21:50 / 11.06.2018
8 885

Ibodatdan so‘ng qo‘llar yuzga surilishining boisi nima?

Ibodatdan so‘ng qo‘llar yuzga surilishining boisi nima?
Manbalarda ibodatdan keyin qo‘llarni yuzga tortish sunnat ekani aytiladi, deb yozadi «Muslim.uz».

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Alloh taologa ibodat qilganda qo‘llaringizni ko‘tarib, kaftlaringizni ochib turing, uni aslo teskari tarafga o‘girmang. Ibodatni tugatgandan so‘ng ochiq kaftlaringizni yuzingizga suring», deganlari aytilgan.

Boshqa bir rivoyatda Oisha onamiz roziyallohu anho: «Allohning Rasuli uyquga yotishdan oldin qo‘llarini ochib Falaq, Nas va Ixlos suralarini o‘qib kaftlariga dam solganini va qo‘llarini butun tanasiga uch marta surganini ko‘rgan edim. U zot kasal bo‘lib qolganlarida menga shunday qilishni buyurgan edilar», deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Abu Dovud rivoyati).

Umar roziyallohu anhu: «Allohning Rasuli duo uchun ko‘targan qo‘llarini yuzlariga surmasdan tushirmas edi», deganlar (Termiziy rivoyati).

Ba’zi ulamolar bu harakatni quyidagicha sharhlaganlar: «Alloh taolo hech qaysi ibodatni va O‘zidan rahmat-u mag‘firat so‘rab iltijoga ochilgan qo‘lni e’tiborsiz qoldirmaydi. Shuning uchun ana shu duoni inson tanasining eng ko‘rinarli joyiga yetkazib qo‘ygani durust bo‘ladi».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ibodatdan so‘ng qo‘llar yuzga surilishining boisi nima?