QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
30 iyun kuni birinchi navbatda befoyda va qiziqarli bo‘lmagan amallardan voz keching. Basharti hozirgi qilib turgan ishingiz yoqmay qolganini his etsangiz, uni ham yig‘ishtiring-u, yangi ish toping. Darvoqe, bugun ishdan bo‘shash, keraksiz bilim olish amallaridan voz kechish va yangi kasb egallash yo‘lidagi barcha harakatlar omadli kechadi. Oilaviy hayotingizda janjalga sabab bo‘luvchi ko‘plab hodisalar navbat kutib turibdi. Ular sodir bo‘lmasligi uchun faqat tinchlik, kelishuvlarga erishishingiz lozim bo‘ladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun turmush qurishga ulgurmaganlarning ayrimlari kunni muhabbat tuyg‘usi bilan boshlashlari mumkin. Kimnidir daf’atan sevib qolishingiz ehtimoli bor. Faqat xarakteringizdagi injiqlik hamda yovvoyilikni bir chetga surib, shinavandaga aylaning. Aks holda siz sevib qolgan inson qisqa fursatda hayotingizdan chiqib ketishi mumkin. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda sizni faqat omadli lahzalar kutib qoladi. Moliyaviy ahvolingiz ham yomon kechmaydi. Shuning uchun kunning ikkinchi yarmida bozor aylanib, yoqimli xaridlarni amalga oshirasiz.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
30 iyun kuni atrofdagilarning maslahat va ko‘rsatmalariga emas, qalbingizga quloq tuting. Shundagina ishlaringiz o‘ngidan kelib, kutilgan natijalarni qo‘lga kiritasiz. Muhabbatda o‘zingizcha turli “o‘yin”lar o‘ylab topishga urinmang. Romantikaga e’tibor qarating. Ugina sizga yoqimli lahzalarni hadya eta oladi. Kechqurun yoqimli xabar eshitishingiz kutiladi. Toza havo sayrini ham unutib qo‘ymang.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
O‘zingiz ishlayotgan jamoada mas’uliyatni yanada chuqurroq his etgan holda hamkasblar bilan iliq munosabatlarni davom ettiring. Rahbarlar sizga mas’uliyatli vazifani yuklash niyatida. Bunday yumushlarni bajarayotganda, maosh va berilajak mukofotlar haqida kamroq o‘ylang. Martabani oshirish payida bo‘ling. Uning o‘zi kelajakda siz istagandan ham ko‘proq moddiy manfaat keltiradi. Oilaviy hayotingizda ahillik, osudalik hukm suradi. Ovqatlanish me’yorlarini buzmasligingiz tavsiya etiladi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
30 iyunda negadir xarakteringizda xafaqonlik ko‘zga tashlana boshlashi mumkin. Ammo bunday kayfiyat sizga faqat ziyon yetkazadi. Kayfiyatingizni boshqarishga urinib ko‘ring. Bu ishni a’lo darajada uddalay olasiz. Tanqidlarga kam e’tibor qaratib, kasbingiz bilan bog‘liq bilimlaringizni oshira boring. Xorij tillarini o‘rganishga kirishish uchun bugungi kun qulay kechadi. Har qanday ko‘rinishdagi safarlardan voz keching. Kechqurun moddiy ahvolingiz yaxshilanish ehtimoli sezilyapti.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda yon berishga ko‘proq o‘rin ajrating. Shu narsa oradagi iliq munosabatlarni saqlab qolishda asqotadi. Elektr quvvatiga ishlaydigan uskunalar bilan sergaklikni oshirgan holda ishlang. Sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanmang. Yurak hamda umurtqa pog‘onangizni juda ehtiyot qiling. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, salomatlikka e’tibor bilan yondashing, dorilarni o‘z vaqtida ichishni unutmang. Kechqurun qo‘lingizga kimdir bir dasta pul tutqazishi kutiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
30 iyun kuni yaqin insoningiz bilan orangizda o‘tgan ba’zi achchiq-tirsiqlar barham topib, yana ahillik hukm sura boshlaydi. Bundan keyin ham oilada yon berishni odatga aylantirsangiz, sira kamlik ko‘rmaysiz. Siz kutayotgan pullar o‘z vaqtida qo‘lingizga kelib tushadi. Ana undan keyin o‘zingizga yoqqan xaridlarni amalga oshirishingiz, yaqinlaringizga sovg‘alar xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Salomatlikni birinchi navbatda ehtiyotlang. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Biznes bilan shug‘ullanadiganlar bugun ertalabdan jiddiy raqobatga duch kelishlari kutiladi. Lekin bu raqobat sizni qayta tarbiyalab, kelgusida sergak bo‘lishingizga turtki vazifasini o‘taydi. Kimlarningdir ruhiy madadiga muhtojsiz. Madad o‘z vaqtida siz kutgan odamdan albatta keladi. Oilada qarindoshlar fikri bilan ham hisoblashing. Shunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli kelishmovchiliklar ortga chekinadi. Ovqatlanishda pala-partishlikka yo‘l qo‘ymang. Kechqurun olisdan xushxabar eshitishingiz ehtimoli bor.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
30 iyun kunning birinchi yarmida vujudingiz yoqimli tuyg‘ularga to‘lib-toshadi. Bunga juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizga bo‘lgan muhabbatingiz sababchi bo‘lishi mumkin. Shu orada sobiq muhabbatingiz bilan ham tasodifan uchrashib qolishingiz ehtimoli bor. Bugun vitaminlarga boy sabzavot va mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Yog‘li va sho‘r taomlardan voz keching. Kechqurun yaqinlaringizdan biri sizdan muhim bir masalada yordam so‘rab murojaat etishi mumkin.
TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugungi kunni iloji boricha janjallarsiz kechirsangiz juda yaxshi bo‘lardi. Negadir sizni oldinda turli mavzudagi bahs va munozarali lahzalar kutib turadi. Ular janjalga aylanib ketishi hech gap emas. Kunning ikkinchi qismida tabiat qo‘yniga chiqib dam olsangiz ham ziyon qilmaydi. Moddiy masalada sizni yoqimli tanaffuslar kutib qoladi. Kechki payt qabul qilib oladigan pulingiz barcha ehtiyojlaringizni qoplab, kayfiyatingiz a’lo darajaga yetadi inshoolloh.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
30 iyun kuni faqat oqimga qarshi suzishgina maqsadga yetishda yordam bera oladi. Busiz boshingiz turli ko‘ngilsiz vaziyatlardan chiqmasligi mumkin. So‘nggi kuchingizni bo‘lsa-da sarflab, niyatlarga yetish yo‘lida javlon uring. Hech kim bilan murosaga kelish haqida o‘ylamang. Bugun sizga shiddatgina yaqin ko‘makchi bo‘la oladi. Lekin muhabbatda hushyor turing. Juftingizga kayfiyatini buzuvchi so‘zlarni aytmang. Bir gapni aytishdan oldin yuz karra xomcho‘t qiling. Ovqatlanishda ham sergaklikni qo‘ldan bermang. Iloji boricha ko‘cha taomini iste’mol qilishdan saqlaning.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Shaxsiy hayotingizda mojarolar paydo bo‘lmasligi uchun ziyraklikni qo‘ldan bermang. Yaqinlaringiz sizni tanqid ostiga olsalar ham tishni tishga qo‘ying. Ortiqcha so‘z aytgandan ko‘ra, tinglovchiga aylaning. Moliyaviy muammolar sizni kechki payt albatta xushnud etadi. Cho‘ntagingiz pulsiz qolmaydi. Ba’zilar ish joyida mo‘may mukofot ham olishi mumkin. Bugun sportzalga borib sevimli sport turlari bilan shug‘ullanish, plyajda cho‘milish amallari foydali kechadi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi