon o’zini yo’qotmasdan “Hozirgina olamshumul tort retseptini o’ylab topdim va uni ishonchli odam bilan bo’lishdim, holos” deb javob beradi. Rashkchi Jozefina bu gapning haqiqat yoki yolg’on ekanligini sinab ko’rmoqchi bo’ladi. Napaleon esa o’z onning o’zidayoq tort tarkibi va pishirish usulini o’ylab topadi. Oshpazlar mazkur usul bo’yicha pishirgan tortga “Napaleon” deb nom beriladi.

Bu tortning yaratilish tarixi haqidagi sanoqsiz hikoyalardan biri. Ularning qay biri haqiqat, qay biri esa afsona ekanligi hech kimga ma’lum emas

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Napaleon”ning tarixini bilasizmi?