Chin muhabbat va sadoqat har qanday sharoitda ham aslini yo‘qotmaydi. Sobiq tuzumning qonli qatag‘onlaridan minglab insonlar qatori azob chekkan O‘zbekiston halq yozuvchisi Said Ahmad va uning suyukli rafiqasi, benazir shoira Saida Zunnunovaning hayot yo‘llari bunga misoldir. Yozuvchining Jezqozg‘on (Qozog‘iston, Qarag‘anda viloyati) qamoqxonasidan jo‘natgan maktublarini o‘qib, bu fikrga amin bo‘lish mumkin. Said Ahmad 1951 yilning 5 may kuni yozgan xatida shunday deydi:
“Men na Vatan oldida, na insoniyat oldida aybdor emasman. Faqat sizning oldingizdagina gunohkorman, xolos. Ha, faqat sizning oldingizda! Chunki ayni zamonda chekayotgan azoblaringiz faqat men tufayli. Men bo‘lmaganimda Siz buncha qiynalmagan bo‘lardingiz. Xayol kuchi bilan sizni qay sharoitda yashayotganingizni ko‘rib turibman. Shodlik va qayg‘ularimga sherik bo‘lgan, g‘arib maskanimda siyohdonimning yetimligini sezdirmagan chinakam do‘stimni unutmayman. Shodligini ko‘rmay, g‘amiga sherik bo‘lgan kimsani unutib bo‘ladimi, axir?!”.
Bu paytda Saida Zunnunova “xalq dushmanining xotini”, degan ta’qib ostida yashagan. Shoirani ishdan bo‘shatishgan. Yashash sharoiti juda qiyin ahvolda bo‘lgan. Shunday esa-da, u turmush o‘rtog‘ining ko‘nglini ko‘tarishga, turmushdagi ikir-chikir gaplar bilan uni biroz chalg‘itish, umid berishga harakat qilgan. Bu mushfiq ayolning qamoqxonadagi Said Ahmadga 1952 yil, 23 yanvarda yuborgan xatida shunday so‘zlar bor:
“Yangi dasturxon oldim, salfetkalar tikdim. Siz kelganingizda birinchi yig‘ilgan mehmonlarga yozaman, deb niyat qildim. Servizimizning kamini to‘latdim. Said Ahmad aka, nima qilay, o‘zimni o‘zim shunday ovutib o‘tiraman. Agar o‘z ahvolimga faqat aql ko‘zi bilan qarasam, jinni bo‘lish hech gap emas. Shuning uchun ba’zan bo‘layotgan narsalarning hammasini unutishga harakat qilaman: kiyimlaringizni olaman, tozalab qayta qo‘yaman, ro‘molcha tikaman, noskilaringizni yamayman. Shunday paytlarda siz hozir kelayotganday bo‘lib tuyuladi menga”.
Bu xatlarni o‘qib, chin muhabbat va sadoqatning ikki ulug‘ timsoli bugun ham ko‘plarga ibrat maktabi ekaniga amin bo‘lamiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi