22:40 / 09.01.2018
11 408

Munajjimlar bashorati: 10 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 10 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar bugun ham odatdagidek rejangizda oldin ishni do‘ndirish va moliyaviy muammolarning mazasini qochirish yozilgan bo‘lsa, astoydil kirishing. Lekin ehtiyotkorlik kerak. Qat’iy qarorlar chiqarishga shoshilmang, oqimga qarshi suzmang. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish, tashqi qiyofaga o‘zgartishlar kiritish va muolajalar olish bugun xayrli kechadi. Kechqurun oila qurmaganlar romantik uchrashuvdan umid qilsalar bo‘ladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
10 yanvar kuni illyuziyani iloji boricha reallikka almashtirishingiz lozim. Xayolparastlik sizga hech narsa bermaydi. Illyuziya bugun sizga faqat ziyon yetkazishi mumkin. Muhabbatda oila qurmaganlar raqiblar bilan zimdan kurashish pallasiga kirishi kutiladi. Tanlaganingizning qalbini zabt etish ancha-muncha harakatlarni talab qiladi. Sabablarsiz achchiqlanishga o‘rin yo‘q. Ishni tafakkurni opichlagan holda ayyorona tashkil etishingiz lozim bo‘ladi. Asabni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
10 yanvarda ish va moliyaviy muammolarni bartaraf etishda shoshma-shosharlikdan qoching. Shoshma-shosharlik faqat muvaffaqiyatsizlik hadya etadi. Muhabbatda omadingiz keladi. Hatto, oilalilar jufti bilan munosabatlarda romantik lahzalarni boshdan kechirishadi. Do‘stlar bilan muloqotda tilingizga ehtiyot bo‘ling. Kechqurun iloj topilsa, yoga bilan shug‘ullaning. Bu organizmdagi zararli energiyani haydab solishda juda asqotadi. Salomatlikdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Shoshiling, bugungi kuningiz omadli kechishi kerak. Bu ko‘proq o‘zingizga bog‘liq. Joyi kelganda yona bilsangiz, oshig‘ingiz olchi bo‘ladi deyavering. Yangi loyihalarga qo‘l urgan bo‘lsangiz, eng muhim ishlarni ham bir chetga suring. Bugungi kun bo‘lar-bo‘lmas xaridlarni yoqlamaydi. Aksincha tejamkorlikni yoqlaydi. Basharti yaqin qondoshlardan kimdir qarz so‘rasa, rad etmang. Undan qaytmasa, xudodan albatta qaytadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
10 yanvarda ishxonada shunday ajoyib natijalarga erishishingiz kutiladiki, hatto ba’zi hamkasblarning hasadi ham qo‘zg‘alganini payqab qolasiz. Shaxsiy hayotda qandaydir rejalarga, rejimlarga amal qilishingiz shart emas. Faqat olg‘a bosing. Ayniqsa, muhabbatda bugungi kun sizdan shoshilishni talab etadi. Kechqurun sizga yangi, serdaromad ish taklif etishlari mumkin. Tashqi qiyofangizni o‘zgartirish uchun ham imkoniyat tug‘iladi. Faqat emotsiyani jilovlab oling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Turli mish-mishlar, g‘iybatga qorishiq muloqotlarda ishtirok etmasligingiz tavsiya etiladi. Nafaqat o‘zingiz, balki atrofdagilarga nisbatan ham adolatli bo‘ling. Kun davomida ko‘p joylarga borishingiz, yelib-yugurishingiz, yoshi ulug‘ qarindoshlaringizga kerakli yordamlarni ko‘rsatishingizga to‘g‘ri keladi. Juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Asabni asrang! Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
10 yanvar kuni na do‘stlar, na qarindoshlar maslahatiga quloq tuting. Faqat qalbingizga quloq tutgan holda ish yuriting. Aks holda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Ishxonadagi rahbarlar bilan muloqotda juda ehtiyotkor hamda real bo‘ling. Shunda martabangiz ortishi aniqlik pallasiga kira boshlaydi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolaringiz a’lo darajada bartaraf etiladi. Agar ishni puxtalagan holda harakatlar sodir etsangiz, pulingizga pul qo‘shilib boraveradi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Ish joyingizda vaqt ham, omad ham faqat sizning foydangizga ishlaydi. Maoshingiz oshishi, lavozimingiz yuqorilashi kutiladi. Demak, azaliy orzularingiz haqiqatga aylanay deb turibdi. Bayram uyushtirsangiz ham yarashadi. Shaxsiy hayotda ham omadingiz kuladi. Uydagilar bilan munosabatlarda muammo bo‘lmaydi. Kechqurun do‘stlar davrasida vaqt o‘tkazishingiz kutilmoqda. Salomatligingizga e’tibor berish esingizdan chiqmasin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
10 yanvarda qo‘lingizga g‘oyibdan katta pul kelib tushish ehtimoli bor. Buning natijasida yirik xaridlarni amalga oshirishingiz ham haqiqatga yaqin. Ammo yodda tuting. Bunday sehrli lahzalar har kuni ko‘zga tashlanavermaydi. Shuning uchun pulni tejab ishlatsangiz ham ziyon qilmasdi. Shaxsiy hayotingizda sizni faqat yoqimli lahzalar qurshab turadi. Kechqurun yoshi ulug‘, o‘sal yotgan qarindoshlardan xabardor bo‘lib, savob olishni unutmang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ertalabdanoq faol holatda zimmangizdagi vazifalarni ado etishga kirishasiz. Bu ishlar natijasi sizni oqibatda faqat mamnun etadi. Ba’zilar ishxonada yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish harakatiga tushadi. Bu ko‘proq tadbirkorlarga taalluqli. Yaqinlaringizga sizning e’tiboringiz juda zarur. Ularni yolg‘izlatib qo‘ymang. Oila qurmaganlar bugun yangi tanishuvlarni boshdan kechiradi. Bu aksar holatlarda jiddiy munosabatlarga aylanadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
10 yanvarda shaxsiy hayotingizda sizning aybingiz bilan kelishmovchiliklar paydo bo‘lmasligi uchun juftingizning o‘tmishiga nazar solaverishni bas qiling. Bu natijada katta janjal bilan yakun topishi ham hech gap emas. Ishxonangizda hammasi siz xohlaganday kechadi. Pul qo‘lingizga oqib kelaveradi, salomatligingiz pand bermaydi. Shaxsiy mashinangizda yo‘lga chiqmasligingiz tavsiya etiladi. Jarohat olishingiz xavfi bor.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun neki ishga qo‘l urmang, yaqin insoningiz bilan bamaslahat yo‘l tuting. Muhabbatda tanqidga moyillik sizga faqat zarar keltiradi. Moliyaviy masalada esa aniq hisob-kitoblar zarur bo‘ladi. Agar sayohat uchun yoki boshqa maqsadda pul to‘plashni xohlayotgan bo‘lsangiz, bu pullarni bankda asraganingiz ma’qul. Salomatligingizni ehtiyotlang. Ba’zilarni kunning ikkinchi yarmida bosh yoki oyoq og‘rig‘i bezovta qilishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 10 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?