Toj Mahal atrofida yuzlab maymunlar to‘plandi: sayyohlar xavf ostida (video)

Hindistonning Agra shahrida joylashgan mashhur Toj Mahal majmuasi atrofida ko‘plab maymunlar to‘plandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hayvonlarning Sharqiy, G‘arbiy va Qirollik darvozalari yaqinida to‘da bo‘lib yurganini ko‘rish mumkin.
Ayrim mahalliy va xorijiy nashrlar majmua atrofida 500 ga yaqin maymun yig‘ilganini xabar qilgan. Biroq ularning aniq soni rasmiy ravishda ma’lum qilinmagan.
Ma’lum qilinishicha, maymunlar sayyohlarning qo‘lidagi oziq-ovqat va shaxsiy buyumlarni tortib olib qochmoqda. Ayrim hollarda esa tashrif buyuruvchilarga tashlanib, ularni tishlagan. Bu holat Toj Mahalga keluvchi mahalliy va xorijlik sayyohlar xavfsizligi borasida xavotirlarni kuchaytirgan.
NDTV nashrining yozishicha, sentyabr oyida maymunlar tishlagan ikki sayyoh shifoxonaga olib borilgan. Ulardan biri 83 yoshli braziliyalik sayyoh bo‘lgan. The Independent nashri esa iyul oyi oxiridan beri kamida yetti nafar sayyoh maymunlar hujumiga uchraganini qayd etgan.
Muammoning yechimi mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlik yetarli emasligi sababli qiyinlashayotgani aytilmoqda. Maymunlarni tutish va hududdan olib chiqish Agra munitsipal korporatsiyasi zimmasida bo‘lsa, Toj Mahal majmuasi ichidagi sayyohlar xavfsizligi uchun Hindiston arxeologiya tadqiqotlari boshqarmasi mas’ul hisoblanadi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…