29 205
Munajjimlar bashorati: Dalv (21 yanvar – 19 fevral) burji vakillari uchun 2018 yil qanday kechadi?
Umumiy bashorat
Dalv burji ostida tug‘ilganlarning boshqalardan ajralib turadigan jihati — ular doim a’lo kayfiyatda yurishadi. Birinchi ko‘rgan odam bilan ham tez til topishib ketish ularga muammo tug‘dirmaydi. Ular tabiatdan tashkilotchi bo‘lib, ijodiy ishlarni yaxshi bajara olishgani uchun birinchilik, sardorlikka bo‘lgan qiziqish kuchli. Do‘stlar davrasida e’tibor markazida bo‘lishadi va dasturxon to‘ri ularniki. Oddiy kunni ham bayramga aylantirish ular uchun hech gapmas. “Dalv”lar uchun 2018 yilning har kuni bayramona kayfiyatda o‘tishi va’da qilinmoqda. Ammo o‘zingizdagi “kreativ” g‘oyalarni amalga oshirishda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ymang. O‘ylamay bosilgan qadam, yaxshigina moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun yil davomida ehtiyotkor bo‘lganingiz ma’qul.
Yuqorida aytganimizdek, “Dalv”lar uchun jamoa bo‘lib ishlashdan ko‘ra, o‘z iqtidorini mustaqil tarzda ko‘rsata olish juda muhim. 2018 yil ofis yoki biror-bir korxonada ishlaydigan “Dalv”lardan ko‘ra, o‘zining shaxsiy ishini ochganlarga omadliroq kelishini alohida ta’kidlash lozim. Shunday ekan, anchadan buyon rejalashtirib yurgan biznes rejangizni hayotga tadbiq etish vaqti keldi. Faqat bunda puxtaroq yondashuvda bo‘lishni unutmang.
Qishning sovuq va qorli kunlari ular uchun o‘zgacha quvonchli o‘tadi. Bu mavsumda ular o‘zlarining moliyaviy ahvollarini ancha o‘nglab olishlari mumkin. Ishlab topilgan pulni shoshmasdan, aql bilan ishlatish tavsiya etiladi. Anchadan buyon rejalashtirib qo‘ygan ishlaringizni amalga oshiring, yaqinlaringizni xursand qilishni ham unutmang!
SHAXSIY HAYOT
“Dalv”lar tabiatan juda oilaparvar bo‘lishadi. Oila a’zolari va yaqinlari uchun doim hamma narsaga tayyor turishlari esa tahsinga loyiq. 2018 yilda ham shunday davom eting, ish bilan bo‘lib oila ikkinchi darajaga tushib qolishining oldini olganingiz ma’qul. Yilning ikkinchi yarmida oila a’zolaringizga e’tiborli bo‘lishni tavsiya etamiz. Dam olish kunlarini birga o‘tkazish, bayram kunlarida taqdim etilgan kichik sovg‘alar ham munosabatlarni ijobiy tomonga o‘zgartirishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Sizdagi xarizmatik fe’l-atvor boshqalarning e’tibor markazida bo‘ladi. Faqat bunda birgina maslahat, munosabatlarda nafaqat o‘zingizni, balki boshqalarning ham qiziqishlarini inobatga oling. Axir har bir ishda ikki tomonning ham xohish-istaklariga quloq tutish shart. Qish oylarida yangi tanishuvlarga tayyor turing. O‘zingiz kutmagan paytda bo‘ladigan uchrashuv kelajakdagi taqdiringizni hal qilishi mumkin. Ammo ketma-ket yangi tanishuvlar ichida o‘z odamingizni topish oson bo‘lmaydi. Qo‘l siltashga shoshmang, 2018 yil shaxsiy hayotingizda yangi varaq ochilishi kutilmoqda. Shunday ekan, har qanday vaziyatda ham o‘zingizdagi samimiylik va quvnoqlikni saqlab qoling.
Yoz mavsumi ham “syurpriz”larga boy. Shunday bo‘lsa ham yon-atrofingizdagi voqealarga befarq bo‘lmaganingiz ma’qul. Bu davrda hamkasb va do‘stlaringiz bilan o‘rtangizda oddiy tushunmovchilik tufayli janjal kelib chiqishi mumkin. Bunday vaziyatda xotirjamlik sizga yordam beradi.
SALOMATLIK
“Dalv”lar o‘zlarining sog‘liqlariga juda befarq qarashadi. Hayotning barcha tashvishlari, ishdagi muammolar, inson salomatligi oldida hech gap emas. Birinchi o‘rinda o‘zingizni sevib, yil boshidanoq mutaxassis ko‘rigidan o‘tib, kerakli muolajalarni olishga harakat qiling.
Yilning ikkinchi yarmida esa yomon odatlaringizdan voz kechishga urinib ko‘ring. Masalan, tamaki mahsulotlarini chekish yoki spirtli mahsulotlarni iste’mol qilish zarar ekanini yaxshiroq anglab yeting. Aks holda, ular oqibatida jiddiy kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Haddan tashqari jismoniy zo‘riqishlardan ham uzoqroq yuring.
KARYERA
“It” yilida biror-bir muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshi tanishlarni ishga solishga to‘g‘ri keladi. Yaqinlar, do‘stlaringiz bilan qilingan hamkorlik mo‘maygina daromad keltirishi mumkin. Takliflarni yaxshilab o‘ylab chiqing. Yoz mavsumida sizni katta zafarlar kutmoqda. Jamoa oldida sizga qaratilgan maqtov gaplardan ruhlanib rejalashtirgan yirik ishlarni o‘zingiz amalga oshirasiz. Ammo bir xillikdan charchagan, yangi ishda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlarni ham omad yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek “Dalv”lar uchun birinchilik o‘ta muhim. Shuning uchun ham har qanday qiyinchiliklarga qaramay, zimmangizdagi ishni ado eta olishingizni isbotlaysiz.
Yangi sohada o‘qish, malaka oshirish kabi ishlarni rejalashtirgan “Dalv”larga ham omad kulib boqadi. Talaba bo‘lish orzusida yurgan “Dalv” abituriyentlar, 2018 yilda marra sizniki, harakat va izlanishdan sira to‘xtamang.
AYOL “DALV”LAR UCHUN
Turmush qurmagan ayol “Dalv”laring kirib kelayotgan yilga rejalashtirgan asosiy maqsadi — muhabbat! Ular hamma narsadan muhim bo‘lgan bu tuyg‘u uchun boshqa narsalardan voz kechishlari ham mumkin. Qalb egasini uchratishdan avval birinchi navbatda o‘zingizdagi salbiy jihatlardan voz kechishingiz lozim. Vaziyatlarga muammo sifatida emas, oddiy nazar bilan qarashga o‘rganing. Talablarni kamaytirib, insonlarni boricha qabul qilmog‘ingiz kerak.
Hayotingizdagi muammolar qattiq charchash yoki aqliy zo‘riqish oqibatida kelib chiqadi. Demak, ko‘nglingiz istagandek dam olishga harakat qiling. Hamma narsani unutib, sevimli mashg‘ulotlaringiz bilan shug‘ullanish asab tizimini tinchlantirishda yordam beradi.
2018 yilning ikkinchi yarmida anchadan buyon o‘ylab yurgan rejalaringizni amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi. Ana shunda qiyin tanlovlardan biri — ish yoki oilani tanlashga to‘g‘ri keladi. Ayol “Dalv”lar o‘tkir zehni va mushohada qila olishlari bilan e’tiborlidirlar. Tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishda qalbga quloq tutish kerakligini ham unutmang!
ERKAK “DALV”LAR UCHUN
2018 — “It” yili erkak “Dalv”lar uchun juda omadli keladi. Ular hayotdagi har bir vazifalarini astoydil, o‘zlari istagandek bajara olishadi. Oilada mehribon turmush o‘rtoq va ota, ishda esa tengi yo‘q xodim yoki rahbar sifatida tilga olinadi.
Ammo shunday bo‘lsa ham, yilning ikkinchi yarmida yaqinlariga ko‘proq e’tibor berishlari lozimligini eslatib o‘tmoqchimiz. Bu bilan ishdagi muhim vazifalar keyingi darajaga tushib qoladi-ku, deb xavotirlanmang. Har bir inson uchun oila va yaqinlari birinchi o‘rinda ekanini yodda tutishingiz lozim.
Bu yil erkak “Dalv”lar uchun ancha sermahsul kelishi kutilmoqda faqat buning uchun yil sohibining mehnatkashligini o‘zingizga singdirishingiz lozim bo‘ladi. “It” yili o‘zi kabi sadoqatli va mehnatsevarlarni yaxshigina siylashi mumkin.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?