00:10 / 07.02.2018
9 941

Munajjimlar bashorati: 7 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 7 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ishxonangizda miyangizga kelgan bir-biridan ajoyib g‘oyalar bilan nafaqat hamkasblar, balki rahbariyatni ham qoyil qoldira olasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan iste’dod qirralaringizni ham ularga namoyish etib qoling, afsuslanmaysiz. Lekin ish joyingizda temir intizom saqlang, moliyaviy muammolarni nazardan qochirmang. Oilasizlar kechqurun romantik uchrashuvdan bahra olishlari mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Basharti yangi ishga joylashgan bo‘lsangiz, birinchi qiladigan ishingiz o‘zingizdagi eng yaxshi jihatlarni hamkasblarga namoyish etishingiz zarur bo‘ladi. Kun davomida ayrimlar yo lotereya o‘ynab katta pul yutishlari yoki ijtimoiy yordam puli olishlari mumkin. Xastalanmay desangiz, xalqona usuldagi profilaktika mashg‘ulotlariga alohida e’tibor qarating. Sportzalda mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshqa kunga qoldiring. Bugun bu mashg‘ulotlar sizga faqat ziyon yetkazadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
7 fevralda tadbirkorlar ilgarigidan-da qattiqroq ishlashga, ko‘proq va yanada ko‘proq daromad olishga kirishib ketishadi. Ammo xarajat masalasiga boshqacharoq ko‘z bilan boqing. Yirik va nokerak xaridlarga yo‘l qo‘ymang. Agar shaxsiy mashinangizda olis safarga otlangan bo‘lsangiz, xavfsizligingizni oldindan mustahkamlab oling. Mabodo tashqarida havo yomonligini ko‘rsangiz, safarni boshqa paytga qoldirib tursangiz ham durust bo‘lardi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun martabangiz yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishi, kommunal xizmatdan yig‘ilib qolgan qarzlar uzilishi kutiladi. Tadbirkorlar yana bir foydali shartnomani imzolashlari ham ehtimoldan xoli emas. Kunning ikkinchi yarmida taqdirning jiddiy sinovlaridan tashqari yoqimli lahzalariga ham egalik qilishingiz tayin bo‘lib turibdi. Yaqinlaringizdan kimdir sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yishi ham haqiqat ekanini unutmang. Ishxonada o‘z kasbingizning haqiqiy ustasi ekanligingizni barchaga ko‘rsatib qo‘yish uchun qulay imkon tug‘iladi. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
7 fevral kuni ish joyingizdagi rahbarlar sizni katta bir ishga bosh etib tayinlashi mumkin. Demak, dam olishdan umidni uzaversangiz ham bo‘ladi. Lekin tushga yaqin baribir uydagilarga qo‘ng‘iroq qilishingiz zarur bo‘ladi. Ko‘chada ko‘pchilik uchun hurmatli bir odamni uchratib qolishingiz mumkin. Biroq u sizga hurmat bajo aylasagina shunday javob qaytaring. Chunki sizning ham undaylardan zarracha kam yeringiz yo‘q. Kechqurun o‘zingizni yaxshi his etmasligingiz xavfi bor. Ertaroq uxlashga yoting, o‘tib ketadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topsangiz, bugun moddiy ahvolingiz ko‘ngildagidek kechishi tayin. Aks holda kissaning mazasi qochadigan bo‘lib turibdi. Yaxshisi, har bir amalga oshiriladigan ishni qat’iy reja asosida uddalang. Shunda muammo kamroq bo‘ladi. Yosh bolasi borlarni bugun kunning ikkinchi yarmida yoqimli lahzalar kutib qoladi. Moliyaviy jihatdan yordamga muhtoj bo‘lsangiz, qarindoshlarga murojaat eting. Ular sizga albatta yordam berishadi. Surunkali xastalikka chalinganlar kun mobaynida salomatligini nazoratdan qochirmasliklari kerak.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
7 fevralda kuningiz biroz xavotirli, tashvishli, shovqinli kechishi kutilmoqda. Atrofdagilar sizni arzimas narsalar bilan ishdan qoldirishi, xalal berishi mumkin. Lekin bundan nolimang. Xudo berganiga shukr qiling. Nolisangiz, xudoning karami bilan rahbarlaringiz eng serdaromad ishni boshqalarga uzatib yuborishi hech gap emas. Xizmat safariga chiqish sizga moddiy manfaat olib keladi. Faqat xavfsizlik masalasini mustahkamlab oling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Kuningiz yaxshi boshlanadi. Har bir voqea ko‘z oldingizda bosqichma-bosqich rivojlana boradi. Shuning uchun zerikish degan narsaga ro‘baro‘ bo‘lmaysiz. Muhabbatda tashabbuskor bo‘ling. Shunda bo‘lg‘usi juftingiz qarshisida hurmatingiz oshadi, u sizga yanada qattiqroq ishona boshlaydi. Oilalilar juftini hadeganda rashk qilaverishdan tiyilsalar yomon bo‘lmaydi. Kechqurun uydagi mayda ta’mir ishlarini bajarish yoqimli kechadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
7 fevral kuni barcha ishlarni o‘z vaqtida a’lo darajada yakunlaysiz va buning uchun rahbariyatdan keragicha olqish va maqtovlarni qabul qilib olasiz inshoolloh. Ammo shoshma-shosharlik, mas’uliyatsizlik kabi nuqsonlaringiz yuz ko‘rsatib qolishidan saqlaning. Moliyaviy masalada ham shoshilmasdan harakatlar sodir eting. Muhabbatda oilasizlarni jiddiy raqobat kutadi. Baxtingiz uchun mardonavor kurashing.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Tadbirkorlar, tijoratchilar bugun raqobatchilar bilan nafaqat yetakchilik, balki mo‘may daromad olish uchun ham astoydil bellashishlari kutiladi. Qanchalar ko‘ngilchan bo‘lmang, bu kurashda shafqatsizlikka e’tibor qarating. Haqingizni birovlarga berib qo‘ymang. Shaxsiy hayotda ham sergak bo‘ling. Zarur harakatlar, gaplarni unutib qo‘ymang. Muhabbatda sizga yon berish muvaffaqiyat keltiradi. Salomatligingizni asrang, ovqatlanishda rejimni buzmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
7 fevral kuni har bir ko‘rganingiz, eshitganingizdan xush kayfiyat olasiz. Juftingiz bilan o‘zaro munosabatlar negadir sovuqlashgandek. Munosabatlarga oydinlik kiritib olsangiz yomon bo‘lmasdi. Tijorat bilan shug‘ullanishni boshlash niyatingiz bo‘lsa, tajribali tijoratchilardan albatta maslahat oling. Salomatligingiz masalasida faqat vrach ko‘rsatmasiga asoslaning. Kechqurun ayrimlar yaqin manzilga jo‘nab ketishlari kutiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Tadbirkor bo‘lsangiz, kunning birinchi yarmida yangi tanishuvni boshdan kechirasiz. Bu keyinchalik romantikaga aylanib ketishi ham mumkin. Shubhasiz, bu faqat oila qurmaganlarga taalluqli. Ishda sabr-bardoshli bo‘ling. Ishlayvering, lekin daromad keyinroq keladi. Neki ishga qo‘l urmang, faqat qalbingizga quloq tuting.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 7 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?