21:51 / 25.12.2017
11 064

Munajjimlar bashorati: 26 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 26 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Barcha ishlaringiz baroridan kelishini istasangiz, kun bo‘yi xotirjamlikni o‘zingizda saqlab qoling. Ishxonangizdagi hamkasblarning ba’zilari sizni tanqid ostiga olishi mumkin. Siz ularga faqat sukut saqlash bilan javob bering. Oilaviy hayotingizda ham ba’zi kichik ko‘ngilsizliklar kuzatilishi kutiladi. Bu jarayonga hazil yordamida munosabat bildirsangiz, asablaringizga putur yetmaydi. Kechqurun oila davrasida dam oling. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
26 dekabrda do‘stlar, qarindoshlar bilan kelishish, bir xil fikrlash sizga oson kechmaydi. Iloj qancha, buni hayot deb qo‘yibdi. Bunday lahzalarda qaysarlik, qat’iyat faqat ziyon yetkazadi. Olis safarga otlanganlar uchun bugungi kun muvaffaqiyatli kechadi. Yo‘lingizda muammo va to‘siqlar umuman ko‘zga tashlanmaydi. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do‘stingiz sizga kutilmagan sovg‘a hadya etishi kutiladi. Shamollashdan, gripp yuqtirishdan saqlaning.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Nimaiki qilsangiz, qanday yumushni bajarsangiz ham mustaqil bo‘ling. Atrofdagilarning maslahatlariga ham quloq tutib o‘tirmang. Bugun aslo ro‘zg‘or uskunalari, kompyuter va telefon sotib olmang, chuv tushib qolasiz. Sotib olgan buyumlaringiz uzoqqa bormay buziladi. Tadbirkorlar eng muhim hujjatlarni imzolash chog‘ida jiddiy muammolarga duch kelishlari mumkin. Kechqurun ertaroq uxlashga yoting. Kimdir ziyofatga taklif etsa, bormang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
26 dekabr kuni moliyaviy muammolar sizni ancha qiynalishga, asabiylashishga majbur etishi mumkin. Lekin ertalabdayoq o‘zingizni yaxshilikka tayyorlay bilsangiz, bu to‘siqlarni osongina yengib o‘ta olasiz. Daromad siz kutgan lahzada qo‘lingizga tushadi. Oilasiz bo‘lsangiz, yaqinda ko‘nglingizdagi inson bilan tanishgan bo‘lsangiz, birovlarga gapirib qo‘ymang, ko‘z tegadi. Salomatligingizni ko‘z qorachig‘ingiz kabi avaylang va asrang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun kuningiz anchagina og‘ir kechishi kutilmoqda. Favqulodda yo‘lingizdan chiqqan muammolar rejalarni o‘zgartirishga majbur etadi. Oilasizlarning ayrimlari o‘zi yoqtiradigan inson haqida yoqimli xabar eshitishlari ehtimoli bor. Kun davomida faqat o‘zingizni tushunadigan, fikrlasha oladiganlar bilan muloqot qiling. Aksincha bo‘lganlarni yaxshisi aylanib o‘tavering. Ular sizga asabiylikdan bo‘lak narsani hadya eta olishmaydi. Kechqurun o‘zingizga yaqin bo‘lgan bir insondan xat olishingiz mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
26 dekabrda shunday bir qiziqarli hodisaga guvoh bo‘lasizki, asosiy ishlar ham yodingizdan ko‘tarilib ketishi hech gap emas. O‘zingiz hurmat qiladigan odamlar haqidagi xabarlarni tushdan keyin eshitishingiz kutilmoqda. Kechqurun kimlardir sizni mehmonga taklif etmoqchi, albatta boring. Faqat spirtli ichimlik masalasida jiddiy o‘ylab ko‘rishingiz lozim. Bu narsalar odamni iblis yo‘rig‘iga tashlashdan boshqasiga yaramaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Qaysi jabhani olmang, bugungi kun siz uchun juda yoqimli kechadi. Oila qurishga ulgurmagan yigitlarning ba’zilari aynan 26 dekabr kuni suyganiga ko‘nglini ochadi. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda ham muvaffaqiyat siz tomonda bo‘ladi. Xizmat safariga borishdan voz keching. Behuda vaqt yo‘qotganingiz qoladi. Bugun avtomobil sotib olish va ta’mirlash xayrli kechadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
26 dekabrda oldingizda bir olam tashvishlar paydo bo‘lishi mumkin. Ammo sizdagi iroda kuchi ularni qisqa muddatda yo‘q qiladi. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlarning uy-joy bilan bog‘liq muammolarini hal etishingiz kerak bo‘ladi. Muhabbatda bugun omadingiz kelmaydigan ko‘rinadi. Juftingiz bilan orangizda janjal paydo bo‘lsa, bu janjalni silliqchasiga, diplomatlarcha bartaraf eting.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Vujudingiz kuch va imkoniyatlarga liq to‘la. Biroq bu kuchni boshqalarga sarflamang. Yaxshisi, o‘zingizga tegishli ishlarni bajaring-u, yashashda davom eting. Rashk tufayli juftingiz bilan bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Kimdir o‘z biznesini ochishga ahd qilgan bo‘lsa, bugun ayni payti. Faqat bu ishda qalbingizgagina quloq tuting. Salomatligingiz kechqurunga borib pand bera boshlashi mumkin. Bel og‘rig‘i bezovta qilish xavfi bor. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qiling, tushlaringiz shirin kechadi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
26 dekabr kuni birinchi navbatda salomatligingizni nazorat ostiga olishingiz talab etiladi. Eski kasalliklar kutilmaganda bezovta qila boshlashi mumkin. Bu muammoni vrach yordamida bartaraf eting. Moliyaviy masalada u darajada omadingiz kelmasa-da, pulsiz qolmaysiz. Qayg‘urishga hojat yo‘q. Bugun yirik loyihalarga pul tikish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Hamkasblar bilan iliq munosabatlarni saqlab qoling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun yirik xarajatlarni boshdan kechirishingizga to‘g‘ri keladi. Lekin u jarayonni sergaklik bilan nazorat qiling. Chunki qo‘lingizga kelib tushadigan katta pul yaqin orada yuz ko‘rsatmaydi. Juftingiz, tanlaganingizning tuyg‘ulariga quloq tutmay turib, qat’iy qarorlar qabul qilmang. Kechqurun sportning faol turlari bilan shug‘ullanish sizga faqat zavq bag‘ishlaydi. Lekin organizmni haddan tashqari jismonan zo‘riqtirib ham qo‘ymang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
26 dekabrda ham jismoniy, ham ruhiy zo‘riqishlarga erk bermang. Iste’mol qilayotgan taomlaringizni jiddiy nazoratda ushlang. Ekzotik mahsulotlarni iste’mol qilmang. Juftingiz bilan muloqotda siz uchun xotirjamlik juda zarur bo‘ladi. Ayrim do‘stlarimizni bosh va oyoq og‘rig‘i bezovta qilib o‘tishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 26 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?