12:14 / 16.05.2018
6 211

"Musulmonman", degan kishiga qanday qilib shu savollarni berish mumkin?"

"Мусулмонман", деган кишига қандай қилиб шу саволларни бериш мумкин?"
Vadim ismli bir tijorat hamkorim bor. Yaxshi yigit, ayrim millatdoshlariga o‘xshab ichmaydi, chekmaydi, xushmuomala. Tojik tilida biyron so‘zlashadi.

Doim uchrashganimizda "Shu yigitga birgina iymon kam. Alloh o‘zi hidoyat yo‘liga boshlasa ekan", deb o‘ylayman-da, lekin gap ocha olmayman. Yaqinda bilib qoldim, Islomga kirgan, ismi Umar ekan.

"Nega menga aytmagansan? Men ham xursand bo‘lar edim. Axir seni Vadim deb yuribman", dedim. Dardi to‘lib yurgan ekan: "Qayerda musulmonligimni bilishsa, darrov "Qaysi mazhabdasan? Aqidang qanday? U adashgan, bu domlaga borma, unisi vahhobiy, bunisi salafiy, falonchi hizbiy", degan gaplar boshlanadi. Ba’zi ahmoqlari hatto "Nega diningni almashtirding?" – deyishgacha ham boradilar. Shuning uchun musulmonligimni aytmayman. Hatto juma namoziga ham boshqa masjidga, meni hech kim tanimaydigan joyga boraman. Sizlarni tushunmayman, "Musulmonman", degan kishiga qanday qilib shu savollarni berish mumkin?", deb qoldi.

Lom-mim deya olmadim...

Eh Umar, Umar... Senga naqadar hasad qilishimni bilsang eding. Biz musulmonlikni meros qilib oldik, sen esa uni qidirib, tanib, o‘rganib topding. Sen iymon qadriga yetasan. Biz esa o‘zimiz bilan ovoramiz...

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Musulmonman", degan kishiga qanday qilib shu savollarni berish mumkin?"