21:54 / 24.05.2018
4 559

Adliya vaziri: «Ilgari do‘ppi yoki yaktak kiyib yurgan odamlarning javobgarlikka tortilish holatlari bo‘lgan»

Adliya vaziri: «Ilgari do‘ppi yoki yaktak kiyib yurgan odamlarning javobgarlikka tortilish holatlari bo‘lgan»
Bugun, 24 may kuni Adliya vazirligida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov OAV vakillari, jurnalist va blogerlar bilan muloqot o‘tkazdi. Unda Azon.uz axborot tahliliy portal bosh muharriri Muhammad Temur A’zam ham ishtirok etdi.

Azon.uz bosh muharriri ibodat libosi masalasiga to‘xtalib, quyidagicha savol berdi.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunda nazarda tutilgan, ibodat libosi masalasi juda mavhum, bilamizki bu qonun bundan 20 yil avval qabul qilingan. Shunga ko‘ra ushbu masalani ko‘rish chiqish vaqti keldimikan?»

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bu savolga quyidagicha javob qaytardi.

«Ibodat libosi bo‘yicha aytilgan termin bor. Aynan shu terminda masalada tug‘ilyapti. Ana shu vaqtda (1998-tahr.) bu termin qonunga kiritilgan. Faqat bitta narsa, ruschasiga qaraydigan bo‘lsangiz “kult” degan so‘z tarjimada ibodat so‘ziga o‘zgartirilgan. Lekin ibodat so‘zi unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Barcha dinlarda ibodat libosiga turlicha qarashlar bor.

Agar bu moddaning sud jarayonida qo‘llanishiga qarasangiz do‘ppi kiyib yurgan yoki yaktak kiyib yurgan holatda ham avvallari javobgarlikka tortilgan holatlar bo‘lgan. Biz buni tarixdan eshitgan mutaxassis sifatida tan olishimiz kerak. Albatta bu juda achinarli holat.

Lekin bu qonun O‘zbekiston Respublikasining qonunida, kodeksida hozir ham turibdi. Buni qo‘llash masalasida oydinlik kiritish kerakki, ibodat libosini nimaligini aniqlash uchun juda katta harakatlar bo‘lgan. Men ana shu vaqt ham o‘z fikrimni aytganman. “Ibodat libosini aniqlashning ilojisi yo‘q. Hamma sharoitlar va barcha dinlarni e’tiborga olib, qandaydir tartibga tushirib, qaysidir hujjatda O‘zbekistonda mana shu kiyimni kiyib yurish mumkin emas degan gapni aytish juda qiyin ish”. Shuning uchun bu huquqiy muammoni albatta hal qilish kerak.

Din ishlar bo‘yicha qo‘mita ham O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham debatlarda ishtirok etgan. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ushbu masala bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. Qo‘mita ham bu masalada o‘z pozitsiyasini aytib kelgan. Albatta bugungi kunda ushbu masala bor. Buni qayta ko‘rib chiqish masalasi, ushbu terminni qonunchilikdan chiqarib yuborish masalasiga kelsak, faqat Adliya vazirligining o‘zi bu muammoni hal qilmaydi. Shu soha mutaxassislari va jamiyat bilan birgalikda o‘rtaga tashlanib hal qilinadigan masala. Bu masala huquqiy masala bo‘lganligi uchun hal bo‘ladi. O‘zining yechimini topadi. Bu masalaga jiddiy yondashib, masalani hal qilish kerak», deb aytib o‘tdi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Adliya vaziri: «Ilgari do‘ppi yoki yaktak kiyib yurgan odamlarning javobgarlikka tortilish holatlari bo‘lgan»