QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun o‘zgalar muammolariga e’tibor qaratmagan holda o‘z ishlaringizni qoyillatish bilan band bo‘ling. Atrofdagilar bilan faqat vaqt yo‘qotganingiz qoladi. Qonunga qarshi amalga oshiriladigan ishlar ham kun davomida ta’qib etishi mumkin. Zinhor ularga e’tibor qarata ko‘rmang. Oila qurishga ulgurmaganlarni kechqurun tasodifiy uchrashuv kutib qoladi. Toza havoda sayr qilishni ham yoddan chiqarmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
18 fevral kuni sizga duch keladigan har bir odam albatta iliq munosabatingizdan bahra oladi. Shunday mehribon insonga aylanasizki, yaqinlaringiz hayratdan yoqa ushlashgacha yetadi. Shunday munosabatlar tadbirkorlarimizga yangi, ishonchli hamkorlar topishda katta yordam berishi mumkin. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Hasad va g‘iybat ta’qibidan saqlaning. Har qanday og‘ir vaziyatda ham xotirjamlikni saqlab qola biling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun o‘zingizga yoqqan ishlarnigina amalga oshiring. Daromad, pulning ortidan quvlamang. Shunda bajarayotgan ishingizga ijodiy yondashishga muyassar bo‘lasiz. Uyidan olisda yashaydiganlarning ba’zilari mushkul vaziyatga tushib qolishlari mumkin. Bunday lahzalarda o‘zingizni qo‘lga olishingiz va olisda bo‘lishsa-da, hech qursa yaqinlaringizdan maslahat olishingiz talab etiladi. Sho‘r, achchiq va yog‘li taomlar iste’moliga barham bering. Salomatlikni saqlang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
18 fevralda hayotda ham, ishda ham qo‘shimcha tajribalar olishingiz kutiladi. Bu kelgusida martabangiz oshishiga asosiy turtki vazifasini o‘tashi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida plastigingizga pul tushib, kayfiyatingiz yanada ko‘tarinki tusga kirishi tayin. Muhabbatda me’yorlarni buzmagan holda harakatlar sodir eting. Aks holda yolg‘izlikka mahkum bo‘lishingiz hech gap emas. Kechki payt allergiya, shamollashga qarshi muolajalar olishingiz kutilmoqda.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz ajoyib boshlanadi. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, professional kasbingiz bilan bog‘liq masalada qo‘shimcha bilimlar olasiz. Sizdan ikki narsa, u ham bo‘lsa, jismoniy kuch va o‘tkir tafakkur talab qilinadi. Ular sizda keragidan ham ko‘proqni tashkil etadi. Nuqul asabingizga tegadigan, sizdan nimalarnidir talab qilib charchamaydiganlarni bir kilometr naridan aylanib o‘tsangiz ziyon qilmaydi. Kechqurun oilasizlarni romantik uchrashuv kutadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
18 fevral kuni hayotga, dunyoga yuksak ishonch bilan boqing. Boshni baland ko‘taring. San’at, siyosat va biznes bilan shug‘ullanadiganlar uchun bugungi kun muvaffaqiyatli kechadi. Shaxsiy hayotingizda tushunmovchiliklar, chalkashliklar ko‘zga tashlanadi. Lekin bu changaldan xalos bo‘lishning yo‘llari ko‘p. Picha bosh qotirsangiz, bardosh qilsangiz bas. Juftingiz bilan munosabatlaringiz iliq tus oladi. Bu masalada bosh qotirib o‘tirmasangiz ham bo‘ladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz ancha og‘ir boshlanishi kutilmoqda. Har bir axborotdan aziyat chekish orqali voqif bo‘lishingiz kayfiyatingizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Siz bugun ko‘proq vaqtingizni dam olishga bag‘ishlang. Harqalay bugun rasman dam olish kuni. Moliyaviy muammo masalasida ham yengil kechmaydi. Ammo bu muammoni bankdan kredit olish yo‘li bilan bartaraf etsangiz bo‘ladi. Asablarni asrang. Asab tomirlari darz ketsa, qayta tiklanmaydi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
18 fevralda ilgari qo‘l siltagan mavzularga qaytishingiz va qo‘shimcha bilimlar olishingiz zarur. Bu bilimlar albatta professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda juda asqotadi. Suyukli insoningizga mehr va muloyimlik bilan munosabat yuriting. Muhim hujjatlar bilan bog‘liq ishlarga ro‘baro‘ kelsangiz, sinchkovlikka e’tibor qarating. Aks holda bu hujjatlarni qaytadan rasmiylashtirishingiz kerak bo‘ladi. Sog‘lig‘ingiz masalasida jiddiy bo‘ling. Salomatlik yomonlashsa, pulga ham boshqasini sotib olib bo‘lmaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ishda hamkorlik qilishingiz lozim bo‘lgan insonlarga nisbatan keragidan ko‘proq e’tiborli bo‘ling. Shunday qilingki, ular siz bilan hamkorlik qilishni chin ko‘ngildan xohlay boshlasinlar. Shaxsiy hayotda shoshma-shosharlik bilan qarorlar chiqarmang, oqibatda yolg‘iz qolib ketishingiz mumkin. Majburiyatlaringizni unutmagan holda ish ko‘rsangiz, juftingiz qarshisida ham hurmatingiz oshgan bo‘lardi. Ba’zi do‘stlarimiz kechqurunga borib oshqozon, oyoq va bosh og‘rig‘iga duch kelishlari kutiladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
18 fevral kuni shoshma-shosharlikni bir chetga surib qo‘ying. Hatto, yaqinlaringiz qistovga olishsa ham quloq tutmang. Bir ulkan dengizga aylaning-u, o‘z to‘lqinlaringiz qurshovida harakatlar sodir etavering. Kimdir jufti yoki bo‘lg‘usi jufti bilan munosabatlarni uzishga ahd qilgan bo‘lsa, bugungi kun ular uchun juda og‘ir kechadi. Bu to‘rdan faqat iroda kuchi, bardosh va matonatgina olib chiqib keta oladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, dorilaringizni o‘z vaqtida ichishni unutmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kimnidir yoqtirmasangiz, uning tutayotgan ishlaridan ranjisangiz ham emotsiyani jilovlab, tuyg‘ularni sir tuting. Qo‘shimcha dushman orttirishdan sira foyda ko‘rmaysiz. Oila qurmaganlarning ba’zilari ancha vaqtdan beri idealini izlash bilan ovora edi. Afsuski, idealingiz hali veri topilmaydigan ko‘rinadi. Tavakkal qilishingizga to‘g‘ri keladi. Siz ajoyib bir inson bilan tanishasiz. Illyuziyadan nari bo‘ling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
18 fevralda bezovtalanish, asabiylashishga hech qanday sabab ko‘zga tashlanmaydi. Aksincha siz ko‘tarinki kayfiyatda o‘z yumushlaringiz bilan band bo‘lasiz. Omad qushi kun bo‘yi sizning yelkangizdan tushmasligi tayin. Moliyaviy muammolar kechqurunga yaqin sizning foydangizga hal bo‘ladi. Demak, sira ikkilanmay yoqimli xaridlarni amalga oshiravering.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi