20:02 / 07.02.2018
4 035

«O‘rtamiyonadan yuqori» bo‘lishning 11 ta asosiy yo‘li...

«O‘rtamiyonadan yuqori» bo‘lishning 11 ta asosiy yo‘li...
«O‘rtamiyona odam» degan so‘z yoqimli jaranglamaydi. Bu yaxshimi-yomonmi, boshqalarga ergashuvchi, o‘z fikri yo‘q inson degani. Quyida psixologlarning qanday qilib «o‘rtamiyona»likdan yuqoriroq darajaga erishish mumkinligi haqidagi tavsiyalar bilan tanishishingiz mumkin.

Boshqalardan ajralib turish uchun jon kuydirib urinish shart emas, ozgina intizom kerak, xolos

1. Xizmat qiluvchilarga minnatdorlik bildiring.
«Mijoz hamisha haq» degan g‘oyani bayroq qilib olgan holda o‘ziga xizmat ko‘rsatayotgan insonlarga past nazar bilan qarash yaramaydi.

O‘rtachadan balandroqda turishni istasangiz, atrofingizdagi kishilarni hurmat qiling. Sizga xizmat ko‘rsatganlarga qancha pul to‘lashingizdan qat’i nazar minnatdorlik bildiring.

2. Atrofingiz ozoda bo‘lsin.
Siz yosh bola emassiz. Atrofingiz, ayniqsa, ish joyingiz doimo toza va pokiza tursin.

3. Savollar uchun ham minnatdor bo‘ling.
Ko‘pchilik o‘ziga biror yaxshilik qilinganidagina minnatdor bo‘ladi. Bu noto‘g‘ri. Arzimagan mayda-chuydalar uchun ham minnatdor bo‘lish mumkin. Ularni e’zozlashingizni, ular bilan suhbatlashish siz uchun qadrli ekanligini ko‘rsating. Shunda, albatta, hurmat-e’tibor topasiz.

4. Kitob o‘qing. Kitob – bilim manbai. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar, video va shu kabilar, asosan, vaqtni behuda isrof qiladigan narsalardir. Kitob sizga yuksak ma’naviy ozuqa beradi, qolaversa, fikrlash, mushohada qilish doirangiz kengayadi.

5. Tashqi ko‘rinishingizga e’tibor qarating.
Juda ko‘pchilik kishilar yoshi o‘tgan sari o‘z tashqi ko‘rinishlariga e’tibor bermay qo‘yadilar. Tashqi ko‘rinishingiz chiroyli bo‘lishi sizga g‘urur bag‘ishlaydi, qolaversa, odamlar orasida sizning ijobiy qiyofangiz shakllanadi. To‘g‘ri ovqatlaning. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning. Chiroyli kiyining. Soch-soqolingizni o‘stirib yurmang.

6. G‘azabingizni jilovlang va yolg‘on gapirmang.
G‘azabga minish judayam oson. Insonning haqiqiy kuchi esa o‘zini tuta bilishi, boshqalarni kechira olishi va oqibati noma’lum ishlarga qo‘l urmasligida bilinadi. Bahsda bor ovozi bilan baqirgan yoki yolg‘on gapirgan odam yutadi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Aqlli inson to‘g‘riso‘zlik bilan, ortiqcha chiranmasdan ham g‘alaba qozonishni biladi.

7. Ayollarga hurmat ko‘rsating. Agar boshqalardan ajralib turishni istasangiz, ayollarni e’zozlang. Ularga hurmat ko‘rsating.

8. Nolishga sabab bo‘lsa ham nolimang. Hayotda hamma narsa bir tekis emas. Biror ishni uddalashingiz yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrab, nolishingiz mumkin. Tushkunlikka tushmang, oldinga intiling. Noliydigan kishilarni hech kim yoqtirmaydi. O‘z muammolaringizni hal qila olishingizni ko‘rsating, shunda boshqalar sizni hurmat qiladi.

9. Muammoni, avvalo, o‘zingiz hal qilishga urining. Muammoga duch kelganingizda yordam beradiganlarning bo‘lgani yaxshi. Lekin muammolaringizni o‘zingiz hal qilganingiz undan ham yaxshi.

10. Piyoda yuring. Bugungi kunda hayotni mashinalarsiz tasavvur qilish qiyin. Hattoki piyoda yurishni o‘ziga ep ko‘rmaydiganlar ham bor. Boradigan manzilingiz unchalik uzoq bo‘lmasa piyoda boring. Bu sog‘ligingiz uchun katta foyda.

11. Davralarda o‘tirganda telefoningizni kavlamang. Hozirda hamma bir-birining telefon kavlashini ko‘rish uchun uchrashayotgandek, go‘yo telefon bo‘lmasa hayot to‘xtab qoladiganday. Ko‘pchilikning o‘rtasida telefonni kovlashingiz yoki gaplashishingiz odobdan emas. Yaxshisi, telefoningizni o‘chirib qo‘ying. Davradagilar bilan dildan suhbat quring.

Mazkur tavsiyalarga amal qilsangiz, jamiyatda o‘zingizning munosib o‘rningizni topa olishingizga, aslo, shubha yo‘q.
Surmaxon ISMOILOVA

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «O‘rtamiyonadan yuqori» bo‘lishning 11 ta asosiy yo‘li...