QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Har jabhada yo‘qotishlarga yuz tutdirishi mumkin bo‘lgan xayol va mavjudliklardan qoching. Faqat haqiqatni tan olgan holda harakatlar sodir eting. Oilasizlar bugun muhabbatdan faqat yolg‘on va firib ko‘rishlari mumkin. Shuning uchun bu tuyg‘uga nisbatan munosabat va qarashlarni o‘zgartirmasangiz bo‘lmaydi. Kechqurun xudoning qudrati bilan moliyaviy mukammallikka erishasiz. Bu miqdor siz o‘ylagancha ko‘p bo‘lmasligi mumkin, ammo qora qozon qaynamasdan qolmaydi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
3 martda kuningiz xayrli va quvonchli o‘tishi kutiladi. Hatto, osmondagi qora bulutlar ham kayfiyatingizni buza olmaydi inshoolloh. Maqsadlar sari shu qadar shitob va ishonch bilan olg‘a intilasizki, sizga hasad qilganlarga sichqonning ini ming tanga bo‘ladi. Muhabbatda romantikaga alohida e’tibor qarating. To‘g‘ri, siz realistsiz, lekin ba’zida fe’l-atvorni yaxshilik uchun o‘zgartirib turish ham ziyon qilmaydi. Kechqurun olis safarga chiqish xayrli kechadi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Niyatlarga osonlikcha erisha olmasligingiz mumkin. Lekin baribir imkoniyatlaringiz bir talay. Agar energetikangizni to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha sarflay bilsangiz, tog‘larni tolqon qilishga qodirsiz. Ishga ijodiy yondashing, imkon bo‘lsa, buni o‘zingizga shior qilib oling. Moliyaviy muammolar ham siz xohlagancha oson va muvaffaqiyatli hal bo‘ladi. Faqat taqdirning in’omiga shukr qiling. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’molidan yuz buring.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
3 mart kuni omadingiz kulib boqadi. Shunday ajoyib tarzda kuladiki, pul-u muhabbat masalasida birdek zafar quchasiz. Sizdan baxtlisi, boyi bo‘lmaydi inshoolloh. Shaxsiy hayotingiz ham yoqimli lahzalarga boy bo‘lishi kutiladi. Siz juftingiz va yaqinlaringiz uchun hamma narsaga tayyor turasiz. Qanday baxt! Bugun rejalashtirilgan jarrohlik amaliyotlari baxtsizlik keltiradi. Hasadgo‘ylar ta’qibidan qoching. Mish-mishlarga ishonmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
O‘zgalarning kamchilik, xatolarini qidirib vaqt o‘tkazgandan ko‘ra, o‘z ichki dunyongizni nazardan o‘tkazing. Agar nuqsonlar ko‘zga tashlansa, ularni yo‘q qilish payida bo‘ling. Hamkasblarni aslo tanqid ostiga olmang. Aks holda dushmanlaringiz yana bittaga ko‘payishi hech gap emas. Kun davomida safarlar, majlislar va muhim hujjatlarni rasmiylashtirish kabi amallarni boshdan o‘tkazishingiz kutiladi. Muhabbatda bo‘lg‘usi juftingiz e’tiborini yanada kuchliroq qozonish niyatingiz bo‘lsa, illyuziyaga keng yo‘l bering.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
3 martda siz uchun moddiy rag‘bat olish yo‘lida bironta ham imkon qolmasligi xavf solmoqda. Bunga har kuni amalga oshiradigan ishlaringiz, kun davomida ishlab vaqt o‘tkazadigan ofisingizdan noliyverishingiz sabab bo‘lishi mumkin. Lekin muhabbatda kutilmagan sovg‘alarning ko‘pi va xo‘bi sizniki. Ular orasiga shu qadar sho‘ng‘iysizki, moliyaviy ahvolni yaxshilash zarurligi ham yodingizdan chiqib ketishi turgan gap. Ammo kechqurun baribir eslaysiz va muammoni ijobiy hal etasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Surunkali xastalikka chalinganlar kun bo‘yi salomatliklarini nazorat etsinlar.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun jondan aziz insoningiz bilan shirin suhbatlar qurish uchun vaqtingiz yetarlidan ham ko‘proq bo‘ladi. Shu bahonada orangizda paydo bo‘lib qolayotgan muammolarni bartaraf etib ham olasiz. Ishxonadagi bajargan yumushlaringiz rahbariyatga yoqib tushmasligi mumkin. Shuning natijasida tanqidlarni eshitishingizga to‘g‘ri keladi. Ayrimlar sizni noprofessionallikda ham ayblashi hech gapmas. Biroq bundan ranjishingiz noo‘rin. Aksincha, sizga tanqidlarning barchasi maktab vazifasini o‘tashi lozim. Yaqinlaringizni asrang.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
3 martda birdan boyib qolishingiz uchun qulay imkoniyatlar tug‘ilishi mumkin. Bu voqea o‘zingiz topgan qo‘shimcha daromadli ish tufayli sodir bo‘ladi. Oilasiz bo‘lsangiz, shaxsiy hayotda vaqtni behuda o‘tkazmang. O‘zingizga yoqqan inson qalbini zabt etish niyatingiz bormi, harakatingizni qiling. Kunning ikkinchi yarmida jodugarlar, firibgarlardan ehtiyotingizni qiling. Hatto, ko‘z qarashi yomonlikdan darak berayotganlar bilan ham suhbatlashmang. Ovqatni tanlab-tanlab iste’mol qiling. Shunda sog‘lig‘ingizga putur yetmaydi. Qon-qardoshlarning ko‘ngliga qarang, ularga har jihatdan ko‘mak bering.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Tadbirkorlar bugun yangi shartnomalar tuzish, bitimlar imzolash niyatida bo‘lsalar, hushyorlikni qo‘ldan bermasliklari tavsiya qilinadi. Hamkorlar orasida nomardlari bo‘lishi mumkin. Shu sababli hujjatlar masalasida ehtiyotkor va ziyrak turing. Pessimistik kayfiyatdan xalos bo‘lmayotgan chiqsangiz, tavakkal qiling-u, tabiat qo‘yniga dam olish uchun jo‘nab keting. Bugun sizga sportning faol turlari va ko‘ngilochar tadbirlar foydali kechadi.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
3 mart kuni oila va martaba o‘rtasida qolib ketishingiz kutiladi. Sizdan ularning birini tanlash talab qilinadi. Ammo tanlash juda mushkul. Ikkalasi ham kerak va qimmatli. Qalbingizga quloq tuting. U sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Yaqinlaringizning yurish-turishi bilan qiziqing. Agar ular siz tarafingizda bo‘lsa, shunga amin bo‘lsangiz, demak, baxtiyorsiz. Aksi bo‘lib chiqsa, o‘zingizni chetga oling-da, qadrdon xayollaringiz dengiziga sho‘ng‘ing. Yaratgandan yorug‘lik tilang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ertalabdan ruhiy holatingizni tartibga keltirib olmasangiz bo‘lmaydi. Ruhiy tushkunlik sizni qiynay boshlayapti. Bu kun bo‘yi ishda ham, shaxsiy hayotda ham sizga jiddiy xalal beradi. Omaddan yuz o‘girishga undayverib joningizni qiynaydi. Atrofdagilar bilan muloqotda bir chimdimgina hazil-mutoyibadan foydalanib ko‘ring. Vaziyat, muhit, holat albatta o‘zgaradi. Muhabbatda muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Salomatligingizga jiddiy yondashing. O‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, vrach ko‘rigidan o‘tishga erinmang. Baxtingizni bersin!
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
3 martda oilangiz oldidagi muqaddas burchingizni ado etishingiz lozim bo‘ladi. Buning uchun sizga sabr va matonat zarur bo‘ladi. Ishni ham qisqa muddatga yig‘ishtiring. Yaqinlaringiz sizning mehringiz, e’tiboringizga mushtoqligini unutmang. Professional kasbingiz bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda yoshi ulug‘ qondoshlar yaqindan ko‘mak beradi. Kissadagi puldan xavotirlanmang. Bu pullar keyingi maoshgacha bemalol yetadi. Barakasini bersin!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi