
Amerikaning Kornel universiteti olimlari o’tkazilgan ko’plab tadqiqotlar natijasida xushbichim qomatga erishish uchun har kun tongda mevalar, yong’oq va foydali bo’tqadan tashkil topgan mahsulotlar yordamida nonushta qilish kerak degan hulosaga keldilar.
Xabarda aytilishicha, ozg’in insonlar hech qachon nonushtadan voz kechishmaydi.
Tadqiqot davomida ishtirok etgan bo’yi 168 sm va og’irligi 61 kg bo’lgan 147 nafar ishtirokchilarning 51% i nonushta payti odatda sut mahsulotlari, 33% i myusli, 32% i non, 31% i tuxum, 29% i esa turli bo’tqalar iste’mol qilishi aniqlandi. Shuningdek ishtirokchilar tushlik uchun engil salatni ma’qul ko’rishlari va tamaddi orasida yong’oq hamda meva bilan qorinni aldashlari ham qayd etildi.
So’rovnomada ishtirok etgan xushbichim insonlarning aksariyat qismi hech qachon parhez tutishmagan va ozishga harakat qilmaganlar. Ammo ularning 39% qismi haftasi 1-3 marta sport bilan shug’ullanishlari aytib o’tilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar