QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ilgari sizga qo‘rquv yoki hadik bag‘ishlagan ishlarni bajarishda sergak va qat’iyatli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri yo‘ldan boring va hech narsadan hayiqmang. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda shu sohani yaxshi tushunadigan do‘stlaringizdan biri yordam beradi. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvni boshdan kechirishingiz kutiladi. Ammo bu voqea sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Siz tanishadigan kimsa yaqin orada jamiyatdagi obro‘yingizga putur yetkazish harakatiga tushadi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
4 yanvarda nafaqat ishda, balki oilada ham yaqinlaringizga nisbatan iliq munosabatda bo‘ling. Salgina jahl qilish janjallarga sabab bo‘lishi mumkin. Ovqatlanish rejimiga qat’iy rioya qiling. Uxlashga yotishdan oldin ko‘p ovqat iste’mol qilishdan tiyiling. Ayniqsa, oshqozonida muammo bo‘lganlar ovqatlanish rejimi haqida bir soniya bo‘lsin unutmasliklari lozim. Kechqurun sizni mehmonga taklif etishlari mumkin. Bormang. Ovqatdan zaharlanishingiz xavfi bor.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ish bajarishda qadimiy odatlar va an’analarga amal qiling. Hali o‘zingiz yaxshi o‘rganib chiqmagan ishga qo‘l urmang. Aks holda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yasiz. Depressiya sizga hukmini o‘tkaza boshlaydi. Oilalilar kechqurun o‘z yaqinlari qurshovida vaqt o‘tkazishlari tavsiya etiladi. Mehringizni boricha ularga hadya eting. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang. Uxlashga yotishingizdan oldin olisdan yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
4 yanvar kuni atrofdagilarga, oilaga, ishxonangizga garmoniya olib kirish payida bo‘lasiz. Moliyaviy masalada jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun rejalaringizni yana bir karra ko‘zdan o‘tkazib oling. Basharti yana qo‘shimcha pul zarur bo‘lsa, do‘stlarga murojaat eting. Qarzga botishdan qo‘rqmang, qarz albatta uziladi. Kunning ikkinchi yarmida qon bosimingizni o‘lchatib olishingiz kerak bo‘ladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida salomatliklarini nazoratda ushlashlari lozim.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kunning birinchi yarmida kutilmagan uchrashuvlar, foydali shartnomalarga imzo chekish va xizmat safarini boshdan kechirasiz. Rejadagi ishlarni bajarishga ulgurmay qolishdan qo‘rqmang. Sizda barcha yumushlarni uddalash uchun kuch ham, imkoniyat ham yetib ortadi. Muhabbatda jiddiy bo‘ling. Oila qurmagan bo‘lsangiz, uchrashuvga o‘z vaqtida yetib borishga harakat qiling. Tanlaganingizga eng yaxshi jihatlaringiznigina namoyish eting. O‘zingizni ehtiyot qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
4 yanvarda moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish yo‘lida yangi va yangi axborotlar to‘plashingizga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘lda ba’zi yo‘qotishlarga yuz burishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Tashvishga o‘rin yo‘q. Oyoqqa yanada mustahkam turib olsangiz, yo‘qotilgan manbalarning o‘zi sizni qidirib keladi. Salomatlikka alohida e’tibor bering. Bugun har qanday turdagi safarlardan voz keching. Ko‘ngli qoralarga ishonib sir aytmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Har jabhada matonat ko‘rsating, bardoshli bo‘ling. Yo‘qsa, kimlardir sizdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishi mumkin. Bugun aqliy mehnat kishilari muvaffaqiyat qozonishadi. Agar sevimli xobbingiz bo‘lsa, kunning ma’lum vaqtini shu mashg‘ulotga sarflasangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Bu sizga bir olam quvonch baxsh etadi. Sog‘lig‘ingizni tashqi xavflardan himoya qiling. Hasadgo‘ylardan nari bo‘ling. Ular hayot yo‘lingizga to‘siq qo‘yishdan ham toyishmaydi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
4 yanvarda o‘z aybingiz bilan yolg‘izlanib qolishingiz mumkin. Esda tuting, atrofdagilarning fikriga quloq tutmay o‘z manfaatini o‘ylash ana shunday ahvolga tushirib qo‘yadi. Muhabbatda juftingiz va tanlaganingizning manfaatlarini ham hurmatlashga harakat qiling. G‘azabnok bo‘lmang, bu katta janjallarga yetaklaydi. Kechqurun asosiy vaqtingizni dam olish, do‘stlar bilan muloqotga sarflang. Qanday qilib bo‘lmasin, oilangizdagilarning ko‘proq mehrini qozonishga intiling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz xayrli va omadli kechishi kutilmoqda. Demak, o‘zingizni juda baxtli va mustaqil his etish huquqiga egasiz. Yaqin o‘tmishda sodir bo‘lgan ko‘ngilsizliklar eshigini yoping. Shunday yopingki, hech qachon sizni ta’qib eta olmasin. Moliyaviy sohada ham sizni muvaffaqiyatlar kutadi. Tejamkor bo‘lsangiz, yana qo‘shimcha davlat egasiga aylanasiz. Yirik hamda qimmatga tushadigan xaridlarni bekor qiling. Kechqurun juftingiz bilan jiddiy masalada suhbat qurishingiz ehtimoli bor.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
4 yanvar kuni oila a’zolaringiz, qavm-qarindoshlarga haqiqiy iste’dodingizni to‘laqonli namoyish etish uchun ancha mushkul yo‘lni bosib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo kunning asosiy mavzusi baribir moliyaviy muammolarni hal etish bo‘lishi shart. Moliyasiz baxt, quvonch hech qachon tatimaydi. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida mo‘may daromad egasiga aylanish bilan birga yangi hamkorlar topadi. Kechqurun maktabdosh do‘stlaringiz haqida xushxabar eshitasiz.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Atayin, qasddan sizni janjalli vaziyatlarga duchor etish payida bo‘lganlar bilan hamkorlik qilmang. Har qanday yolg‘on va xatolik sizni boshi berk ko‘chaga olib kiradi. Vujudingizda mavjud kuch, imkoniyatlarni yaxshi, xayrli, foydali ishlar uchun asrab qo‘ying. Salomatligingiz kun davomida pand bera boshlashi mumkin. Agar jiddiy e’tibor qaratmasangiz, yo anginaga yo‘liqishingiz, yo tamoman holdan toyishingiz hech gap emas.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
4 yanvarda ilgarigidan-da sergakroq odamga aylanishingiz kutiladi. Yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Bu tanishuvlar tufayli xatoga yo‘l qo‘ymasligingizda qalbingiz sizga ishonchli maslahatchi vazifasini o‘tashi mumkin. Moliyaviy masalada yangi takliflar o‘rtaga tashlansa, albatta rozi bo‘ling. Agar maqsadga yetishni juda xohlasangiz, har jabhada tengsiz merganga aylanishingiz lozim.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas