12:55 / 25.06.2018
6 879

Munajjimlar bashorati: 25 iyun - 1 iyul 2018 yil

Munajjimlar bashorati: 25 iyun - 1 iyul 2018 yil
Hamal

Hafta boshidayoq hamkorlar bilan muhim shartnomalar imzolaysiz. Hech xavotir olmang, ularni amalga oshirishda ortiqcha qiyinchilik bo‘lmaydi. Cizni qo‘llab-quvvatlovchilarning yordamini rad etmang. Ishingizda kutilmagan yangiliklar bo‘lishi ehtimoli bor.

Bo‘ydoq «hamal»lar muhabbatini uchratadi. Hafta so‘ngida oilaviy sayohatga chiqishingiz mumkin.

Savr

Savr burji sohiblari maqsadga erishish uchun tinimsiz mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi. To‘siq va g‘ovlardan hech cho‘chimang. Shunda muammolarni osongina hal etasiz. Buning uchun sizda iste’dod ham, iqtidor ham yetarli. Faqat aql bilan ish tutsangiz, bas.

Ish bilan bo‘lib shaxsiy hayotni ham unutib qo‘ymang. Chunki oila ishdan ko‘ra muhim. Farzandlaringizni kutilmagan «syurpriz»lar bilan xursand qiling.

Javzo

Bu hafta biznes hamkorlardan ko‘plab foydali takliflar tushadi. Natijada, anchadan beri rejalashtirgan maqsadingizga erishasiz. Faqat shoshilmay, vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlasangiz, barcha yumushlarni oson bajarasiz.

Payshanba kuni ajoyib xaridlar qilib, oila a’zolaringizni xursand qilasiz. Shanba va yakshanba kunlari ko‘pdan beri ko‘rishmagan do‘stlaringiz tashrifidan boshingiz ko‘kka yetadi.

Saraton

Biznes hamkorlaringiz bilan muhim shartnomalar imzolab, moddiy ahvolingizni yaxshilab olasiz. Faqat sizdan hissiyotlarga berilmay, ishga mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi. Shunda yon-atrofdagilarning sizga bo‘lgan ishonchi ortib, hurmat qozonasiz.

Haftaning ikkinchi yarmi dam olish uchun qulay fursatdir. Bundan unumli foydalaning. Balki oila a’zolaringiz bilan tog‘-yon bag‘irlariga sayrga chiqarsiz.

Asad

Oldingizga katta maqsadlar qo‘ygansiz. Ularni amalga oshirish uchun kuchingizga ishoning. Hech ikkilanmay dadil qadam tashlang. Aks holda, hamma narsadan quruq qolishingiz mumkin. Biznes hamkorlar bilan shartnoma imzolashda hech ikkilanmang. Ular sizning takliflaringizni bajonidil qabul qilishadi.

Salomatligingiz bezovta qilsa, ortga surmay, o‘z vaqtida shifokorga murojaat eting.

Sunbula

«Sunbula»lar hafta boshida ko‘plab muhim uchrashuvlarda ishtirok etishadi. Bu kelajakda, albatta, ijobiy samara beradi. Moddiy holatlarini ham ancha yaxshilab olishadi. Ko‘pdan beri yechimini kutayotgan muammolarini ham hal etishadi.

Haftaning ikkinchi yarmida biroz ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin. Ularni hal etishda do‘stlaringizdan maslahat so‘rang.

Mezon

Bu hafta «mezon»lar uchun biznesda yangi bosqich boshlanadi. Natijada, mo‘maygina daromadga ega bo‘lish mumkin. Ish bilan bo‘lib salomatligingizga ham bee’tibor bo‘lmang. O‘z vaqtida ovqatlaning. Oshqozoningiz bilan bog‘liq jiddiy muammolar bo‘lishi mumkin.

Shanba — xaridlar uchun qulay kun. Dam olish kunlarini farzandlaringiz davrasida o‘tkazing.

Aqrab

Bu hafta «aqrab»lar ortiqcha xarajatlar qilmagani ma’qul. Aks holda, moddiy tomondan qiynalib qolishadi. Haftaning ikkinchi yarmida sayohat kutilmoqda. Bir olam taassurotlar bilan qaytasiz. Yana qo‘shimcha daromad qilish imkoni ham tug‘iladi. Bundan unumli foydalanib qoling.

Qavs

Mazkur haftada «qavs»larga omad kulib boqadi. Hafta boshidayoq moliyaviy ahvolingiz yaxshilanib, qo‘shimcha «syurpriz»larga ega bo‘lasiz. Haftaning ikkinchi yarmida hamkorlar bilan foydali shartnoma imzolaysiz. Hafta so‘ngida olis safarga chiqmaganingiz ma’qul. Dam olish kunlari oilaviy ko‘ngilochar maskanlarga boring.

Jadiy

Bu hafta hammasi o‘zingizga bog‘liq. Ishonch bilan dadil harakat qilsangiz har bir ishda muvaffaqiyat qozonasiz. Hamkasblaringiz ham sizni qo‘llab-quvvatlashadi. Ishda ba’zi tartibsizliklar sabab, ziddiyatlarga duch kelishingiz mumkin. Hushyorroq bo‘lsangiz buning oldini olasiz. Ish bilan birga o‘z vaqtida dam olishni ham unutmang.

Dalv


Biznes hamkorlar bilan ko‘pdan beri rejalashtirib qo‘ygan ishlaringizni amalga oshirib, mo‘maygina daromadga ega bo‘lishingiz kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, g‘oyalaringizni amaliyotga tatbiq etasiz. Bunda rahbariyat ham sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Dam olish kunlari mehmonga borishingiz mumkin.

Hut

Hafta boshida ko‘proq vaqtingizni tashkiliy ishlarga ajratasiz. Ishdagi muammolarni hal etib, muvaffaqiyatlarga erishasiz. Faqat shoshib, qaror qabul qilmang. Oila a’zolaringiz ham yutuqlaringizdan xursand bo‘lishadi.

Haftaning ikkinchi yarmida muhim shartnomalar imzolaysiz. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqishingiz kutilmoqda.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 25 iyun - 1 iyul 2018 yil