5 yashar qizning zo‘rlanishi voqeasidan so‘ng barcha bog‘chalarda tekshiruv boshlandi

1 daqiqa o'qish675
5 yashar qizning zo‘rlanishi voqeasidan so‘ng barcha bog‘chalarda tekshiruv boshlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Uchqo'rg'on tumanidagi bog'chada 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo'ravonlik sodir etilgani sababli, O'zbekistondagi barcha davlat bog'chalari xodimlari tekshiruvdan o'tkazilmoqda.
  • Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tuzilgan maxsus Ishchi guruh xodimlarning xizmat vazifalariga loyiqligini o'rganmoqda va aybdorlarga nisbatan qonuniy choralar ko'riladi.

Avvalroq Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur voqea ortidan O‘zbekistondagi barcha davlat bog‘chalari xodimlari tekshirila boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik xabar berishicha, yuz bergan holatni har tomonlama o‘rganish, shuningdek, mas’ul xodimlarning xizmat vazifalariga loyiqligini ko‘rib chiqish maqsadida maxsus Ishchi guruh tuzilgan.

Qayd etilishicha, voqeaga aloqador bo‘lgan, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan tizimdagi barcha xodimlar va mansabdor shaxslarga nisbatan vakolatli tashkilotlar doirasida tegishli choralar ko‘riladi. Aybdorlarni qonun doirasida jazolash ta’minlanishi ta’kidlangan.

Shu bilan birga, ta’lim tashkilotidagi mazkur voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Bunday salbiy holatlarning boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham takrorlanishining oldini olish maqsadida vazirlikning maxsus Ishchi guruhi a’zolari tomonidan hozirda barcha davlat bog‘chalari xodimlari tekshirilmoqda. Bu jarayon doirasida zarur chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uchqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan joriy yil 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (nomusga tegish) hamda 112-moddasi 1-qismi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan K.M. protsessual tartibda ushlangan. Sud tomonidan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayni vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?