15:15 / 06.03.2018
6 996

Farzdan keyingi eng afzal amalni bilasizmi?

Farzdan keyingi eng afzal amalni bilasizmi?
Amallar ko‘p. Ularga beriladigan savoblarning darajasi amalga qarab belgilanadi. Eng savobi ko‘p amal bu farz hisoblansa, boshqalarga yaxshilik ulashish undan keyingi o‘rinda turadigan ulug‘ ibodatdir!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida boshqalarga qilinadigan yaxshilikni farzdan keyingi o‘rinda turishini bayon qilib shunday dedilar: “Farzlarni ado qilishdan keyingi o‘rinda turadigan Allohga eng suyukli bo‘lgan amal bu musulmoning qalbiga xursandchilikni kiritishdir”.

Shuning uchun Shayx Abdulloh Hoshim rahmatullohi alayh qozilikdan kelgan maoshning teng yarmiga shirinlik sotib olib, o‘zlari bilan olib yurar va har doim uchratgan bolaga shirinlikdan berib, uni xursand qilar edilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam boshqalarga yaxshilik qilishni dinimizdagi ulkan ibodatdan ham yuqori qo‘ydilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Bir birodarim bilan biror hojati yuzasidan birga piyoda yurishim men uchun mana bu masjidda ‒ ya’ni Madina masjidida ‒ bir oy e’tikof o‘tirishimdan suyuklidir”.

Ushbu hadis har bir insonni boshqalarga yaxshilik qilishga undovchi eng kuchli hadis hisoblanadi.

O‘ylab ko‘ring ro‘za, e’tikof, masjidun nabaviy tarozining bir pallasida, bir odamning hojatini chiqarish uchun sa’y harakat qilish bir pallasida.

Bir odamni bilaman. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan odamning hammasini xizmatini qiladi. Shu darajada xizmat qiladiki, uyida 12 yashar bolasi ham gohida u kishiga ish buyurib turadi. Eng qizig‘i, birovning xizmatini qilishdan malollanmaydi. Aksincha, xursand bo‘ladi.

Bir kuni u kishini to‘xtatib bu odati haqida so‘raganimda: “Birovning xizmatini qilsam va hojatini chiqarsam Masjidi Nabaviyda e’tikof turishdan ko‘proq savob olaman.Shu haqdagi hadisni eshitganimdan buyon mana shu xayrli ishga qasd qilganman”, dedi.
Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

Manba: aqida.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Farzdan keyingi eng afzal amalni bilasizmi?