
Endilikda singlingiz bilan odatiy tortishuvlarga kirishishdan avval yaxshilab o’ylab ko’ring. Zero olimlar aynan ular sabab boshqalardan baxtliroq ekanligingizni isbotlab berdilar!
De Monfort universiteti olimlari singlisi bor insonlar boshqalarga nisbatan baxtliroq va optimist ekanliklarini isbotlab berishdi. Buning uchun 17 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan 570 nafar inson ishtirokida so’rovnoma o’tkazilgan, deyiladi xabarda.
Ishtirokchilar ruhiy holatdan tortib atrof olamga ijobiy nigoh ila nazar tashlashgacha bo’lgan mavzularga oid so’rovnoma varaqalarini to’ldirishdi. Aniqlanishicha, aynan singillar o’z opa va akalariga boshqalarga nisbatan ochiqroq bo’lish va o’z his-tuyg’ularini osonlikcha namoyon eta olish imkoniyatini berishadi.
Ushbu natijalarni professor Toni Kessidi quyidagicha izohladi:
“Opa-singillar o’rtasida oila birligi uchun xizmat qiluvchi ochiqdan-ochiq muloqot quriladi, o’g’il bolalar esa o’z his-tuyg’ularini berkitishga moyil bo’ladilar. Oilada qiz bola paydo bo’lishi bilan esa bu qoidalar mutlaqo o’zgaradi”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar