QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Tejamkorlikka e’tibor qarating, kimlardandir qarzingiz bo‘lsa, imkon doirasida uzing va pul topishning oson yo‘llarini qidirmang. O‘zingizni kun davomida me’yorlar asosida yashashga majbur eting. Ishga nisbatan javobgarlik, mas’uliyatni chuqur his etishingiz qo‘shimcha daromad ko‘rishingizda yordam berishi mumkin. Salomatligingizga putur yetmaydi. Lekin ovqatlanish rejimini buzmang. Rejim bir umr amal qilinadigan qoida ekanini unutmang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
19 yanvarda xayrli ishlarga qo‘l urishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, yo‘llaringiz ochiq. Olloh xayrli ish bilan band bandalarini xush ko‘radi. Faqat imkoniyatlar bilan xohish barobar kelishi kerak. Odamoxunligingiz, hazilga moyilligingiz atrofdagilar bilan iliq munosabatlaringizni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, qarama-qarshi vakil va vakilalari bilan o‘zaro munosabatlarda asqotadi. Sog‘lig‘ingizni juda ehtiyot qiling. Sovuq qish kunlari ko‘chaga yengil kiyinib chiqishdan saqlaning.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ish bajarishda mayda detallargacha e’tiborga oling. Aks holda arzimas xatoga yo‘l qo‘ysangiz ham, katta yo‘qotishlarga yuz tutishingiz hech gap emas. Bugun o‘tgan yaqinlaringizni duo qilish, madaniy tadbirlarda ishtirok etish ruhan salomat bo‘lishingizda katta yordam beradi. Agar qachonlardir gunoh ishlarga qo‘l urgan bo‘lsangiz, astoydil tavba qiling. Inshoolloh, tavbangizni Yaratganning o‘zi qabul qiladi. Kunning ikkinchi yarmida eski qadrdonlardan biri sizni chuv tushirib ketishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling!
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
19 yanvar kuni o‘zingiz oldindan rejalashtirgan qoidalar bo‘yicha yashagingiz kelib qoladi. Ammo bu yaqinlaringizga yoqib tushmasligi mumkin. Emotsiyangizni nazoratda ushlay bilsangiz, ular bilan orangizda janjal kelib chiqishiga barham bergan bo‘lardingiz. Kechqurun olis safarga otlanish va ziyofatga borish muvaffaqiyatli kechadi. Bu sizga qo‘shimcha xush kayfiyat va kuch bag‘ishlashi tayin. Toza havo sayrini ham unutib qo‘ymang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz ancha og‘ir kechishi kutiladi. Shuning uchun global rejalaringizni amalga oshirish istagidan nari bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Esda tuting, sizning qo‘lingizdan kelmaydigan ish yo‘q, biroq aldovlar va firibdan ehtiyot bo‘ling. Oila qurmagan yigitlarning ba’zilari uchun tanlaganiga muhabbat izhorini aytish omadli kechadi. Nimaiki ishga qo‘l urmang, do‘stlar, tanishlar maslahatiga quloq tuting. Bugun qalbingizga quloq tutishingiz yaxshilikka olib kelmasligi mumkin. Sog‘lig‘ingizni asrang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
19 yanvar kuni yangi g‘oyalarga to‘lib-toshasiz. Sizga kun mobaynida qo‘shimcha daromadli ishlarni taklif etishlari kutiladi. O‘zingizga ma’qulini tanlash uchun imkoniyat ham mavjud. Ishxonangizda ham omadingiz chopadi. Bajarilgan sifatli ish uchun rahbariyat mukofot e’lon qilinishi ehtimolga yaqin. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Biroq bu tanishuvlar oila qurmagan do‘stlarimizga romantika hadya etmaydi. O‘zingizga tegishli pullarni kimlardandir olishda biroz mushkulotlarga duch kelishingiz kutilmoqda.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar sizga kun bo‘yi garmoniya va’da qilishmaydi. Biroq ishlaringizda jiddiy muammolar ham yuzaga kelmaydi. Har bir harakatingiz ko‘ngildagidek kechadi. Uy uchun jihozlar xarid qilish, uy, mashina ta’miri, uy ichkarisida jihozlar o‘rnini almashtirish muvaffaqiyatli kechadi. Oilasizlar bugun sevgilisi bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan voz kechib qo‘ya qolganlari ma’qul. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing. Ovqatlanishda me’yorni biling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
19 yanvarda bilib-bilmay ba’zi nomaqbul ishlarni amalga oshirib qo‘yishingiz xavfi sezilyapti. Lekin tez xatoingizni tushunib yetasiz va uni tuzatish harakatiga tushasiz. Tushga qadar bu muammoni hal qiling-da, darhol asosiy muammolar bilan band bo‘ling. Yaqinlaringiz bilan orangizda meros yoki pul masalasida tortishuvlar yuzaga kelishi mumkin. Afsuski, bu muammoni huquqshunoslarsiz uddalay bilmaysiz. Kechqurun sizni ziyofatga taklif etishmoqchi. Shu bahonada yaxshilab dam olsangiz ajabmas.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Shaxsiy hayotda baxtdan boshingiz aylanib, yettinchi osmonlarda parvoz qilmasligingiz mumkin. Ammo atrofdagilarning olqishlaridan bahra olishingiz tayin. Oilasiz bo‘lsangiz, atrofdagilarni yaxshilab kuzating, ular orasidan sizning baxtingiz ko‘zga tashlanib qolsa ajabmas. Moliyaviy masalada jiddiy yo‘qotishlar sizga xavf solmaydi. Shunga qaramasdan katta ishlarga qiziqib pul tikib yubormang, keyin afsuslanib yurasiz.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
19 yanvar kuni nimani xohlasangiz, shuni qilishingiz mumkin, faqat tafakkurga suyangan holda ish tuting. Xatoga yo‘l qo‘ysangiz, uning ajrini juda uzoq vaqt to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Muhabbatda hammasi joyida bo‘ladi. Illyuziya, romantika, intiqib kutishlar sizga hamroh bo‘ladi. Martabaga erishish yo‘lida bir zum to‘xtang. Siz uchun jonidan kechishga tayyor insonni ko‘ra biling, seza biling. Oldin uning ko‘nglini oling. Busiz martaba tatimaydi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ish joyingizdagi endigina ishga joylashgan hamkasblar mas’uliyatini zimmangizga ola ko‘rmang. Yo‘qsa, oqibati yaxshi bo‘lmaydi. Rahbariyatdan baloga qolasiz. Shaxsiy hayotda yolg‘iz qolish balosi sizga xavf solmaydi. Lekin juftingiz bilan ertalabdanoq janjallashishingiz tayin bo‘lib turibdi. Munosabatlarni sovuqlashtirmang, og‘ir-bosiq bo‘ling, juftingizga mehr ko‘rsating. Uni rashk qilmang, bu sizga ziyondan boshqasini bermaydi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
19 yanvarda eng yaxshi yo‘l uyda o‘tirishingiz va uy yumushlari bilan band bo‘lishingiz ekanini unutmang. Ishxonada arzimas xato tufayli rahbarlar bilan aytishib qolishingiz mumkin. Shunday ekan, janjaldan, aytishishdan tiyiling. Ba’zilar xorijdan ish topishlari kutiladi. Kechqurun salomatligingizda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Jigar yoki yurak masalasida mushkulotlar ko‘zga tashlansa kerak. Albatta vrach qabuliga borishingiz zarur.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar