Hamal
Oilali burj vakillarining mazkur haftada xarajatlari ko‘payishi kutilmoqda. Moliyaviy masalalarni turmush o‘rtog‘ingiz bilan hal qilganingiz ma’qul. Agar sevgan insoningiz bilan biroz xafalashib qolgan bo‘lsangiz, haftaning ikkinchi yarmida munosabatlarni yumshatishingiz, u bilan ochiqchasiga suhbat qurib, kelishmovchiliklarga barham berganingiz ma’qul.
Savr
Asosiy muammolar uy va ro‘zg‘or tashvishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Yangi haftada uyingizda ta’mirlash yoki tozalash ishlarini olib borish maqsadga muvofiq emas. Ishxonada esa hamkasblar bilan munosabatlar mustahkamlanadi. Mazkur haftada yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan dam olish uchun boshqa shaharga borishingiz mumkin. Mazkur kichik sayohat sizni yanada yaqinlashtiradi.
Javzo
Garchi o‘z kuchingizga ishonsangiz-da, atrofdagilarning yordamini rad etmang. Hafta boshi ish yuzasidan hamkorliklar uchun juda samarali. Ko‘zlagan maqsadingizga tez erishasiz. O‘tmishda siz yo‘l qo‘ygan hafsalasizlik va dangasalik sababli ayrim kichik muammolarga duch kelishingiz mumkin. Bundan esa asablaringiz taranglashishi aniq. Endi vaziyatdan chiqib ketish uchun ter to‘kib mehnat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Hafta yakunida sizni esa maroqli hordiq kutmoqda.
Javzo
Asosiy e’tiboringizni bergan va’dalaringizni bajarishga qarating. Boshlagan ishingizni yarmida tashlab ketmang. Oxiriga yetkazilgan yumush sizga katta muvaffaqiyat keltirishi aniq. Buning uchun esa biroz sabrliroq bo‘lishni maslahat beramiz. Ish yuzasidan hamkorlar ko‘lamini kengaytirishning ham ayni vaqti. Yangi tuzilgan shartnomalar albatta ijobiy samara beradi.
Saraton
Bu haftada mantiqqa asoslanib tiniq fikrlash katta ahamiyatga ega. O‘z imkoniyatlaringizni xolis baholashga harakat qiling. Tavakkal qilishga shoshilmang. Oilaviy munosabatlarda esa yuzaga kelgan muammolarni hal etishda hissiyotlaringizga tayanishni maslahat beramiz. Ishda ko‘rsatgan faolligingiz turli maqtov eshitasiz. Tabiiyki, o‘z-o‘zidan ishchanligingiz ortib, yangi-yangi g‘oyalarni amalga oshirishga kirishasiz.
Asad
Ko‘zlangan natijalarni bermayotgan ayrim rejalaringizga o‘zgartirish kiritishingizga to‘g‘ri keladi. Ko‘p ishlarni qaytadan ko‘rib chiqishingizga kerak. Lekin aynan shunday qilsangiz, anchadan buyon natija bermayotgan ishlaringiz samarali yakun topadi. Erinchoqqlikka nuqta qo‘yib, shaxdam odimlang. Hafta o‘rtasida esa qandaydir muhim daqiqalarni o‘tkazib yuborganingizdan ranjisangiz, sizni kutib turgan quvonchli lahzalar buning o‘rnini bosibketadi
Sunbula
Haftalik reja tuzayotganingizda barcha qiziqishlaringizni qamrab olishga harakat qiling. Bu ishdagi muvaffaqiyatingizning omili bo‘lishi mumkin. Har bir tug‘ilgan yangi fikrni shunchaki havoga sovurib yubormang. Ularni bir tizim asosida amalga oshirib borsangiz, katta yutuqlarni qo‘lga kiritasiz.
Mezon
Bardosh va e’tibor talab qilinadigan vaziyatlarda ehtiyotkorlik bilan harakat qiling. Yo‘l qo‘ygan xatolaringiz yaqin insonlaringiz oldida obro‘yingiz tushib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oila davrasida ham biroz jiddiy bo‘lishni maslahat beramiz. Hissiyotdan ko‘ra aqlga ko‘proq tayaning.
Aqrab
Bu hafta sizga imkoniyatlar olami o‘z eshiklarini ochmoqda. Boshqalar rad etgan ish ustida jiddiy ishlab, o‘z mahoratingizni to‘liq namoyon etishingiz mumkin. Bundan faqatgina unumli foydalanish kerak xolos. Turmush o‘rtog‘ingizga va farzandlaringizga mehringizni so‘zda emas, amalda ko‘rsatishga harakat qiling.
Qavs
Surunkali kasalliklaring oldini olish uchun xalqona davo choralarini qo‘llashga erinmang. Yuqumli kasalliklar yuqtirib olishdan ehtiyot bo‘ling. Chunki immunetetingiz pasaygan. Ko‘proq meva yeng, suv iching. Ovqatlanish tartibiga rioya qiling. Ishda esa imoniyatlaringizga qarab yo‘l tuting. Bo‘yningizga ko‘p vazifa olib olmang. Ko‘pdan beri tilini topa olmayotgan biror kishingiz bilan ijobiy munosabat o‘rnatasiz. Arazlashganlaringiz bilan ham yarashish fursati keldi. Qaysarlik qilmasdan, vaqtni qo‘ldan boy bermang.
Jadiy
Farzadlaringiz xulq-avtori sizni qoniqtirmayotgan bo‘lsa, tanbeh, jahl qilish, qo‘rqitish bilan biror yaxshi natijaga erisha olmaysiz. Yaxshisi ular bilan samimiy va dildan gaplashing. Nega bunday bo‘layapti, shuning sababini aniqlang. Keyin qiziqishlaridan kelib chiqib ruhlantiring. Molk-mulk masalasida hal qilishini kutilayotgan ishlaringiz o‘z yechimini topadi. Ish faoliyatingizda esa yaxshigina yutuqlarga erishasiz. Albatta bu mukofotsiz qolmaydi.
Dalv
Birovlarnig ishiga aralashmaganingiz ma’qul. Hammaning o‘z muammosi, o‘z haqiqati bor. Do‘stona maslahatingizni ham noto‘g‘ri tushunib qolishlari mumkin. Shaxsiy hayotda yangi eshiklar ochilishi kutilmoqda Balkim sayyohatga otlanib qolarsiz. Agar biror yangi soha yoki hunar o‘rganishni dilingizga tukkan bo‘lsangiz, aynan hozir otni qamchilang.
Hut
Reja bilan ish qilsangiz, yutqazmaysiz. Yana og‘zingizga mahkam bo‘lish ham tavsiya etiladi. Ayniqsa, sinashta bo‘lmagan kishilarga siringiz, dilingizdagilarni to‘kib solmang. Hafta so‘ngida umr yo‘ldoshingiz yoki sevganingiz bilan o‘rtangizdagi rishtalar yanada mustahkamlanib, bu ko‘nglingizga xotirjamlik baxsh etadi. Agar biror uzoqroq manzilga otlanadigan bo‘lsangiz, omad sizga kulib boqadi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)