17:55 / 12.06.2018
4 289

G‘iybatning nozik nuqtasi...

G‘iybatning nozik nuqtasi...
Feysbukda ko‘p uchraydigan turlaridan...

"Birov bir kishining (eshitsa norozi bo‘ladigan) sifatini aytib orqasidan gapirsa, o‘sha sifat faqat bir kishida bo‘lsa, uning nomini aytgan bilan bir xil bo‘ladi va g‘iybat bo‘lib qoladi. Chunki, odamlar gap kim haqida ketayotganiini bilgandan so‘ng uning nomi aytildi nimayu, aytilmadi nima.. Ehtiyot bo‘laylik".

Qo‘shimcha:

Bundan ba’zi holatlar istisno qilinadi, bu o‘rinlarda muayyan kishini gapirish g‘iybat hisoblanmaydi:

1. Zulm qilgan kishidan qozi yoki hokimga shikoyat qilish.

2. Gunoh qilib yurgan kishini gunohidan qaytara oladigan kishiga aytib, qaytarishni talab qilish.

3. Fatvo so‘rash paytida zulm qilgan kishini aytib, uning qilig‘i haqida fatvo so‘rash.

4. Musulmonni yomonlikdan qaytarish uchun unga birov haqida gapirishga majbur bo‘lish. Masalan, "bu o‘g‘rilik (yoki buzuqlik) qiladi, bu bilan yurmang" deyish.

5. O‘z fosiqligini ommaga ko‘rsatib, gunohlarni yoki biror bid’atni oshkora qilib yurganni gapirish.

6. Birov bir laqab bilan mashhur bo‘lib, nomi yonida laqabi aytilmasa tanilmaydigan bo‘lib ketsa, o‘sha laqabi bilan atash. Masalan, Omon sariq, Eshmat pakana, Toshmat puchuq va hokazo.
Sayfulloh NOSIR

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » G‘iybatning nozik nuqtasi...