Inson bir umr hayotdan saboq olib yashaydi. Lekin hayot saboqlari dars jadvaliga qarab berilmaydi. Afsuski, ba’zi saboqlarni juda kechikib olamiz. Shulardan eng muhimlarini sanab o‘tamiz.
1. Sog‘liq hamma narsadan muhim
Yoshlikdan sog‘liqni ehtiyot qilish qarilikda o‘zini yaxshi his qilishning asosidir. Lekin, yoshlikda sog‘liqning qadrini bilmaymiz.
2. Qulay fursatni kutish kerak emas
Keyingi haftadan yoki keyingi oyning birinchi kunidan yangi hayot boshlayman, deb reja tuzgunimizcha hayotimiz o‘tib ketganini sezmay qolamiz.
3. To‘liq baxtni izlamang
Hayot faqat oq va qora yo‘laklardan iborat emas, ular orasida har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan ko‘plab kul rang yo‘laklar ham bor.
4. Deyarli hamma narsaning chorasi bor
Ko‘pincha tuzatib bo‘lmaydigan voqea ro‘y berdi, deb o‘ylaymiz. Aslida unday emas. Hayajonimiz bosilib, vaziyatga aql bilan yondasha boshlasak, yana hammasi yaxshi bo‘ladi.
5. Hamma savollarga javob topishimiz shart emas
Ba’zi savollarimizga javob izlamasdan ham hayotdan zavqlanib yashasak bo‘ladi.
6. Bundan yaxshiroq bo‘lmasligi ham mumkin edi
Hayotimizda bo‘lib o‘tgan biror voqeani eslab, agar shunday yo‘l tutmaganimda, hayotim bundan ko‘ra yaxshiroq bo‘lardi, deb o‘ylaymiz ko‘pincha. Lekin buning anig‘ini hech kim bilmaydi.
7. Harakat — qo‘rquvning davosi
Xato qilishdan qo‘rqib imkoniyatni boy bergandan ko‘ra, xato qilib bo‘lsa ham harakat qilgan yaxshi.
8. Yolg‘izlikning ham yaxshi tomonlari bor
Yolg‘izlik o‘zlikni anglashga yordam beradi.
9. Muammosiz hayot bo‘lmaydi
Muammoning sababi har xil bo‘lishi mumkin, lekin uning yechimini topish sizning vazifangizdir.
10. Sabrli bo‘lish kerak
Hayotda ko‘p narsalarga darrov erishib bo‘lmaydi, buning uchun sabr va tirishqoqlik bilan qilinadigan mehnat kerak bo‘ladi.
11. Boriga shukur qilish kerak
Inson hayoti omonat va g‘animatdir, shuning uchun o‘zingizda bor narsalarning qadriga yeting va shukur qiling.
12. Ishni zerikarli deb o‘ylamang
Ko‘pchilik uchun ish juda ham zerikarli yoki qiyin narsa bo‘lib tuyuladi. Ishga qobiliyatlarimiz va talantlarimizni yuzaga chiqarishga yordam beradigan imkoniyat deb qarash kerak.
13. Hayotning har bir daqiqasidan bahra olish kerak
Shiddat bilan emas, biroz to‘xtab, mayda narsalardan ham zavq olib yashash kerak.
14. Baxt faqat moddiy narsalarda emas
Ularsiz ham o‘zingizni baxtli his qilsangiz bo‘ladi.
15. Odamlarni tushunishga harakat qilish kerak
Yomon fe’l-atvorning tagida boshdan o‘tkazilgan baxtsizlik yoki og‘ir bolalik yotgan bo‘lishi mumkin.
16. Muvaffaqiyatsizliklar ham ahamiyatlidir
Chunki ular insonning chidamli, sabrli, jasur bo‘lishiga yordam beradi.
17. O‘zini yaxshi ko‘rish xudbinlik hisoblanmaydi
O‘zingizga eng yaqin do‘stingizga bo‘lgandek munosabatda bo‘ling.
18. Har ehtimolga qarshi, «B» reja ham bo‘lishi kerak
Uzoqni ko‘ra bilish, muvozanatni topa bilish muvaffaqiyatsizliklar ehtimolini kamaytiradi.
19. Dunyo shafqatsiz emas
Ko‘p narsa aslida bizning dunyoga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liq.
20. Umr qisqa
15 yoshimizda hayot hali juda oldinda deb o‘ylaymiz, 30 yoshimizda esa hamma narsaga ulgurish mumkindek bo‘lib tuyuladi, yoshimiz 60 ga yetgandagina hayotning juda qisqaligini anglab yetamiz.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Rossiya tug‘ilish kam bo‘lgan hududlarning gubernatorlarini iste’foga chiqarishni boshlaydi