Amerikadagi Pensilvaniya universitetining bir guruh olimlari professor Skott Xalpern yetakchiligida odamlarni tamaki mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini yo‘q qilish, ya’ni, chekishni tashlashini ta’minlashning antiqa usulini o‘ylab topishdi. Izlanishlarda yuz nafarga yaqin xohlovchilar ishtirok etdi. Olimlar ularni ikki guruhga bo‘lishdi.
Birinchi guruhdagilar kashandalikdan xalos bo‘lish yo‘lida tibbiyotda qo‘llaniladigan standart dorilardan foydalana boshlashdi. Ikkinchi guruhga esa, pul va’da qilishdi. Aniqrog‘i, olti oy davomida tamaki mahsuloti iste’molidan to‘liq voz kecha olsa, mukofot sifatida 600 dollardan tarqatiladigan bo‘ldi. Qarangki, natija kutilganidek kechdi. Dorilar yordamida zararli odatni tashlashga uringanlarga nisbatan pul va’da qilingan guruhdagilar yuqori natijaga erishdi.
Lekin boshqa olimlar bu usulni tanqid ham qilib o‘tdi. Ularning gapiga ko‘ra, mukofot va’da qilingan guruhdagilar pulni olgach, yana sigaretga yopishmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Yoki ularni keyinchalik ham qat’iy nazoratda ushlab, qayta sigaret cheka boshlaganlardan berilgan pullar o‘n barobar qilib qaytarib olinishi lozim.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Qurolli kuchlari komandiri mojaro haqida dahshatli prognoz qildi
Turk aktyorlarining tomoshabinlar yodida qolgan eng mashhur rollari
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Rossiya banki rublning qulashi fonida 2024 yil oxiriga qadar valyutalar xarididan voz kechdi
2025 yili 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi