16:49 / 07.05.2018
5 552

Haftalik bashorat: Unutilmas taassurotlar kutmoqda (7—13 may, 2018 yil)

Haftalik bashorat: Unutilmas taassurotlar kutmoqda (7—13 may, 2018 yil)
Hamal
Bu hafta eng qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Yangi g‘oya va takliflaringizni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlaydi. Hamkasblaringiz µam sizga µavas bilan qarashadi. Meµnatingizga yarasha haq ololmasangiz, ko‘p o‘ylanib, asabingizni buzmang. Bu vaqtinchalik, uzoqqa cho‘zilmaydi.
Haftaning ikkinchi yarmida kutilmagan syurprizlar bo‘ladi. Ish bilan xorij safariga chiqishingiz ehtimoli bor.

Savr
Bor e’tiboringizni biznesdagi yangi hamkorlarga qaratasiz. Ular bilan foydali shartnomalar imzolashga harakat qilasiz. Lekin bu siz o‘ylaganchalik muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin.
Muhabbat bobida omad kulib boqmasligi mumkin. Ammo tushkunlikka tushmang. Hayotga real ko‘z bilan qarasangiz hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Yaqinlaringiz va do‘stlaringizning maslahatlariga quloq tuting. Ular sizga yomonlik sog‘inishmaydi.

Javzo
Javzo burji vakillariga bu hafta biznes bobida omad kulib boqadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlikmi, qishloq xo‘jaligimi, kasanachilikmi, qay bir yo‘nalishda bo‘lmasin, foydali ishlarni amalga oshirasiz. Natijada, moddiy imkoniyatingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Boshingiz bilan ishga sho‘ng‘ib, shaxsiy hayotni ham unutib qo‘ymang. Dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazing.

Saraton
O‘zingizni o‘tga, cho‘qqa uravermang. Hamma narsa o‘z vaqti-soati bilan hal bo‘ladi. Aqliy charchoq ham surunkali kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir ishda me’yorni unutmang. Sog‘ligingizga e’tiborli bo‘ling. Haftaning ikkinchi yarmida o‘zingiz xohlagandek xaridlar qilasiz. Dam olish kunlari yaqinlaringiz tashrifidan xursand bo‘lasiz.

Asad
Hafta boshida hammasi tinch-osoyishta boshlanadi. Bir xillikdan zerikkandek bo‘lasiz. Va bu ko‘pga cho‘zilmaydi. Haftaning ikkinchi yarmida bari birdan tezlashib ketadi. Ishlaringizni reja asosida amalga oshiring, shunda muammolarga duch kelmaysiz.
Hamkasblar bilan biroz ziddiyatli vaziyatlar tug‘ilishi mumkin. Og‘ir va bosiq bo‘lsangiz yutasiz.

Sunbula
Sinovlarga duch kelasiz. Hech o‘ylanmang, baridan muvaffaqiyatli o‘tasiz. Moddiy ahvolingizni ancha yaxshilab olasiz. Faqat pulingizni rejadan tashqari xaridlarga sarflamang. Aks holda, qiynalib qolasiz. Yolg‘iz «sunbula»lar uchun haftaning ikkinchi yarmida muhabbat oftobi charaqlaydi! Ular bir umr yodda qoladigan romantik uchrashuvlarga guvoh bo‘lishadi.

Mezon
Mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishga harakat qiling. Ana shunda ko‘zlagan maqsadlaringizga erishasiz. Hissiyotlarga erk bermang. Yulduzlar sizga og‘ir-bosiq bo‘lishni maslahat berishmoqda. Aks holda muammolarga duch kelishingiz mumkin.
Ish bilan bo‘lib oilangizni esdan chiqarmang. Farzandlaringiz bilan do‘stona munosabatda bo‘ling. Bergan va’dangizni bajarishni unutmang.

Aqrab
Hafta boshida moliyaviy muammolarni bartaraf etasiz. Biznes hamkorlar bilan foydali shartnomalar imzolaysiz. Ayniqsa, ijodkor vapedagoglarga omad kulib boqadi. Yangi g‘oya hamda takliflaringiz mamnuniyat bilan qabul qilinib, amaliyotga joriy etiladi. Egallab turgan lavozimingizdan ko‘tarilishingiz kutilmoqda.

Qavs
Sog‘ligingizga bee’tibor bo‘lmang. Chunki bu hafta salomatlikni tiklash uchun qulay fursat. Barcha ishingizni bir chetga surib, aniqlangan kasalliklarning oldini olishga kirishing. Axir, sog‘lik hamma narsadan muhim.
Haftaning ikkinchi yarmida ko‘pdan beri rejalashtirgan xaridlarni amalga oshirasiz. Bundan oila a’zolaringiz juda xursand bo‘lishadi. Dam olish kunlari farzandlaringiz bilan istirohat bog‘lariga sayr qiling.

Jadiy
Ko‘pdan beri ko‘rishmagan tanishlaringiz bilan uchrashasiz. Ular bilan kelajak uchun foydali shartnomalar imzolaysiz. Hamkasblaringiz tashabbuslaringizni qo‘llab-quvvatlashadi. Kutganingizdan ham yaxshi natijalarga erishasiz. Hafta so‘ngida ijodiy safarga chiqishingiz ehtimoli bor. Ko‘plab yangiliklarga guvoh bo‘lib, kasbiy mahoratingiznioshirasiz. Bundan, albatta, o‘zingiz ham xursand bo‘lasiz.

Dalv
Rejadan tashqari ishlarni amalga oshirmang. Aks holda, hech bir ishni oxiriga yetkazolmaysiz. So‘ng muammolardan boshingiz chiqmay qoladi.
Payshanba — biznes hamkorlar bilan shartnoma imzolash uchun qulay fursat. Ish bilan bo‘lib yaqinlaringizni ham esdan chiqarmang. Dam olish kunlari ular holidan xabar oling.

Hut
Farzandlar tarbiyasiga ko‘proq vaqt ajratish lozim. To‘g‘ri qilasiz. Bolalar kelajagi uchun bugundan harakat qilgan afzal. Shu bilan birga ishni ham unutib qo‘ymang. Boshlab qo‘ygan yumushlaringiz aro yo‘lda qolib ketmasin. Axir, qolgan ishga qor yog‘ar, deb bejiz aytishmagan. Dam olish kunlari kutilmagan mehmonlar tashrifidan xursand bo‘lasiz.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Haftalik bashorat: Unutilmas taassurotlar kutmoqda (7—13 may, 2018 yil)