QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Minusda qolib ketmaslik uchun bugun moliyaviy masalaga yanada e’tiborliroq bo‘ling. Agar oldingizda juda tez fursatda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar turgan bo‘lsa, ularni rejasiz ham amalga oshirishga kirishavering. Oilangizda bugun sizning yetakchiligingiz ish berish ehtimoli bor. Garchi shu kunga qadar yaqin insoningiz yetakchi bo‘la olishingizga shubha nazari bilan boqqan bo‘lsa, bugun albatta bu fikrlaridan o‘zi afsuslanadi. Kechqurun sog‘lig‘ingizga ham e’tibor qaratib qo‘yishingiz tavsiya qilinadi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
15 martda ish joyingizda zimmangizga qanday vazifa yuklanmasin, mardona turgan holda vazifangizni bajarishga kirishing. Tashabbuskor bo‘ling, bu hamkasblar qarshisida obro‘yingizni yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib qo‘yishi aniq. Iloj topsangiz ommaviy tadbirlar tashkil eting. Bu ham kayfiyatingizga kayfiyat qo‘shadi. Kechqurun hamkasblardan biri bilan telefon orqali bahslashib qolishingiz mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun o‘zga shahar yoki mamlakatdan tashrif buyurgan insonlar bilan uchrashib tanishishingiz kutiladi. Bu qaysidir majlis, tadbirlar doirasida kechishi mumkin. Moliyaviy muammolardan kun bo‘yi faqat chang, aniqrog‘i, oltin qiyofasidagi chang qoladi. Sizni yana omad quchadi. Yolg‘iz, hali oila qurishga ulgurmaganlar bugun kunning ikkinchi yarmida shaxsiy hayotini yo‘lga solish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishi haqiqatga yaqin. Siz romantik uchrashuvni boshdan kechirasiz. Baxtingizni bersin!
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
15 mart kuni siz jondan sevadigan inson haqida yoqimli xabar eshitasiz. Ammo buni yaqin kishingizga aytish uchun shoshilmang. Hamma narsaning o‘z vaqti, soati bo‘ladi. Moliyaviy masalada omadga erishasiz. Faqat yirik xaridlardan tiyilib turing. Tadbirkor bo‘lsangiz, kun davomida yana bir shohobcha ochib, biznesni kengaytirish imkoniyatiga egasiz. Barakasini bersin!
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ertalabdan bor kuch va imkoniyatlaringizni bir joyga jamlash, ana undan keyin ish boshlashingiz tavsiya qilinadi. Shundagina ishlaringiz baroridan keladi, yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘ladigan to‘siqlarni osonlik bilan yengib o‘tasiz. Oiladagi muammolarni ham shundayligicha qoldirib bo‘lmaydi. Kechqurun biroz do‘stlar bilan birga hamsuhbat bo‘ling, dam oling. Lekin zararli odatlarga qaytishni o‘ylamang. Tashlamagan bo‘lsangiz, 15 mart bunday odatlardan voz kechish uchun qulay kechadi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
15 martda do‘kon aylanish degan xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Xaridlarni qilishga qilasiz, ammo keyin afsus cheka boshlaysiz. Moddiy ahvolingiz zaiflashib qolishi mumkin. Basharti yaqin kelajakda uy sotib olish yoki olis safarga chiqishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, pul hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Ishxonadagi hamkasblarga ishoning, ular bilan bamaslahat ish tuting. Kechqurun sportzalga borib sportning yengil turlari bilan shug‘ullanish salomatlik garovi ekanini unutmang.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ishlaringiz birin-ketin o‘ngidan kela boshlasa, taltayib ketmasligingiz kerak. Aksincha, kamtargina bo‘lib, birovga churq etmay ishlashda davom etavering. Moliyaviy muammolarni hal etish jarayonida jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Muhabbatda esa hech qanday xato kuzatilmaydi. Hammasi joyida bo‘ladi. Faqat oilasizlar bo‘lg‘usi juftini ranjitib qo‘yishdan saqlansinlar. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
15 mart kuni ertalabdanoq o‘zingizni horg‘in, lanj his eta boshlaysiz. Miyangiz ham juda charchagan kabi hech narsani ilg‘ash, fikrlashdan ancha yiroqdek tuyuladi. Lekin bugun jismoniy ish bilan shug‘ullanishingiz kerak. Buni ortga surib bo‘lmaydi. Jismoniy mehnat nafaqat sog‘liq, balki miya faoliyati yaxshilanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kechqurun zararli odatlardan voz kechish oson va xayrli kechadi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Buguningizni oila a’zolaringiz bilan birga o‘tkazing. Tabiat qo‘yniga chiqib dam oling, sayr qiling, qiziqarli mavzularda bahslashing. Bir so‘z bilan aytganda, dam oling. Bunday lahzalarni qadrlashingiz lozim. Millionlab dollar qarz berishni va’da qilgan bo‘lsa-da, do‘stlardan yordam kutmang. Umuman, qarzga botishingiz yaxshilikka olib kelmaydi. Boriga shukr qiling. Kechqurun ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
15 mart kuni hatto mayda-chuyda yumushlarni ham ko‘zdan qochirmang. Rahbarlar atayin sizga mayda yumushlarni topshiradi. Shu yo‘l bilan professionalligingizni yana bir bor tekshirib ko‘rishni niyat qilishgan. Taqdir sizni muhabbatda rosmanasiga sinovdan o‘tkazishi mumkin. Oila qurmaganlar kechga qadar shahar, qishloq aylanib bo‘lg‘usi juftini izlaydi. Ranjitib qo‘ygan bo‘lsa, yupatish yo‘llarini qidiradi. Xavotirga o‘rin yo‘q, hammasi yaxshi bo‘ladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz yengil kechmaydi. Ish og‘ir, zo‘riqishlar yetarli, ammo yordam hech qayerdan kelmaydi. O‘z kuchingizga ishonishga majbur bo‘lasiz. Ishxonada hamkasblarni tanqid ostiga olmang. Janjal kelib chiqishi mumkin. Uy ta’miri, yangi uyga ko‘chib o‘tish uchun 15 mart juda qulay kechadi. Eski ginalarni unutish ham ruhan yengillik hadya etadi. Kechqurun juftingiz bilan birga toza havoda sayr qiling. Yolg‘onchi, g‘iybatchilarning yaqiniga ham bormang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
15 martda atrofdagilar bilan janjallashishdan qoching. Chunki bu janjallarda sizni aybdor qilib qo‘yishlari mumkin. Hatto, eng yaqin do‘stlar ham bu masalada chuv tushirishi hech gap emas. Shaxsiy hayotda hazillardan unumli foydalaning. Oilasiz bo‘lsangiz ham hazil sizga ijobiy natijalarni beradi. Tavakkalchilikdan nari bo‘ling.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin