00:09 / 29.06.2018
6 207

Munajjimlar bashorati: 29 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 29 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kunning birinchi yarmida qisqa muddatli stress holatini boshdan kechirishingiz mumkin. Bu salomatligingizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi albatta. Bu holatdan nari bo‘lish uchun mayda-chuyda muammolarni yurakka yaqin olmasligingiz lozim. Ish masalasida tartib bilan harakatlar sodir eting. Hamma ishni birvarakayiga amalga oshira olmaysiz. Moliyaviy muammolaringiz kun oxiriga borib ijobiy hal bo‘ladi inshoolloh.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
29 iyun kuni nimadir sabab bilan yo‘l yurishingiz kutiladi. Buning uchun salomatligingiz a’lo darajada bo‘ladi. Yo‘l-yo‘lakay uchraydigan to‘siqlardan aslo cho‘chimang. Aksincha ular sizdan qo‘rqsin. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan shaxsiy tashvishlarni orangizga ko‘ndalang qo‘ymagan taqdirdagina iliq munosabatlar saqlanib qolishi mumkin. Undan hech shubhalanmang. Suyganingiz siz uchun tog‘larni tolqon qilishga ham tayyor turibdi. Kechqurun toza havoda sayr qiling va og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’molidan tiyiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ertalabdan faqat aqlni ishlatgan holda ish ko‘ring. Emotsiya, tuyg‘ularga aslo bo‘ysuna ko‘rmang. Har bir ishni faktlarga va dalillarga asoslangan holda bajarishga harakat qiling. Salomatlikni tiklash va uy uchun yirik xaridlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Ish joyingizda hamkasblar bilan iliq munosabatlar saqlanib qolishiga erishing. Kechqurun do‘stlardan biri bilan uchrashib suhbatlashishingiz ehtimoli bor. Yoqimli xabarni ham aynan kechqurun eshitishingiz kutilmoqda.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
29 iyun erta tongdanoq faqat g‘alaba uchun tayyor turing. Agar o‘zingizni shunga ruhan tayyorlay olsangiz, kun davomida kayfiyatingizni buzadigan hodisalar yuz bermaydi. Ishlaringiz baroridan keladi. Ayniqsa biznes, ijod kishilari bugun muvaffaqiyatlardan umid qilaversalar yarashadi. Ovqatlanish ratsioningizdan yog‘li, achchiq va sho‘r taomlarni chiqarib tashlang. Aks holda jigar va oshqozoningizda jiddiy muammolar yuzaga kelishi turgan gap. Kechqurun yoshi ulug‘, xasta qarindoshlar holidan xabar oling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz o‘zingiz kutganingizdek yengil kechmaydi. Sababi, birinchi navbatda hanuz qarshingizda ko‘ndalang turgan moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishingiz zarur bo‘ladi. Topqirroq bo‘lsangiz, yangi va foydali loyihalarni ham boplab uddalay olasiz. Suygan insoningizga yanada ko‘proq yoqishni istasangiz, tashqi ko‘rinishingizga alohida e’tibor qarating. Bugun ayollar va qizlar uchun yoqimli xaridlar qilish va go‘zallik saloniga borish omadli kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
29 iyun kunning birinchi yarmida hayotingizda, ishingizda qisqa muddatli tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Bu tanaffuslar ichki dunyongiz boyishi hamda ruhiy bardavomlikka erishish uchun faqat foyda beradi. Moliyaviy ahvolingizning yaxshilanishi ham xuddi shu tanaffuslarga bog‘liq bo‘lib turibdi. Kechqurun oila qurishga ulgurmagan do‘stlarimiz romantik uchrashuvga otlanishlari kutiladi. Ayrimlarning plastik kartochkasiga kechqurun pul kelib tushish ehtimoli bor.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Nimaiki ishga qo‘l urmang, faqat o‘z kuchingizga tayanib harakatlar sodir eting. O‘zgalarga yordam so‘rab murojaat etishingiz foyda bermaydi. Ketma-ketiga yangi va yangi ishlarga qo‘l urasiz. Ularning har biri sizga o‘zingiz kutgan daromadlarni hadya etadi. Bugun o‘zgalar hisobidan nimadir qilish, ovqatlanish yoki shu kabi amallarga qo‘l urishni xayolingizga ham keltirmang. Kechqurun yaqin masofaga safar qilishingiz mumkin.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
29 iyun kuni olam siz tomonga faqat yorug‘ tarafi bilan boqadi. Bu sizni ham moddiy yo‘qotishlar, ham kutilmagan ko‘ngilsizliklardan asraydi. Qachonlardir bajargan ishingiz evaziga bugun kunning ikkinchi yarmida moddiy manfaat olishingiz mumkin. Aniqrog‘i, plastik kartochkangizga pul kelib tushadi. Tushdan keyin salomatlikni tiklashga qaratilgan profilaktik amallarga e’tibor qarating. Tanani toblash, quyoshli vanna, organizmni qisqa muddatli jismoniy zo‘riqishlarga jalb etish sizga koni foyda berishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda o‘zingizni zamonaviy, madaniyatli, tartibli inson sifatida tuting. Bahslarga, janjalli suhbatlarga aralashmaganingiz ma’qul. Emotsiyani jilovlang. Oilangizdagilar bilan munosabatda muammo bo‘lmaydi. Birgalikda ro‘zg‘oringizdagi muammolarni bartaraf etish payida bo‘lasiz. Ba’zilar kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo‘nab ketishlari kutilmoqda. Bu safar sizga kutganingizdan ham ko‘proq moddiy manfaat taqdim etadi.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
29 iyun kuni nafaqat atrofdagilar, balki o‘zingiz bilan ham ruhan kelishgan, murosaga kelgan holda munosabat yuriting. Bahslashishlar sizga naf keltirmaydi. Aksincha, kayfiyatingizga putur yetadi xolos. Ishxonada ishlaringiz juda katta tezlik va bosimda ado etilishi kutilmoqda. Hamkasblarga ko‘mak berish, yo‘l-yo‘lakay rahbariyat topshiriqlarini bajarishga ham ulgurasiz. Turmush qurmaganlarni romantik uchrashuv kechqurun kutib turadi. Sog‘liqni asrashga alohida e’tibor qarating.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yolg‘izlar, oila qurmaganlar hayotida tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Hatto, muhabbat masalasiga ruhan tayyor emaslarni ham bu tuyg‘u yo‘qlab o‘tishi tayin. Ajablanarlisi, siz ko‘ngil beradigan inson bir umr siz bilan yonma-yon yashab, muloqotda yurgan bo‘lib chiqadi. Katta pulga ega bo‘lish haqidagi orzularingiz buguncha haqiqatdan uzoqroq bo‘lishi mumkin. Har ishning o‘z vaqt-soati bor-da, sabr qilsangiz, bir kun albatta bu orzu ham ushaladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
29 iyun kuni juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizga yurak sirlaringizni ochishingiz mumkin. Albatta bu tasodifan yuz beradi. Lekin afsuslanmaysiz. Shu bahonada ko‘nglingiz yoziladi. Qolaversa, suyukli insoningiz shu lahzalarni anchadan beri kutardi. Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish bugun samara bermaydi. Ijodiy ishlar esa baroridan keladi. Ayniqsa, ijod ahlining kuni tug‘adi. Bugunning bahonasida haqiqiy shedevr asar paydo bo‘lishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 29 iyun kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?