QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun xudoning o‘zi sizga bitmas-tuganmas kuch ato etadi inshoolloh. Bu kuch va g‘ayrat azaliy orzularingizni haqiqatga aylantirishingizda asqotadi. Asosiysi, behuda ishlarga kuch sarflab ovora bo‘lmasangiz bas. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy jihatdan baquvvatlashib olishingiz uchun ham qulay imkoniyatlar tug‘ilishi mumkin. Bugun barcha turdagi zararli odatlardan voz kechish muvaffaqiyatli va foydali kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang. Uxlashdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qilganingiz ma’qul.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
27 iyun kuni to kechga qadar qalbingizni osudalik va quvonchli lahzalar tark etmaydi. Xotirjamlikdan zinhor ayro bo‘la ko‘rmang. Busiz kuningiz janjal va bahslarga qorishib ketishi hech gap emas. Serqatnov yo‘llarda nihoyatda sergak yuring, aks holda halokatga yo‘liqishingiz mumkin. Ommaviy tadbirlar va do‘stlar orttirish bugun sizga naf keltirmaydi. Mabodo professional kasbingiz bilan bog‘liq yangi g‘oyalar miyaga kelib qolsa, darhol qog‘oga tushirib qo‘yganingiz ma’qul.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kunning birinchi yarmida mayda-chuyda muammolar bilan boshingizni qotirishlari kutiladi. Bunday lahzalarda qalbingizgagina quloq tuting. Moliyaviy masala ham hadeganda qaysar xotin yoki er kabi sollana boshlashi mumkin. Ammo biling, egizaklar burji ostida tug‘ilgan odamni bunaqangi nayranglar bilan yo‘ldan qaytarish juda mushkul. Shubhali loyihalar va pul masalasidagi tavakkalchiliklardan voz keching. Shunda yo‘qotishlarga yuz tutmaysiz. Iloji bo‘lsa, parhez tutishni boshlang. Salomatligingiz uchun buning foydasi katta bo‘ladi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
27 iyun kunning birinchi yarmidayoq ko‘zlangan rejalarning barchasini uddalashga ulgurasiz. Faqat ishni puxta rejaga asoslangan holda amalga oshiring. Muhabbatda har bir qadamingizni o‘lchab bosing. Bu sizni juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizning ortiqcha savollaridan, tergashlaridan asraydi. Kechki payt xonadoningizga olisdan mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Kechqurun toza havo sayrini kanda qilmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ish hamda muhabbatda bugun omadingiz kelishi tayin bo‘lib turibdi xudo xohlasa. Omadning eng yuqori cho‘qqilari ham bugun sizga mahtal bo‘lib turishlarini unutmang. Faqat bu cho‘qqilarga ehtiyotkorlik bilan ko‘tariling. Yo‘lingiz sirpanchiq bo‘lib chiqsa, yiqilishdan saqlaning. Moliyaviy masalalarni muvaffaqiyatli bartaraf etish oson kechmaydi. Buning uchun sizga bosiqlik va chuqur mulohazalilik juda zarur bo‘ladi. Juftingizga faqat yon bering. Ziyon qilmaysiz. Havo issiq kunda xamirli taomlardan tiyilganingiz durust.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
27 iyun kuni parizod burji ostida tug‘ilganlar hayotning har bir jabhasida original usullardan foydalangan holda qadam tashlashlari zarur bo‘ladi. Ishxonada martabangiz yanada oshishini istasangiz, optimist bo‘ling. Bugun kun davomida sog‘lom turmush tarzi sari intila boring. Sportning suzish turi bilan shug‘ullanish ayni siz uchun. Vaqt topsangiz, tog‘li hududlarga chiqib dam olsangiz ham ortiqchalik qilmaydi. Tushkun xayollar ham shu bahonada nari chekinadi. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun kunning birinchi yarmida kichik muammolarga duch kelishingiz kutilmoqda. Ammo ularni bir zarb bilan ijobiy hal etish qo‘lingizdan keladi. Sizga hayotda chin ko‘ngildan yordam beruvchi odamlardan uzoqlashmang. Ular bugun ham sizga asqotib qolishi mumkin. Bir o‘zingiz yo‘lingizda uchraydigan to‘siqlarni yengib o‘ta olmaysiz. Hech bo‘lmaganda ularning ma’naviy ko‘magi zarur bo‘ladi. Kechqurun do‘stlar bilan uchrashib dam olishingiz kutiladi. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar, spirtli ichimliklardan nariroq bo‘ling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
27 iyun kuni sevgan insoningizga nisbatan dilingizda ko‘plab savollar tug‘ilishi mumkin. Basharti hali u bilan turmush qurib ulgurmagan bo‘lsangiz-u, ishonch mustahkam bo‘lmasa, bu munosabatlarga o‘z vaqtida nuqta qo‘yilgani ma’qul. Oilali do‘stlarimiz esa bugungi kunni jufti bilan yanada inoqlashgan holda, deyarli romantika og‘ushida kechirishadi. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar uy ta’miri bilan mashg‘ul bo‘lishi, yoki sayohatga otlanishi mumkin. Kechqurun plastik kartochkangizga pul kelib tushishi ham ehtimoldan xoli emas.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ramziy ma’noda aytganda, buguningiz quyoshli va yorqin kechadi. Arzimas bahslar, munozaralar sizni tushkun kayfiyatga sola olmaydi. Ayrim oila qurmaganlar hayotida bir ko‘rishda muhabbat lahzasi yuzaga kelishi mumkin. Agar oila qurishga tayyor bo‘lsangiz, olg‘a qadam tashlang. Bugun organizmni chiniqtirishga yo‘naltiriladigan mashg‘ulotlar, xalqona usulda turli xastaliklarni davolash muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qilsangiz, tuningiz osuda o‘tadi. Oilada juftingizga nisbatan yanada mehrliroq bo‘ling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
27 iyun kuni haddan tashqari yuqori cho‘qqilar sari intilmang. Buning o‘rniga do‘stlar bilan, yaqinlaringiz bilan munosabatlarni mustahkamlash harakatida bo‘ling. Ayniqsa, ish joyingizdagi hamkasblar bilan iliq munosabatlarni saqlab qolish siz uchun juda muhim. Texnika va aqliy mehnat bilan bog‘liq amallar omadli kechishi kutilmoqda. Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishiga badavlat tanishlardan biri ko‘maklashib yuborish ehtimoli bor. Bugun tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishini unutmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kimlardir sizga tijorat bilan bog‘liq hamkorlikni taklif etish mumkin. Darhol o‘zingizni chetga oling. Bu amal sizga hech qanday naf keltirmaydi. Aksincha, muammolar girdobida qolib ketasiz. Bugun bankdan kredit olish, yoki qarindoshlardan qarz ko‘tarish ham muvaffaqiyatsiz kechadi. O‘z imkoniyatingizga suyangan holda ish ko‘rishga harakat qiling. Muhabbatda aqlni ishlatgan holda qadam tashlashingiz tavsiya etiladi. Shunda muhabbatingiz gullab-yashnashi tayin deyavering. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’molidan tiyiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
27 iyun kuni yuki og‘ir masalalarda jamiki mas’uliyatni bo‘yningizga olib qo‘ymang. Immunitetni ko‘tarish bilan shug‘ullaning. Ovqatlanish masalasini puxta rejalashtirib oling. Imkon bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida basseynda cho‘miling. Moddiy jihatdan paydo bo‘ladigan muammolarni faqat qarindoshlar ko‘magidagina ijobiy hal eta olasiz. Kechqurun hali oila qurmagan do‘stlarimizning ba’zilari romantik uchrashuvni boshdan kechirishlari kutiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi