QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun atrofdagilar bilan boshqa kunlardagiga nisbatan muloyimroq, iliqroq munosabatda bo‘ling. Aks holda eng yaqin do‘stga aylanganlar bilan ham orangizda janjal kelib chiqishi mumkin. Xizmat safari, majlis va foydali kelishuv amallarini kunning ikkinchi yarmiga rejalashtiring. Moliyaviy masalada jiddiy muammolar yuzaga kelishi kutiladi. Lekin cho‘ntagingiz pulsiz qolmasligi tayin. Havo o‘zgaruvchan, demak, o‘ta sog‘lom bo‘lsangiz ham salomatligingizni nazorat ostiga olishingiz kerak.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar 1 noyabr kuni bor imkoniyat va kuchingizni behuda sarflamaslikni maslahat berishadi. Yirik xaridlardan bosh torting, yo‘qsa zahira pulingizdan ham ayrilib, qarzga botishingiz hech gap emas. Tadbirkor bo‘lsangiz, kechqurun yangi hamkorlar bilan foydali shartnoma imzolashingiz kutilmoqda. Bu shartnoma sizni kelajakka yanada yorqinroq nazar bilan boqishga undab turadi. Salomatlikni avaylang. Organizmni jismoniy zo‘riqishga majbur etmang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
1 noyabr kuni shu qadar muloyim, odamoxun, shinavandaga aylanasizki, hatto, dushmanlaringiz, sizga hasad ko‘zi bilan qaraydiganlar ham bir daqiqa bo‘lsin suhbat qurish payida bo‘lishadi. Asosiysi, har qanday vaziyatda ham xotirjamlikni saqlab qoling. Kechqurun shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq favqulodda safarga otlanishingiz zarur bo‘ladi. Shuning uchun rejalashtirilgan barcha tadbirlarni ortga surishingizga to‘g‘ri keladi.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ertalabdan sizni yaqin tanishlar, do‘stlar, qarindoshlar hurmat-izzat va olqish, xushomadlarga ko‘mishadi. Lekin muhabbatda ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushishingiz kutiladi. Moliyaviy muammolaringiz tushdan keyin ijobiy hal bo‘ladi. Plastik kartochkangizga katta pul kelib tushish ehtimoli bor. Kun davomida salomatligingizni qat’iy kuzatuv ostiga oling. Sal o‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, darhol vrach chaqirtiring.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ijodkorlar, oddiy ishchi-xizmatchilar va sportchilar uchun 1 noyabr muvaffaqiyatli va unumli kechadi. Hatto, astoydil bir ishga kirishmasangiz ham muvaffaqiyat siz tarafda bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida bir inson bilan tanishib qolasiz. U moliyaviy va huquqiy muammolaringizni hal etib berishi mumkin. Emotsiyaga erk bermang. U sizni faqat ko‘ngilsiz vaziyatlar sari yetaklaydi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar bugun hayotga, odamlarga va yorug‘ dunyoga faqat real ko‘z bilan boqishni maslahat berishmoqda. Xayolparastlik, sarob haqida o‘ylash sizga zarracha naf keltirmaydi. Barcha yaxshi niyatlarga real harakatlar natijasidagina erishishingiz mumkin. Muhabbatda ham illyuziyadan voz keching. Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun qarz ko‘tarishingiz shart emas, boshqa kunlardagiga nisbatan ko‘proq ter to‘kishingiz lozim xolos. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar o‘zlarini ehtiyot qilsinlar.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
1 noyabrda shaxsiy hayotingiz gullab-yashnaydi. Omad siz bilan birga bo‘ladi. Bundan tashqari, bugun klinikalarda profilaktik muolajalar olish ham xayrli kechadi. Salomatlikni mustahkamlashda ham faqat mutaxassislarga ishoning, xalqona usullar sizga aksincha ziyon yetkazishi mumkin. Kechqurun ba’zi do‘stlarimizning xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Obro‘li, puldor, yuqori lavozimli shaxslar bilan muloqot qilishga to‘g‘ri kelsa, prinsiplaringizdan voz keching-da, oddiy, shinavanda odamga aylaning. Shunda oshig‘ingiz olchi bo‘ladi. Har bir ishni bajarishda sergak va e’tiborli bo‘ling. Bo‘lmasa, tuzgan rejalaringizning barchasi sarobga aylanadi. Yangi kasb egallash niyatida ko‘chaga chiqqanlar albatta omadga erishishadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
1 noyabr kuni shaxsiy hayotda ham, ishda ham kamroq birovlarga buyruq berib, ko‘proq tinglashga odatlaning. Chunki sizning buyruqbozlikka asoslangan chaqiriqlaringiz atrofdagilarga yoqmaydi. Oqibatda hamkasblar yoki oila a’zolaringiz bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Bahs munozaralarni chetga suring. Bu ham sizga faqat janjal va ko‘ngilsiz vaziyatlarnigina hadya etadi. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Ovqatlanishda rejimli usullardan foydalaning.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Ertalab uyqudan uyg‘ongach, avval ro‘zg‘ordagi mayda-chuyda yumushlarni ado eting va shundan keyingina ishxonangizga yo‘l oling. Muhim hujjatlarga imzo qo‘yishda yetti o‘lchab bir kesing. Moliyaviy masalada omadingiz chopmasligi, shu tufayli kayfiyatingiz yomonlashuvi kutiladi. Ammo bu narsalar jahl qilish, qayg‘urishga arzimaydi. Bilingki, pulsiz qolmaysiz. Orzuingizdagi katta pulni esa boshqa kuni ishlab topishingiz tayin. Axir, xudoning kuni ko‘p-ku!
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
1 noyabr kuni kuch ham, imkoniyatlar ham yetarli. Iroda kuchingiz boshqalaridan ham oshib tushadi. Shuning natijasida qarshingizda ko‘ndalang bo‘ladigan har qanday mushkulot va to‘siqlarni yengib o‘ta olasiz. Atrofingizdagilarni ham xush kayfiyatingiz yordamida mamnun etasiz. Faqat his-tuyg‘ularni jilovlagan holda muloqotlar qiling. Suhbatlarda me’yorni biling. Bu ovqatlanishingiz masalasiga ham aloqadorligini unutmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kunning birinchi yarmida kimdandir o‘zingiz uchun juda yoqimli bir xabarni eshitasiz. Jiddiy bahona bo‘lmasa, jahl otiga minishingiz, zardali harakatlarni sodir etishingiz shart emas. Oqimga qarshi suzmasdan, aql bilan ish tutsangiz, barcha rejalaringiz amalga oshadi. Kechqurun sizni juftingiz kutilmagan sovg‘a bilan siylamoqchi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi