QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun asabiylashishga, xavotirlarga umuman o‘rin yo‘q. Muammolarni o‘ylab siqilmang, ular besh daqiqa oldin bo‘lmasa, besh daqiqa keyinroq albatta ijobiy hal bo‘ladi inshoolloh. Undan ko‘ra, uydagi muammolarni hal etishga kirishing, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topish payida bo‘ling. Yosh bo‘lsangiz, uydagi yoshi ulug‘ qarindoshlarning maslahatiga quloq tuting. Bu ham ba’zi masalalarda sizga tirgak vazifasini o‘tashi mumkin. Salomatlik haqida kun bo‘yi qayg‘uring. Asablarni asrang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
27 yanvarda kelajakka dahldor bo‘lgan har bir voqea-hodisa, buyumga alohida e’tibor bilan yondashing. Talaba bo‘lsangiz, hademay imtihonlar yaqinlashadi. Oldindan hozirlik ko‘rib qo‘yish ham ziyon qilmaydi. Yaqin qondoshlar bilan janjallashishdan saqlaning. Bu asabingizni izdan chiqaradi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ortiqcha vazndan qiynalayotgan bo‘lsangiz, parhez tutish haqida ham o‘ylab ko‘ravering. Hasad, g‘iybatdan yuz o‘giring. Ularning diydori qursin. O‘zingizni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ertalabdanoq bir olam yangi axborotlar eshitasiz. Bular sizga professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizda juda asqotishini unutmang. Yaxshisi, har bir axborotni bloknotga yozib qo‘ying. Atrofdagilar bilan diplomatlarcha munosabat yuritishga harakat qiling. Shunday yo‘l tutingki, yaqinlashib kelayotgan janjalli vaziyat ura solib qochsin. Oilasizlarning bugun kuni tug‘adi. Bo‘lg‘usi juft qidirib yurganlar kechqurun o‘sha insonni uchratishadi. Oddiy tanishuv romantik uchrashuvga aylanib ketsa ham ajabmas.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
27 yanvar kuni hayotingiz uchun juda muhim hisoblangan qarorlar chiqarishingiz zarur bo‘ladi. Nimaiki ish bajarmang, tashqaridan yordam bo‘lmaydi. O‘z kuch, imkoniyatlaringizga tayangan holda harakatlar sodir etasiz. Mabodo arzimagan ehtiyotsizlik yoki beparvolikka yo‘l qo‘ysangiz ham pul masalasidagi ishlaringiz o‘ngidan kelmay, chappasiga ketib qolishi mumkin. Kechqurun ro‘zg‘or tashvishlari bilan band bo‘lmaganingiz ma’qul. Yaxshisi, dam oling, ertangi kun uchun kuch to‘plang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun ayrim ishlarni do‘ndirish zarurati tug‘ilsa, sobiq hamkorlarga yordam so‘rab murojaat etishga majbur bo‘lasiz. Agar gapni topib gapirsangiz-chi, raqobatchilar ham ma’lum ma’noda yordam ko‘ratib yuborishlari hech gap emas. Juftingizni rashk qilmang. Ayniqsa, bu odatingiz sizga juda qimmatga tushishi mumkin. Ehtiroslarni, emotsiyani jilovda ushlang. Ularga erk bermang. Kechqurun olisdagi o‘zingiz juda sog‘ingan bir inson sizga qo‘ng‘iroq qilishi kutiladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
27 yanvarda ertalaboq o‘zingizni o‘zingiz sug‘urtalab oling. Shunday qilingki, o‘zingizdan bo‘lak hech kim shaxsiy hayotingizga kirib kela olmasin. Aks holda rejalaringizning barchasi yo‘qqa chiqishi mumkin. Ba’zilar ishxonasida qarama-qarshi vakil yo vakilasi bilan ishqiy sarguzashtlarni boshdan kechira boshlashi mumkin. Afsuski, buning oxiri voy. Sergak torting, iblis yetagiga kirib qolmang. Moliyaviy masalada ham sizni allakimlar yo‘ldan ozdirishga urinib ko‘radi. Qat’iyatni yo‘qotmasangiz, hech kimga aldanmaysiz.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ish bitirish, boylikka oson yo‘llar bilan ega chiqish kabilardan bezing. Peshona teri evaziga topilgan har bir tiyin pul toti o‘zgacha bo‘ladi. Siz xuddi shu totga intilib yashang. Ishxonada rahbarlardan tanbeh eshitishingiz ehtimoli bor. Bu ish-da, rahbar talab qiladi. Shuning uchun ham rahbar. Kunning ikkinchi yarmida katta xarajatlarga tushishingiz kutiladi. Lekin afsuslanishga hojat yo‘q. Pullaringiz yaxshilikka sarflanadi. Qolaversa, kechqurun katmoningiz yana pulga to‘ladi-yu, hamma tashvishlar barham topadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
27 yanvar kuni hamkasblardan biri siz haqingizda bo‘lar-bo‘lmas g‘iybat to‘qiy boshlaganidan xabar topishingiz ehtimoli bor. Sukut saqlang. Kimki birovga atab chuqur qazisa, sal o‘tmay o‘sha chuqurga o‘zi yiqiladi. Bugun xususiy mulk oldi-sotdisi muvaffaqiyatli kechadi. Qolgan ishlar ham xayrli yakunlanadi. Faqat mayda-chuyda asabbuzarliklarga chap bera olsangiz. O‘sal yotgan qondoshlar bo‘lsa, kechqurun ular holidan xabar olib qo‘ying, savobga ega bo‘lasiz.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ish boshlashdan oldin hamfikr qidiring. Siz bilan fikri bir joydan chiqadigan odamlarni topsangiz, jamoaviy tarzda o‘sha ishlarni amalga oshirasiz. Buning unumi o‘zgacha bo‘ladi. Hech qachon yengil yo‘l bilan daromad orttirish haqida o‘ylamang. Bu usul sizga to‘g‘ri kelmaydi. Negaki, siz hamisha halol, peshona teri, astoydil mehnat qilish evaziga pul topib o‘rgangansiz. Kechqurun qarindoshlardan biri xastalanishi, uni kasalxonaga olib borishingiz mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
27 yanvarda qaysi yonbosh bilan uyg‘onasiz qorong‘i, ammo ertalabdan boshqalarni tanqid ostiga olib, baqirib tashlay boshlaysiz. Yo‘q, bu ishingiz to‘g‘ri emas. Xotirjamlik, sukunat, xursandchilik yarashadi sizga. Ayniqsa, ish joyingizda hamkasblarni aslo tanqid qila ko‘rmang. Yomon otliq bo‘lib qolishingiz turgan gap. Ayrim muammolarni hal etishda sizga yaqin do‘stlar maslahati juda zarur bo‘ladi. Iloj topsangiz, kechqurun tabiat qo‘ynida dam olib qayting.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz a’lo darajada kechadi. Aldovlar, firib va hasad sizga to‘siq bo‘la olmaydi inshoolloh. Siz bilan dildan suhbat qurish istagida bo‘lganlardan o‘zingizni olib qochmang. Chunki bu suhbatlar davomida ko‘p yangiliklardan boxabar bo‘lasiz. Ish joyingizda hamkasblar va rahbariyat bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelishi kutiladi. Salomatligingiz yomonlasha boshlaganini payqashingiz bilan darhol chorasini ko‘rishingiz tavsiya etiladi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
27 yanvar kuni hech kim bilan janjallashmang. Janjallashishingiz kutilayotgan odamlar sizga hayrixoh, har qanday vaziyatda sizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Kunni ter to‘kish, mehnat bilan o‘tkazing. Bunday mehnatning mevasi totli bo‘ladi. Sport bilan shug‘ullanishdan voz keching. Aqliy mehnat kishilari moddiy jihatdan qo‘shimcha quvvat va lazzat olishlari haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi