09:16 / 10.07.2018
6 475

Olimlar "uzoq umr qo‘rish siri"ni ochishdi

Олимлар "узоқ умр қўриш сири"ни очишди
Toza havoda sayr qilish inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va barvaqt o‘lim xavfini ancha kamaytiradi. Bunday xulosaga Sharqiy Angliya universiteti olimlari kelishdi.

Ilmiy guruh 290 mlndan ko‘proq odam ishtirok etgan, 20 ta davlatdan 140 dan ko‘proq tadqiqot ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Universitet olimlari yashil hududlarda cheksiz bo‘lish imkoniga ega bo‘lgan va toza havoda kam vaqt o‘tkazuvchi patsiyentlarning ko‘rsatkichlarini solishtirishgan.

“Biz yashil daraxtlar orasida bo‘lish sog‘liq uchun turfa va katta ustunliklarga egaligini aniqladik. Bu ikkinchi turdagi qand kasalligi, yurak tomir kasalliklari, barvaqt o‘lim va barvaqt tug‘ish xavflarini kamaytiradi, uyqu davomiyligini uzaytiradi”, deb aytilgan tadqiqotda.

Bundan tashqari, ochiq havoda sayr qilish stress darajasi, qon bosimi, yurak ritmi va sog‘liqning umumiy ko‘o‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir qilar ekan.

“Yashil hududlar yaqinida yashovchi odamlar jismoniy faollik va muloqot uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lsalar kerak. Shu bilan birga tabiiy hududlarda mavjud turli bakteriyalar ta’siri immun tizimga ijobiy ta’sir qilishi va yallig‘lanishlar rivojlanishini kamaytiradi”, deb aytmoqdalar olimlar.

Mutaxassislarning fikricha, sayr qilishning salomatlikka ijobiy ta’siri sabablaridan biri o‘simliklar tomonidan hosil qilinuvchi va bakteriyalar ko‘payishini to‘xtatuvchi biologik faol moddalar – fitonsidlar bo‘lishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, ochiq havoda bo‘lish kasalliklar oldini olishning ajoyib usuli va dori-darmon bilan davolashning muqobili yoki unga qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar "uzoq umr qo‘rish siri"ni ochishdi