14:20 / 05.04.2018
5 824

Sadoqat va shubha...

Sadoqat va shubha...
Bir oilada er-xotin turmush qurganlariga ancha bo‘lishiga qaramay, farzand yo‘q edi. O‘zlarini yolg‘iz his qilmaslik maqsadida, ermak uchun er-xotin maslahatlashib kuchukcha sotib olishdi. Unga juda mehr berib, o‘z bolalariday qarashdi. Tez orada kichkina kuchuk ulg‘ayib, katta, aqlli, egalari uchun o‘tga ham, suvga ham kiradigan vafodor itga aylandi. Kuchukni boqa boshlaganlariga yetti yil to‘lganda uzoq kutilgan farzand dunyoga keldi. Er-xotinning quvonchi cheksiz, bor mehrini, vaqtini farzandiga bag‘ishlashdi. It esa keraksizday bo‘lib qoldi.

Er-xotin uchun itning fe’li biroz o‘zgarib qolganday, it egalarini boladan qizg‘ana boshlaganday tuyuldi. Bir kuni er-xotin hovlida kuzgi xazonlarni yig‘ishtirib, kuymalashib yurgan vaqtda farzandlari ichkarida uxlab yotardi. Er boladan xabar olmoqchi bo‘lib, uy tomon yo‘nalgan paytda ichkaridan it og‘zi qon holda chiqib keldi va egasining oldida dumini likillatib to‘xtadi. Bolamni o‘ldirib qo‘ydi, degan xayolga borgan er qo‘lidagi panshaxani itning tanasiga tiqib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Ichkariga kirib qarasa, bolaning to‘shagi yonida qonga belangan holda katta ilon o‘lib yotibdi, bola esa soppa-sog‘ edi. Shu tobda “Sadoqatidan shubhalanib vafodor itimni o‘ldirib qo‘ydim!” deb er ho‘ngrab yig‘lab yuboribdi…

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sadoqat va shubha...