21:52 / 25.01.2018
6 288

Uzoq umr kechirishni ta’minlovchi 10 ta oddiy odat

Uzoq umr kechirishni ta’minlovchi 10 ta oddiy odat
Olimlar kundalik hayotda barcha bajarishi mumkin bo‘lgan 10 ta oddiy, lekin umrni uzaytirishga sabab bo‘luvchi odatlar haqida ma’lumot berdi. Olimlarning quyida shu haqdagi xulosalari berilgan:
1. Har kuni 1 stakan sharob ichish.
Alkogol ichimligi sizning sog‘ligingiz uchun eng yaxshi vosita emas, lekin Garvardlik mutaxassislar kuniga 1 stakan sharob (ayniqsa, qizil) yurak xuruji, diabet, ateroskleroz va boshqa kasalliklarning oldini olish mumkinligini aniqlashdi.


2. Uxlash uchun eng yaxshi vaqt 22:00 dan 6:00 gacha.
Xitoylik shifokorlar eng yaxshi dam olish vaqtini aniqladi. Ular insonning butun a’zolarini kuzatib chiqdilar va bu esa qaysi organ qachon qayta tiklanayotganligini aniqlashga yordam berdi. Aynan ko‘proq yashash uchun 22:00 dan 06:00 gacha uxlash kerak.


3. Atrofdagilarning fikrini o‘zingizga olmang.
Amerikaliklar boshqalarning fikridan ko‘ra kishi o‘zining fikri to‘g‘ri ekanini tahlil qilib chiqishi unga ko‘proq ishonch bag‘ishlaydi, deb tushuntiradi.


4. Quyoshda toblaning.
Quyosh nurlari D vitaminining eng yaxshi manbai bo‘lgani uchun, bu diabet xavfini kamaytiradi va ko‘pincha kasallikning sababi bo‘lgan ruhiy tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi.


5. Kamroq yuvining.

Londondagi Kranli poliklinikasining shifokorlari issiq suv va turli xil sovunlar bizning terimizni yog‘larning himoya qatlamidan mahrum qilishini aytishdi. Shuning uchun dushni kamroq va ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.


6. Pomidorni ertalab tanovvul qiling.
Ertalablari pomidor tanovvul qilish yurak, qon-tomir kasalliklari oldini oladi.


7. Soat qo‘ng‘irog‘idan xalos bo‘ling.
Yaponiya olimlari tadqiqotlariga ko‘ra, to‘satdan baland ovoz, ayniqsa, qon bosimi yuqori bo‘lgan odamlarda yurak xuruji xavfini oshiradi. Bundan tashqari, bunday keskin tovushlar asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi.


8. Nonning chetini tanovvul qilib turing.
Münster universitetida nemis biokimyogarlari non chetini tanovvul qilishni tavsiya qilishdi. Nonni pishirish vaqtida antioksidantlar hosil bo‘lib, bu yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va organizmni tozalaydi.


9. Sigaretalardan voz keching.
Tamaki barglarini yig‘ib, quritilgach, juda katta miqdorda zararli elementlar o‘simlik barglari ichida va hatto mikrodozalarda saqlanib qoladi. Bu sigaretalarga qo‘l bilan tegilganda ko‘proq yuqadi.


10. Raqs bilan shug‘ullanib turing.
Fransiyalik olimlarning fikriga ko‘ra, uzoqroq yashashning eng yaxshi usuli – bu raqsni o‘rganishdir. Bu uzoq umr uchun juda foydalidir. Raqs suyaklarni, o‘pkalarni, qon aylanish tizimini kuchaytiradi va astma bilan kurashishga yordam beradi. Eng muhimi, raqs davomida yuqoriroq ruhda harakat qilish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uzoq umr kechirishni ta’minlovchi 10 ta oddiy odat