21:50 / 04.02.2018
8 139

Munajjimlar bashorati: 5 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 5 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Buguningiz siz umid qilgan kabi u darajada sokin kechmasligi tayin. Chunki barcha rejalar ham amalga oshavermasligi kutilmoqda. Mabodo erta uyg‘onib, kerakli odamlar bilan qo‘ng‘iroqlasha bilsangiz, bu muammoni hal etsa bo‘ladi. Tadbirkor bo‘lsangiz-u, yangi shartnoma imzolash arafasida tursangiz, hujjatlarni o‘ta sinchkovlik bilan qayta-qayta o‘rganib chiqing. Agar yolg‘onning isi kelayotganini sezsangiz, darhol harakatlarni to‘xtatishingiz kerak bo‘ladi. Sog‘lig‘ingizga alohida e’tibor qarating.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

5 fevral kuni tadbirkorlardan kimnidir yaqin hamkorlar chuv tushirishi mumkin. Shuning uchun juda sergak turing. Ammo rejalarni o‘zgartirishga shoshilmang. Uy oldi-sotdisi bilan bog‘liq hujjatlarga ham ehtiyotkorlik bilan imzo qo‘ying. Bu jarayon ham sizning ziyoningizga ishlashi hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do‘stlaringizdan biri sizga juda yoqimli xabar yetkazishi kutilmoqda. Bu xabar olisdagi yaqinlaringizdan bo‘lishi ham ehtimolga yaqin. Shamollash alomatlari sezilsa, vrach maslahatiga suyangan holdagina muolajalarni boshlang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Gap moliyaviy yoki xususiy mulk haqida keta boshlasa, qarindoshlardan yordam kutib ovora bo‘lmang. Bu ishlarni o‘z kuch va imkoniyatlaringiz yordamidagina ado eta olasiz. Aynan shu usulingizni kelajak uchun ham asrab qo‘ying, asqotib qoladi. Hamkasblar bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Muhabbatda esa chekinishni aslo o‘ylay ko‘rmang. Ortga yo‘l yo‘q. Faqat oldinga bosishingiz, bu yo‘ldagi mushkulotlarni mardona yengib o‘tishingiz lozim. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Oila davrasidagina dam oling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

5 fevralda ishxonangizda sukunat hukmron bo‘ladi. Hamkasblar bilan munosabatlaringiz a’lo darajada kechadi. Bajaradigan ishlarni ham ular ishtirokida, jamoaviy tarzda ado etsangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Zerikish degan tushunchani unuting. Zerikishga haqqingiz yo‘q. Bugungi kuningiz moliyaviy va ro‘zg‘ordagi muammolarni bartaraf etish bilan o‘tadi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Ovqatlanish rejimini buza ko‘rmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun sizga yolg‘izlik xavf solib o‘tishi kutiladi. Undan xalos bo‘lishingiz oson kechmaydi albatta. Lekin bu masalada o‘zgalarni ayblamang. O‘zingiz o‘zingizni yolg‘izlikka mubtalo etgansiz. Bu ham yetmagandek, hamkasblar bilan orangizdagi munosabatlar ham keskin tus olishi mumkin. Depressiyaga tushib qolishdan saqlaning. Qayg‘urmang, sizga yaqinlaringiz bajonidil yordam beradi. Kechqurun do‘stlardan biri bilan uchrashasiz. Bundan tashqari, yoqimli xabar eshitib, kayfiyatingiz yuqori darajagacha ko‘tariladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

5 fevral kuni illyuziya nihoyat sizni tark etib, reallikka yaqinlashasiz. Moliyaviy masalada muammo paydo bo‘lish ehtimoli bor. Plastik kartochkangizga kutganingizdan kamroq pul tushishi mumkin. Muhabbatda tafakkurni ishga solgan holda harakatlar sodir eting. Surunkali xastalikka chalinganlar kun davomida salomatligini nazorat qilishi kerak. Ob-havoning noqulay kelishi sog‘lig‘ingizga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlashi mumkin. Parizod burjida tug‘ilganlarga bugun ko‘cha ovqatini iste’mol qilish mumkin emasligini unutmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugun hayotingizda sodir bo‘ladigan tanaffuslar sizga ham muhabbatda, ham moliyaviy masalada omad, xursandchilik hadya etadi. Ammo bundan havolanib ketish ham noto‘g‘ri. Kutilmaganda ko‘z tegishi mumkin. Shunchaki shukr qilib, xudodan yana ezguliklar va shafqat so‘rashning o‘zi kifoya qiladi. Tadbirkorlar bugun foydali kelishuvlarni boshdan kechirishadi. Olis safar ham ularning foydasiga yakun topadi. Kechqurun hech bir jabhada deyarli o‘zgarish bo‘lmaydi. Barchasi har kungidek kechadi. Ovqatlanasiz, dam olasiz, oila a’zolaringiz bilan dildan suhbat qurasiz. Shuning orasida ertangi kun uchun reja tuzib olishni ham unutmang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

5 fevralda shaxsiy hayotingizda ajoyib lahzalar sizga hamrohlik qiladi. Keyingi paytlarda faqat ish haqida o‘ylay boshlagandingiz. Endi esa shaxsiy hayotga ham nazar tashlab, uning mo‘’jizalaridan bahra olishingizga to‘g‘ri keladi. Martabangiz ortishida imkoniyatlarning chek-chegarasi yo‘q. Bilimingizni oshiring, kasbingiz sirlarini yanada chuqurroq anglab yeting. Kam bo‘lmaysiz. Omadingizni bersin! Serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Aks holda jarohat olishingiz xavfi bor.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Mayda-chuyda ishlarni ham nazarga ilib, astoydil, chin ko‘ngildan ter to‘ka olsangiz, kuningiz albatta unumli bo‘ladi inshoolloh. Faqat maqsad sari mardona intiling. Oilalilarga farzandlar tarbiyasi, ro‘zg‘or ikir-chikirlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. Moddiy ahvolingizdan ham xavotirlanmasangiz bo‘ladi. Pulsiz qolmaysiz. Zahirangiz yetarlidan ham ko‘proq. Hasadgo‘ylardan, g‘iybatchi va ikkiyuzlamachilardan nariroq yurganingiz ma’qul.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

5 fevralda qanday ishga qo‘l urmang, faqat qalbingizga quloq tutishingiz lozim. Atrofdagilarning ko‘magidan umid qilmang. Bu muhabbatga ham taalluqli. Bolalikdagi do‘stingiz sizga serdaromad ish taklif etishi mumkin. Ma’qul deb bilsangiz, do‘stingiz taklifiga rozilik bildiring. Shaxsiy hayotda vaziyat keskinlashishiga zinhor yo‘l qo‘ya ko‘rmang. Kechga yaqin ayrim do‘stlarimiz yaqin manzilga xizmat safari bilan borib kelishlari kutiladi. Bu safar sizga moddiy manfaatdorlik ham taqdim etadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Hayotingizda hech narsani o‘zgartirishga harakat qilmang. Bori bilan yashang, zavqlaning, shukr qiling. Garchi fevral sovug‘i sizni har lahzada qo‘rqitishdan tiyilmasa-da, qalbingizda faqat qaynoq hislar tug‘yon uradi. Har soniyada shodlik, quvonch tuyg‘usi sizga hamrohlik qiladi. O‘zingizni shunday tutingki, qayg‘u va tashvishlar ortingizda, changingizda qolib ketsin. To‘g‘ri, bugun moliyaviy masalada omadingiz kulmasligi mumkin. Lekin bu tashvish chekishga asos bo‘la olmaydi. Bu muammoga ham faqat kulib boqing.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

5 fevral kuni taqdir sizga bir dunyo shodlik va muvaffaqiyatlarni hadya etishi kutilmoqda. Oldindan tuzilgan rejalar, sizdagi qobiliyat barcha muammolarning ko‘zini ko‘r qiladi va atrofingiz g‘uborlardan xoli bo‘ladi. Asosiysi, muvaffaqiyatlaringiz haqida hech kimga so‘zlamang, sukut saqlagan holda harakatlar sodir etavering. Kechqurun yaqin do‘stlardan birining hech kimga ma’lum bo‘lmagan sirlaridan voqif bo‘lasiz.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 5 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?